Muhammad Uralov

Description
- Hayotdan olingan saboqlar
- Kitoblardan xulosalar
- O’ylashga majburlovchi fikrlar


Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 3 days ago

Baxt rozilikni, muvaffaqiyat esa norozilikni talab qiladi. Tanlov o’zimizda. Faqat birining yo’lida ketar ekanmiz ikkinchisini qidirmaylik.

Topa olmaymiz!

1 month ago

Chin shoirlar bari otilgan,
Qolganlar bari sotilgan.
Mard so’zim shu - hammasi qo’rqoq!
O’zim kimman?
So’ramang biroq.
Men ismimni aytmasman zinhor
Zamon nozik, bola chaqam bor.

Erkin aka

1 month, 1 week ago

Sening oilang parokanda, sen esa dunyoni qutqarishni o’ylab yuribsan

4 months, 2 weeks ago

Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat

Bundan 1 yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik.

1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi. Pedagogik tarafdan yuksaldik, networking kuchaydi. “Zamonaviy pedagog” kursimiz ham shu yerda tug’ulgan. Faqat tor doirada edi.

Anchadan beri bunday ilm majlisini kengaytirishni va omma uchun qilishni o’ylab yurgandim. Vaqti keldi!

Ustozlar uchun yangi yopiq “Teachers’ Hub” nomli kanal ochdim. Ustozlarni saralab olish uchun pulli bo’ladi. Kanal obunasida nimalar bo’ladi?

• Offline uchrashuvlar: Oyiga bir marta offline uchrashuvda o‘zim dars o‘tib beraman.
• Online suhbatlar: Har oy o‘z sohasining eng kuchli vakillari bilan online suhbat va dars bo‘ladi.
• Kuchli networking: Yopiq guruhimizda har kim o‘zini qiynayotgan muammolarini muhokama qiladi va yechimini topadi.
• Kundalik bilimlar: O‘zim o‘rganayotgan va kundalik qo‘llayotgan bilim va insighlarim bilan bo‘lishib boraman.
• Yangiliklar: “Zamonaviy pedagog” kursimizga qo‘shilgan yangiliklar bilan shu yopiq kanalda ham bo’lishamiz.
• Pedagogik kitoblar: Har hafta bir pedagogik kitob tanlab beraman va ustozlarimizdan biri online dars o‘tadi.
• Karyera rivoji: Karyera qurish, oylikni oshirish va ustoz sifatida o‘sish bo‘yicha o‘zaro suhbatlar bo‘ladi.

Obuna narxi oyiga 100ming so’m. Faqat birinchi qo’shilgan 50 kishiga birinchi oy uchun 75 ming qilib beramiz.

Yopiq kanalga link olish uchun @MuhammadUralovv ga yozing.

Kanalimizga qo‘shiling va ustoz sifatida o‘z imkoniyatlaringizni kengaytiring!@MuallimMuhammad

4 months, 3 weeks ago

Voqealarning ikki tarafi

Yaralangan qoplon o’zining oxirgi kuchi bilan bizon bolasini ovlashga harakat qilmoqda, ona bizon bor kuchi bilan qoplonga tashlanib uni yaralashga va farzandini himoya qilishga harakat qilyapti. U qoplonni qattiq yaraladi va o’z bolasini saqlab qoldi.

Qoplon qochishga majbur bo’ldi va g’or oldiga zo’rg’a borib oldi. U yerdan 2-3 ta kichik qoplonchalar och holda yugurib chiqishdi. Ona qoplon shunchalik och va qattiq yaralangan ediki, shu yerda jon taslim qildi. Bolalar onasi ular sut emishi uchun yotdi deb o’ylashdi, lekin endi bu tanadan boshqa hech qachon sut chiqmas edi.

Bir qaraganda bizon o’z farzandini saqlab qolgani xursand qiladi, lekin evaziga qoplon va bolalari qurbon bo’ldi. Yaralangan onasi vafot etgach ularni bu shafqatsiz dunyoda biror bir himoyachisi qolmadi.

Voqeani 1-qismini ko’rsangiz bizon va kichik bolasi uchun xursand bo’lasiz. Qoplon ko’zingizga vaxshiy yirtqich faqat o’z qornini o’ylab o’txo’r, beozor jonivorlarni qiruvchi va ularning bolalalarini o’ldiruvchi vaxshiydek ko’rinadi.

Ikkinchi qismni o’qisangiz bizga vaxshiylik, qotillik va noto’g’ri deb ko’ringan ishlarni sabablarini ko’rasiz.

@MuhammadUralov

5 months, 2 weeks ago

Nega uyga borgimiz kelmaydi?

Shahar shovqin, ishxona muammolarga to’la(ishxona shu sohadagi muammolarni yechish uchun moslashgan joy), signallar, so’kishlar, tortishuvlar va kelajak o’ylari odamni qiynaydi.

Inson bulardan qochib faqat tinchlik, sokinlik, sakinat xohlaydi. U buni uyidan topishi kerak. Agar inson bularni uydan topmasa kechqurun ishdan chiqib uyga qaytmaydi.

@MuhammadUralov

5 months, 4 weeks ago

Boylarda ko’proq

Kambag’al va o’rta hol oilada tug’ulishni qiyin tarafi shundaki sizda xato qilish imkoniyati cheklangan.

O’rtahol oila vakili sifatida yangi loyiha boshlarkansiz, uzog’i bilan 2-3 ta xato qilish imkoni bor. Bundan ko’pi butun oilani moliyaviy tomondan o’nglab bo’lmas ahvolga olib keladi.

Yaxshi tarafi esa, qahramonlar aynan qiyin vaziyatlarda kerak bo’ladi va paydo bo’ladi. Pul, tanish bilish kabi resurslarning yetishmasligi odamning miyasi eng yuqori darajada ishlashga majbur qiladi.

@MuhammadUralov

5 months, 4 weeks ago

Do’stlar bundan keyin bu kanalimga chuqur tahlillardan tashqari o’zim o’qiyotgan, eshitayotgan va anglayotgan kichik hajmli iqtiboslarni va kichik postlar ko’proq yozib turaman.

Yengil, hayotiy gaplar va kunlik o’rganayotgan qisqa matnlar ham bo’lishi mumkin.

6 months ago

Urolmayman...

Bolaligimizda bir ijtimoiy reklama roligi bo‘lardi. Unda tipa kino suratga olish jarayoni ketyapti, bir epizodda aktyor aktrisani yuziga shapaloq tortvorishi kerak bo‘lardi. (Aktyor kimligi esimdamas, aktrisa Raʼno opa Zokirova edi aniq)

Tak vot, aktyor bir nechta dublda ura olmaydi ayolni. Rejissyor jig‘ibiyron, qayta qayta motor beradi. Ur, ur uni deb baqiradi. Hatto har dublda taxtachani shaqillatib qo‘yadigan opagayam “Alfiya, yo‘qaaal!” deb baqirib ham beradi.

Aktyor esa ayolni ura olmaydi. Rejissyor kelib o‘zi ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi, mindey kelasan, rostakasim urmoqchi bo‘lasan deydiyu, lekin o‘zi ham kulib turgan ayolni yuziga shapaloq torta olmaydi...

Shu rolik meni bola qalbimga juda chuqur o‘rnashib qolgan, ayolni urish mumkin emasligini, buni og‘ir ish ekanligini shunda tushunganman va bu ong ostimdan joy olgan.

Hozir shunaqa ijtimoiy roliklar yo‘q desa ham bo‘ladi. Tv efir vaqti qizg‘onilar balki, soqqali reklama turganda ijtimoiy reklama kimga kerak... Lekin mana shu narsalar ham o‘sib kelayotgan avlod ongida yaxshi fazilatlarni uyg‘ota olishiga men qattiq ishonaman.

Nurbek Alimov

@MuhammadUralov

6 months, 1 week ago

Mehmon

Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish.

Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz!

Maqolalar ortidan, audiochatlarni ham boshlaymiz bugundan, xudo xohlasa.

Mehmonlar orasida ustozlarim, tajribasi va bilimi sizga va bizga aniq foyda keltiradigan do’stlarimiz va hamkasblarimiz bo’ladi.

Bugungi mehmonimiz - Oybek aka Qudratov. O’sha mashhur abituriyent gazetasida fizikadan test va tahlillarni tayyorlagan inson. Khan Academy da fizika, astranomiya va algebra kurslarini tayyorlaganlar. Va men tanigan eng zo’r pedagoglardan biri va eng kuchli fiziklar Oybek aka.

Oybek akadan maksimal foyda olishimiz kerak! Ta’limga doir savollaringiz bo’lsa komentga yozing.

Suhbat bugun 20:00da bo’lib o’tadi. Boshqa pedagog do’stlaringizni ham chaqirishni unutmang!

@MuallimMuhammad

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago