NZ Creative

Description
Inson boʻl, odamlar oʻzi koʻpayib ketyapti?

Bu yerda toʻliq erkinman? https://t.me/+QNEOgfaTKMY4MWVi

Kerak boʻlsam @Zaynobiddin_Nasriddinov ?
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 Wochen, 1 Tag her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 6 Monate her

1 month ago

Ertaga yangi yil keladi, mazza qiling.

Juda koʻp joyda "yangi yilni zavqi yoʻqolgan" degan gaplar koʻpaydi. Qoʻshilaman rostanam oldingidek yangi yil kutish yoʻq, lekin buni oʻzingiz oʻzgartirsangiz boʻladi-yu.

Instagramda bloggerlarni "chiroyli hayot" bilan yangi yilga tayyorgarligini kuzatib kun oʻtkazib oʻtirmasdan, yarim kechasigacha koʻchada bemaqsad tentirab yurmasdan, oila davrasida mazza qilib suhbatlashib, zoʻr kino koʻrib oʻtkazish ham mumkinda masalan. Jiyanlar kelib qolsa, birga oʻynab ularni hursand qilish ham mazza.

Kimdir "yangi yil nishonlamayman, yangi yil unaqa, yangi yil bunaqa" deyaptimi?!
Deyaverishsin, qanaqa oʻtkazish oʻzlariga havola. Bu kun kimnidir hayotini tubdan oʻzgartirvoradigan kun emas, shunchaki yil yangilanyapti.

Bayramdan mazza qiling!
Kelayotgan yangi yil hammangizga muborak boʻlsin!

@NZ_Creative

1 month, 2 weeks ago

Atrofimizdagi hamma uqubatlardan biz ham azob chekishimiz kerak.
Hammamizning tanamiz bir emas, lekin biz bir xil rivojlanamiz. Shu sababli biz u yoki bu shaklda barcha dardlarni boshdan kechiramiz.

Goʻdak ulgʻayishi davomida to qarib, vafot etgunga qadar hayotning barcha bosqichlaridan o'tgani kabi biz ham insoniyat bilan bogʻliqligimiz sababli ulgʻayishimiz davomida bu dunyoning barcha uqubatlaridan oʻtamiz. Bunday ahvolda adolatga oʻrin yoʻq.

Shu bilan birga uqubat oldida qoʻrqinch yoki uqubatni marhamatdek talqin etishga ham oʻrin yoʻq.

Frans Kafka

@NZ_Creative

2 months ago

1-dekabr ?

2024 ni qishi keldi, bir pasda 11 oy oʻtib ketdi-ye. Kimdir hayotidagi eng zoʻr xotiralarga ega boʻldi, yaxshi natijalarga erishdi, kimdir esa oʻsha doimiy oʻzi taʼriflaydigan "zerikarli" hayotida butun yil davomida yashadi.

Mayli, muhimi sogʻ omonsiz-ku!
Qanchadan qancha odamlar hayotida notinchlik boʻldi va hoziram boʻlyapti.

Buyogʻiga ham peshonaga yozilgan boʻlsa yashashda davom etaveramiz-da endi. Hullas yangi fasl, yangi oy hammaga yaxshi xotiralar olib kelsin.

Aytgancha kim bugundan boshlab hayotini oʻzgartirmoqchi?

@NZ_Creative

4 months, 2 weeks ago

Ишқилиб сениям ишда уришмедими?

4 months, 2 weeks ago

Ишқилиб сениям ишда уришмедими?

4 months, 3 weeks ago

Aytgancha, Jim Kerrini bunaqa серьёзный rollarda ko'p ham koʻravermaymiz?

7 months ago

Tilimiz Qadriyatlarimizni Ko'rastadi

Britaniyada juda ko'p yomg'ir yog'adi. Natijada ingliz tilida "yomg'ir yog'ayapti" deb 107 xil usulda aytishingiz mumkin.

Til rijovlanishiga ko'p yillar kerak, xo'sh tilimiz qayoqqa qarab ketyapti?

So'zlarimizni og'irligi bor - ularni kimdirni tasvirlashda ishlatsak ularni maqtayotgan yoki kamsitayotgandek tuyuladi, yetmaganiga bu so'zlar ruscha.

Masalan, kimdir navbatni buzib o'tib, ishini tezda hal qilsa uni - shustri (epchil - ijobiy) deymiz. Yoki kimdir kamroq pul sarflasa uni jmot (qurumsoq - salbiy) deymiz. Tejamkor degan so'zimiz bo'lsada, uni hech qachon eshitmaysiz - eslab ko'ring qachon kim uchun ishlatdingiz.

Bolalikdan bizni tasvirlashda ishlatalidigan so'zlar bizni hayot davomida kim bo'lishimizni belgilaydi. Oddiy shunaqa so'zlarimiz tufayli ko'p katta xarajatlari bilan maqtanadigan maqtanchoqlar, mansabidan foydalanayotgan o'g'ri-shustrilar paydo bo'ladi. Moliyaviy savodxonlik dam oladi tilimiz oldida.

Ko'proq tillar o'rganing, firklashingiz kengayadi.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 Wochen, 1 Tag her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 6 Monate her