?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
𝐍𝐚𝐭𝐢𝐣𝐚 𝐪𝐢𝐥𝐬𝐚𝐧𝐠 𝐝𝐨𝐢𝐦 𝐞𝐠𝐚𝐥𝐢𝐤 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡𝐚𝐝𝐢
Bir necha yillar oldin bir saytimni o'g'irlashgan, nima uchun? sababi yaxshi natijalar qilgan edi.
Hozir taklif bilan chiqishvoti, O'zbekiston bozoriga kirishmoqchi ekan, shu sabab 0 dan boshlashdan ko'ra sotib olish ancha arzon tushadi. Ularni rejasi bo'yicha 5-7 yildan sarflashgan pullarini ishlab olishlari kerak ekan, shu sabab statistikalardan kelib chiqib taklifni jiddiy o'ylab ko'rishmoqchi ekan.
Metrikalarni hali taqdim qilmadim lekin taxminiy byudjetlarini etishdi, nima deb o'ylaysiz 100-150K$ ga sotishga arziydimi?
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Sayt tezligi va SEO
Sayt tezligi foydalanuvchilar uchun saytning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tez yuklanadigan sayt nafaqat foydalanuvchilar hursand qiladi, balki qidiruv tizimlari reytingida yuqori o‘rinlarni egallashga ham yordam beradi.
Tez ishlaydigan saytlarda konversiya ham baland bo’ladi, 3 soniyadan ham sekin ishlaydigan saytlarni 40% dan oshiq odam tezda chiqib ketadi va yomon taassurot qoldiradi, ko’p holda bunaqa saytga qaytib kirishmaydi.
Tezlikni yaxshilash bo‘yicha maslahatlar:
Rasmlarni optimallashtiring.
Brauzer kechlashini yoqing.
Keraksiz kodlarni olib tashlang (CSS va JavaScript).
Ishonchli va tezkor хostingdan foydalaning.
Sayt tezligingizni tekshirish uchun Google PageSpeed Insights yoki GTmetrix kabi saytlardan foydalaning va tezkorlikni oshirish orqali SEO natijalarini yaxshilab boring.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Tezlik uchun 250$
Kanalimni kuzatib borayotganlar biladi oxirgi postlarim asosan saytni tezligi bilan bog’liq, rostini aytsam 2018 yillarda ham saytni tezligiga o’ta muhim deb qarardim. Bitta saytimni juda tez ochiladigan qilib qo’ygandim, shuni sababidan kuniga 200-254 mingta odam kirardi. Chunki tez ishlaydigan sayt nafaqat odamlar balki google ga ham yoqadi.
Shuning uchun saytni tez ishlaydigan qilish juda muhim omillardan biri hisoblanadi, Saytni tez ishlashiga ham erishdik, keyin qadam sayt doim 100% onlayn bo’b turishi ham SEO uchun juda muhim. Qancha sayt tez tez oflayn holatga tushib borsa bu sayt reytingiga salbiy ta’sir qiladi.
Bugun yana bir investitsiyaga qo’l urdim, ya’ni oylik 250$ tarif sotib oldim, garantiyasi 100% onlayn bo’b turadi sayt, serverda nimadir muommo bo’lsa ham, saytni cache dan olib foydalanuvchiga yetkazadi bu esa saytni 100% ishlab turishiga olib keladi.
To’g’rida o’zi topgan pulni o’ziga ham sarflash kerak. Sayt qancha o’sishni davom etgan sari, texnik tomonlama mas’uliyat ham oshib boradi. Qandaydir muommo sabab sayt bir nechta soat yoki daqiqa o’chib qolishi ham moddiy ham manaviy zarar olib keladi. Bu kichik trafik saytlarda bilinmasligi mumkin lekin yuz minglab, millionlab odam kiradigan sayt uchun katta yo’qotishga olib kelishi mumkin.
Nima demoqchiman, doim o’z sohangizni seving va yangiliklarni sinab ko’rishdan qo’rqmang, o’z sohasini ustalari doim yangilikni sinab ko’rishadi va xato qilishdan qo’rqishmaydi, shuning uchun ular doim oldinda bo’lishadi.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Kirillcha yoki lotincha?
Ko'pchilik sayt yaratgan payti, saytni asosiy tilini qaysi tilda qilishni o'ylaydi, 100 dan oshiq sayt yaratgan bo'lsam, manda doim shu savol bo'ladi.
Kelajak uchun lotinchani tanlagan yaxshi, keyin kimlar uchun sayt qilayotganingizni ya'ni sayt nima yo'nalishda ochilishiga va qanday kontentlar joylanishiga qarab til tanlagan yaxshi.
Zamin saytini 2014 yil ochganimda asosan kirillcha yangiliklar ko'p o'qilardi, oradan 10 yil o'tdi, hozir asosiy sahifa kirillcha bo'lsa ham, lekin lotincha yangiliklar ko'p o'qiladi. Buni eng ko'p ko'rilayotgan sahifalar havolasidan bilib olaman.
Nima demoqchiman, sayt qilishda to'g'ri tanlovni boshidan qilish muhim narsa, kelajak uchun lotincha qilish to'g'ri deb o'ylayman. Kirillcha borgan sari hayotimizdan sekin chiqib keta boshlaydi.
Hozir ko'p yoshlarimiz lotinchadan foydalanadi va bu yoshlar katta bo'lib borayabdi, bu albatta lotincha kontentlarga talab oshib boradi, kimga qaysi yozuv qulay bo'lsa usha kontentni o'qiydi. Yoshlarga bo'lsa lotincha qulay.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Passiv daromad!
Hozir daromad qilish juda qiyinlashib borayotgan zamonda yashayapmiz, albatta bir sohani ustasi bo‘lsangiz muammo bo‘lmaydi ko‘p holatda, lekin mutaxassis bo‘lguncha bo‘lgan davr bor va hammada har xil imkoniyat bo‘ladi.
2017 yil mani bitta qarorim hayotimni o‘zgartirib yuborgan, 2012 yildan boshlab sayt sohasiga kirib kelganman, lekin 2017 yilgacha SEO degan tushunchani bilmaganman, eshitgan bo‘lsam ham real hayotda sinab ko‘rmaganman, lekin 2017 noyabr oylarida bir sinab ko‘raychi nima ketdi deb boshlab ko‘rganman, shu qaror hayotimni juda o‘zgartirib yuborgan.
Shunda tushunganman, yangi bilimlarni sinab ko‘rish kerak, yangiliklarga doim ochiq bo‘lish kerak, tavakkal qilishdan va yo‘qotishdan qo‘rqish kerak emas. Shundan boshlab doim yangi narsalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmayman va doim xarajat bo‘lsa ham sinab ko‘raman, o‘xshasa nimadir yangilik bo‘ladi va bir qadam oldinga chiqaman, o‘xshamasa tajriba bo‘ladi va boshqa ishni qilishga o‘tama.
Albatta inson o‘z sohasidan kelib chiqib sinab ko‘rish kerak, har xil sohaga sakrab yurish shunchaki umringizni o‘tqazib yuborishga olib keladi. Bir sohani o‘rganib ko‘ring, kelajagingizni shu sohada ko‘rsiz va juda berilib ishlasangiz, albatta bir kun natija bo‘ladi faqat sabr qilib o‘qib o‘rganib tajriba oshirish kerak.
Sal mavzudan chiqib ketdik, manda shunaqa tushuncha bor, inson qiynalib pul topishi kerak emas va aql bilan ish qilib daromadini oshirishi kerak, oshirganda ham bitta manbadan daromad qilishi kerak emas, Siz ham bitta manbaga qarab qolmang, kamida 10 ta manba qilib qo‘ying, sababi bozor o‘zgaruvchan va har xil holat bo‘lishi mumkin.
Albatta 10 ta manba qilib olish oson emas, lekin qiynalib pul topish ham oson emas, yaxshi narsalarga erishishni xohlaysizmi? demak mehnatni ham shunga qarab qilish kerak, boshida oson bo‘lmasligi mumkin lekin shunga harakat qilsangiz imkon topasiz.
Manda shunaqa, iloji boricha ko‘p vaqt olmaydigan va passiv daromad kelib turadigan ishlarni yoqtiraman va shunaqa manbalarni ko‘paytirishga harakat qilaman, yoshmiz harakat qilish kerak, pulsiz erkak hech kimga kerak emas, daromadingiz yaxshi bo‘lsa har tomonlama erkin fikrlaysiz va yaqinlaringizni ko‘proq foydangiz tegadi.
Bitta manbaga qarab qolmang, bir kun shu ko‘lmak qurib qolishi mumkin, albatta reja va maqsad bilan ish qiling. Yoshlikda katta energiya bo‘ladi, yosh o‘tgan sari hozirgi energiyani topolmay qolishingiz mumkin.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Rasm yoki matn?
Ko‘p saytlarni kuzataman, bir xil muammo bo‘ladi yaʼni nima? onlayn do‘kon saytlarida baʼzilar tovarni xususiyatlarini rasm ko‘rinishda berib qo‘yadi, bu qanchalik to‘g‘ri? Albatta SEO tomondan qaraganda to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Mijozlarimiz rasm bilan emas odatda matn bilan qidirishadi tovar nomlarini va xususiyatlarini va boshqa narsalarni. Misol uchun: iPhone 16 pro max 256 gb black.
Shunda nima qilishimiz kerak? vizual tushuntirish yaxshi albatta lekin matn ham albatta saytda bo‘lishi kerak. SEO tomondan bu Sizga foydali bo‘ladi. Rasm va video ko‘rinishda kontentni boyitsangiz tovar va saytga bo‘lgan ishonch oshadi va konversiya oshishiga olib keladi. Oddiy misol eʼlonlar saytida biron bir tovar qidirganingizda tovar bo‘yicha rasmi ko‘p bo‘lsa va yetarlicha maʼlumot yozilgan bo‘lsa sotuvchi bilan bog‘lanish ehtimolingiz oshadi sababi tovar haqiqiy ekanligiga va Sizga kerakli tovarligiga ishonasiz. Lekin rasmi yo‘q va tovar haqida shunchaki bu «tovar nomi» sotiladi deb qo‘ysa ko‘p ehtimol bilan tovar sahifasini ochib ham ko‘rmaysiz va boshqa sotuvchidan olasiz.
Shunday qilib tovar ko‘proq sotishni va Ko‘proq matn, rasm va video bilan sahifani boyitishga harakat qiling, shunda saytga bo‘lgan ishonch oshadi va raqobatchilaringizda bir qadam oldinda bo‘lasiz. Shu bilan birga rasm va videoni optimizatsiya qilishni unutmang. Katta hajmdagi fayllar saytni toshbaqa qilib qo‘yadi, sekin ishlaydigan sayt o‘zingizga ham yoqmasligi aniq.
Postni kimga yuborishni bilasiz...
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
? Sayt tezligining SEO uchun ahamiyati: 10 ballik shkalada
Sayt tezligi — SEOda juda muhim omil bo‘lib, 10 ballik shkalada 8–9 ballga teng bo‘ladi. Google kabi qidiruv tizimlari tez yuklanadigan saytlarni yuqoriroq reytingga olib chiqadi, chunki tez ochiladigan saytlar foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.
Agar sayt yuklanishi 3 soniyadan ko‘proq vaqt olsa, foydalanuvchilarning 50% ga yaqini saytni tark etishi mumkin. Bu esa, tashrifchilarning kamayishiga va saytning reytingi pasayishiga olib keladi. Tez ochiladigan sayt foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi, bu esa tashrif buyuruvchilarni ushlab qolish va sahifalarda ko‘proq vaqt sarflashlariga yordam beradi.
Saytning tezligini oshirish uchun rasmlar hajmini optimallashtirish, hostingni to’g’ri tanlash, keshlash texnologiyalarini joriy qilish kabi amallarni bajarish yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, sayt tezligi SEOda juda yuqori o‘rinni egallaydi va uni e’tibordan chetda qoldirish reyting va tashrifchilar soniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tez yuklanadigan saytni yaratish nafaqat qidiruv tizimlari uchun, balki foydalanuvchilar uchun ham katta ahamiyatga ega.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Uzum FBS ni ishga tushirdi
Oldin barcha tovarni oldindan uzum skladiga olib borib qo'yardik, endi sotuv bo'lganda skladga oborish imkoniyati ochildi.
Bu orqali sinovdan o'tmagan tovarlarni shu yo'l orqali sotish mumkin bo'ladi, oldin sotib olib keyin sotish mumkin edi, endi yo'q tovarni ham sotishga qo'yish mumkin.
Lekin har 2 kunda buyurtmalarni yig'ib skladga olib borish kerak bo'ladi, bu imkoniyat hozircha Toshkentda yashaydiganlar uchun qulayroq desa ham bo'ladi va kuniga ko'p tovar sotadiganlar uchun yaxshi.
Kuniga 3-5 ta tovar sotsa va sof foyda kam bo'ladigan bo'lsa yo'l haqi bilan zararga kirish mumkin.
Ko'pchilik FBS ochiladi deganda hursand bo'lishgandi, odatda tovarlarni qabul qilib olish punkitiga olib borib berish kerak edi, lekin skladga olib borish kerakligini e'lon qilishdi. Kelajakda punkitlar orqali sklasdga yuborish imkoniyati ochilsa kerak.
Nima deymiz, tovarlar sonini ko'paytirish va jiddiy qaraydigan vaqt keldi.
Bitta minus tomoni bor, tovar sotilgandan keyin 2 haftalarda pul yechib olish mumkin, agar mijoz tovarni qaytarib bermasa.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring
Tirik sayti borlar davri kelishiga oz qoldi
Ko’pchilik saytdan daromad qilish mumkinligini bilmaydi va bilganlar ham biznesim yo’q nima qilaman sayt qilib deb o’ylaydi, lekin trafikga ega sayti borlar bemalol daromad qilishlari mumkin.
Qanday qilib deysizmi? To’g’ri bir kunda millioner qilib qo’ymasligi mumkin, lekin passiv daromad uchun juda zo’r. Butun dunyo affiliate marketing bilan shug’illanadi, xorij saytlari Siz orqali kelgan miijozdan tovar yoki xizmat summasidan ulush berishadi.
Sayti borlar bo’lsa bundan juda unumli foydalanishadi, aynan shu tovar yoki xizmat uchun kontent tayyorlashadi va trafik ko’paytirishga fokus berishadi, qarabsizki doim passiv daromad qilish imkoniyati paydo bo’ladi.
Ishim saytlar bilan bog’liq bo’lgabligi uchun o’zimizda ham shu narsa aktiv rivojlana boshlashiga ishonaman, ayniqsa uzum shu ishni qilsa juda katta daromad qilish imkoniyati ochiladi. Bu uzum uchun ham sayt egalari uchun ham juda foydali bo’ladi.
Oddiy misol man uzumda savdo qilaman qo’shimcha daromad sifatida va ko’p saytlarim bor, tovarlarimni o’zimni saytlarimda ham chiqadigan qilib qo’yganman, agar uzum har bir sotuvdan sayt egalariga beradigan bo’lsa juda zo’r bo’ladi. Qanaqasiga deysizmi? O’zimni tovarim sotilganidan manfaatdorman va o’zimni tovarimni sotilishiga yordam berganim uchun ham uzum manga haq to’laydi.
To’g’ri bu hali yo’lga qo’yilmadi lekin tez orada shu narsani qilishlariga ishonaman, sababi Amazon ham Aliexpress ham shu yo’lni qilishgan, Bu ikki taraf uchun ham juda zo’r, marketplacelarni sotuvi oshadi marketing byudjeti tejaladi, butun sayti borlar trafikni marketplacelarga haydashadi.
Shunday gaplar, sayti bor saytni tezroq jonlantirish kerak, sayti yo’qlar bo’lsa sayt ochishni boshlang. Kopirayterlar bo’lsa ko’p imkoniyatga ega. Bir jumla bilan sotib olish hissini o’yg’atib qo’yish qo’llarida desa ham bo’ladi.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Sun’iy intellekt uchun saytni bloklash
Bilasiz hozir kundan kunga sun’iy intellekt juda tez rivojlanib borvoti va ko’p ish beruvchilar sun’iy intellekt bilan bemalol ishlay olish qobilyati borlarga qiziqishvoti.
Sun’iy intellekt ham asosiy ma’lumotlarni saytlardan oladi va analiz qilib so’rovchiga yetqazadi. Ba’zi ma’lumotlar bor sun’iy intellektga berishni xohlamaydigan. Shunday holatda nima qilish kerak? Saytimizni sun’iy intellekt botlari uchun bloklab qo’yish yaxshi yechim bo’la oladi.
Qancha saytlar sun’iy intellektga ochiq bo’lsa, saytga bora bora saytga kiruvchilar kamayib borishi mumkin. Nima nimoqchiman, matnlaringizdan sun’iy intellekt foydalanishini xohlamasangiz saytingizni sun’iy intellekt botlari uchun yopib qo’ying.
Agar shu mavzu qiziq bo’lsa ? qoldirishingiz mumkin, shu narsa qanday qilinishi haqida to’liqroq ma’lumot berib o’taman.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago