Futbol satrlarda

Description
O'zbekistondagi birinchi raqamli futbolga bag'ishlangan she'riy kanal !!!

Instagram: https://www.instagram.com/futbol_satrlari

Asosiy kanal: @shahriyor_mahmayusupov

Kanaldan ma'lumot olishda mualliflik huquqini buzmang ❗
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 4 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago

Futbol dahosi

Qarang, menman degan futbolchilarning
Yoshlari o'ttizda bo‘lari bo‘ldi.
Afsus, erta so‘ngan “yulduzcha”larning
Ko‘zlarda yoshiga maydonlar to‘ldi.

Lekin bu kurashda taslim bo‘lmagan
Yorqin porlab turar yulduz bor hamon.
Yosh biroz o‘tsa ham bunda so‘lmagan
Charm to‘p ustasi, tengi yo‘q, tamom.

Vaqt ham juda, eh, tez o‘tib ketibdi,
Tinim ham bilmagan, mehnat bardavom
Mana bugun qirqqa yetib kelibdi
Mixga butsi ilmay, etmoqda davom.

Futbol nima deya so‘rashsa mendan
Ha, hech bir shubhasiz o‘ylanmay turib
Uning o‘yinlarin ko‘rsatamanda,
So‘ng esa ketaman xayollar surib.

Vatani, Portugal klubida ilk
Sporting safida tashlab qadami.
Balki ayon edi, yo kutmayin lek
Bog‘landi futbolga uning har dami.

Tumanli Albion - Angliya yurti
Manchesterda endi uchish boshlandi.
Yunaytetda yuzlab gollar ham urdi
Gohida quvonchdan ko‘zlar yoshlandi.

Ikkinchi muchali yigirma to‘rtda
Madridning Realin makon qildi u .
Qoldirgach to‘qqizta mavsumni ortda
O‘zining ortidan tarix qurdi u.

So‘ng ko‘hna Turinning Yuventusidan
O‘zining ajralmas o‘rnini topdi.
Sovrinlar qoldirib ketdi izidan
Shunda Italiya safarin yopdi.

Yana qaytib kelib, qisqa muddatga
Manchesterda qoldi bir yarim mavsum.
Ba’zida kechalar to‘ldi shiddatga
Ba’zan esa og‘ir o‘tdi necha kun.

Mana uch yildirki arab yurtida
Al Nasr qoshida topdi u qo‘nim.
Muallif ham bo‘ldi ko‘p golga bunda
Lek aslo qolmadi chaqmoqdek so‘nib.

Necha ming insonlar e‘tirof etgan
Xayrli ishlarga jazm qilgan u.
Necha ming jonlarni teng isrof etgan
Azoblarni birga hazm qilgan u.

Ne savob ishlarga udir bosh qo‘shgan
Egallab dunyoning xalqlarin dilin.
Mana bugun to‘lar u qirq yoshga
Ko‘rmadi bu jahon undayin xilin.

Ha balki, sanoqli yillari qoldi
Maydondan so‘ngi bor chiqib ketishga.
Muhlislar ko‘zlari yoshlarga to‘lib
Eh, balki dillarni siqib ketishga.

U ketgach futbolda qaysidir ma‘no
Qoladi o‘rnida kemtik, yopilmas.
Undanda zo‘rlari kelsa ham ammo
Ronaldu eng-engi, undek topilmas.

05.02.2025

@faqat_ijod

1 month, 1 week ago

No Khusanov, No Victory

@futbol_satrlarda

1 month, 1 week ago

Haverts kechirdi. Sitining lugʻatida himoya degan soʻz yoʻqmi deyman

Boʻlsayam zaxirada oʻtirgandir

@futbol_satrlarda

4 months ago

Nihoyat boshlanyapdi.

4 months ago

Nihoyat boshlanyapdi.

4 months ago

Birinchi marta Real Madrid ertaroq oʻynayapdi deb, Zoʻr TV ga qarab Qah-qaha koʻrayotganlarga alangalik salom ???

7 months, 1 week ago

El Clasico ko'rish uchun endigina telegramga kirgandim. O'yin tugab qoldi ?

7 months, 1 week ago

Ispaniya 3-0 Yaponiya
O'zbekiston 1-2 Ispaniya

Biz kuchliroq ekanmizku ?

7 months, 1 week ago

#realmadrid

REALDAN QO'RQINGLAR

Realdan qo'rqinglar yangi mavsumda,
Madridga borishda vahima bossin.
Yevropada dong'i ketgan turnirda,
Ularning oldidan chiqishga qo'rqsin.

Realdan qo'rqinglar, Mbappe, Vini,
Qandayin daxshatli hujum chizig'i.
Himoyada o'sha Eder va Toni,
Ularga forvardning yo'qdir qizig'i.

Realdan qo'rqinglar, Arda ulg'aydi,
Yevroda ko'rsatdi mahoratini.
Rodrigo va Diaz yayrab o'ynaydi,
Har o'yin ko'rsatar jasoratini.

Realdan qo'rqinglar yangi mavsumda,
Bellingem ulg'aydi yana bir yoshga.
Endrik yosh bola emasdir endi,
Buyuklik deb keldi u Blankosga.

Realdan qo'rqinglar yangi mavsumda,
Maydon markazida ikki fransuz.
Ushbu tarkib bilan Karlo dunyoda,
Buyuk bir murabbiy bo'ladi so'zsiz.

Realdan qo'rqinglar, Fede Valverde,
Kuchga to'lib qaytdi Amerikadan.
G'alabaga muhtoj bu kuchli tarkib,
Sovrinlar uchundir bu katta qadam.

Realdan qo'rqinglar, Tibo Kurtua,
Butunlay qutuldi jarohatidan.
G'alabalar kerak endi Tiboga,
Bahramand bo'lamiz mahoratidan.

Realdan qo'rqinglar yangi mavsumda,
Yoshlarga beringlar futbol taxtini.
Madritist bo'lmagan qolsin armonda,
Biz esa suraylik futbol gashtini.

02.08.2024

Boshqa jamoa muxlislariga yuborib qo'yamiz!

Siz bilan ? @futbol_satrlarda

9 months ago

Yana Marko Roys va Franchesko Totti kabi o'z jamoasiga sodiq futbolchilar bo'lsa izohlarda yozib qoldiring. She'rni davom ettirish uchun bu muhim !!!

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 4 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago