? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Соҳир кўнгил, беғубор қалб
эгаси бўлган синглим Дилнозхон, саломатмисиз?!
Қалбингизда доимо ижод
завқи жўш уриб, буюк Аллоҳ ушбу мулоқот кўпригидаги одимларингизни ва ижодингизни баракали этсин! Ижоддан асло чарчаманг сингилжон!
Бугунги адабиёт байрами қутлуғ бўлсин, барчамизга муборак бўлсин!
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Baxtiyor GENJAMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
KONSTITUTSIYAM
Sen bo‘lmasang, so‘zning – tilning qadri yo‘q,
Sen bo‘lmasang, cho‘lning, gulning qadri yo‘q,
Sen bo‘lmasang, poytaxt, elning qadri yo‘q,
Millat o‘zligining kafolati sen.
Muzlasam, quyoshdek gulxanim o‘zing,
Posbonim o‘zingsan, qalqonim o‘zing,
Mangu to‘g‘ri yo‘lim – sorbonim o‘zing,
Ushalgan orzular vakolati sen.
Erkin qush qanoti qayilar sensiz,
Tulporlar tuyoqdan mayrilar sensiz,
El-yurt huquqidan ayrilar sensiz,
Ona Vatanimning kamoloti sen.
Ozodlik gashtining viqori senda,
Yangi O‘zbekiston meʼmori senda,
Sohibqiron bobom shiori senda,
Yurtim kuch-qudrati – adolati sen.
Bugunim, ertamning baxtin tiklagan,
Turonda tinchlikning taxtin tiklagan,
Buyuk kelajakning vaqtin tiklagan,
Shonu shavkatimning dalolati sen.
Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi.
? Goʻzal gumon...
Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.
Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.
Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.
Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!
Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.
? Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?
Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.
Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!
Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!
Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!
Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:
U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!
Inshaalloh, hammasi yaxshi boʻladi
????????????
"TONG NAFASI" Xalqaro tanloviga
Erkin Vohidov
Ijodidan
Ijroda
Dilnoz Mushfiq
????????????
Зўр. Бармоқларингиз ижоддан толмасин.
????????????
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Qogʻozlar yuziga moʻjiza bitar.
Mening yuragimda kuygan qiynoqmas,
Mening barmoqlarim oʻzin unitar.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Baraka oʻpqonin jilovin tutgan.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Onamning poyini koʻzimga surtgan.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Toblangan mehnatning olovlarida.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Gʻolibdur ishqimning soʻrovlarida.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Farzandlar baxti deb kechgan boridan.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Charchagan u bir oz roʻzgʻor koridan.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Quyoshda toblanib jizgʻanak boʻlgan.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Shukurkim kaftida duolar qoʻngan.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas.
Farzandlar boshiga boʻlgan soyabon.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Sabr va toqatdan olar imtixon.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Koʻngil choʻqqisida oʻrnatgan bayroq.
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas,
Mening yoʻllarimni yoritgan chiroq!
Mening barmoqlarim odiy barmoqmas...
Dilnoz Mushfiq
????????????
Коинот гултожи инсондир азал,
Ундадир энг олий тафаккур, амал.
Ҳатто у тубанлик ичра ҳам танҳо,
Ё фалак, ижодинг бунча мукаммал.
✍Абдулла ОРИПОВ
1977
Жон дилимнинг косасида қон эди,
Гоҳи шодон, гоҳида гирён эди.
Дафтаримни қоралаб чиққан ҳаёт,
Қисматимда битмаган достон эди.
Унга жоним деб қилурман илтифот,
Жонни жонга боғлаган жонон эди.
Тушса дил қўрғонига пинҳона ғам,
Байтларим бошдан оёқ пайкон эди.
Ўлтирибман чўққилар поёнида,
Лаҳзалар кўз илғамас меҳмон эди.
Сарғайиб кўнглимга йўл овлайди куз,
Меҳнатимнинг ҳосили армон эди.
Кўҳна чарх бошимда тегирмонини,
Юргизиб қўйганда ҳам вайрон эди.
Жон эрур шайдойи Ҳақ Ахтамқули,
Тан анинг гулзорида ҳайрон эди.
Ахтамқули
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid