Ravshanbek Imomali

Description
Japan Digital University rektori Ravshanbek Mamajonovning shaxsiy kanali.

Kanalda universitet haqida yangiliklar, rejalar va boshqa shaxsiy fikrlar aks etishi ko’zda tutilgan.

Aloqa uchun: @ravshanbek_imomali_bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

10 months ago
Bugun seshanba soat 15:30da JDU talabalari …

Bugun seshanba soat 15:30da JDU talabalari uchun yangi imkoniyat tanishtiruvi bolib otadi. Dunyoga mashxur EPAM tashkilotining yurtimizdagi vakillari talabalarga ushbu tashkilot haqida tushuncha berishadi va ozlaridagi imkoniyatlarni ortoqlashishadi. Eng qizigi, JDU talabari uchun kelajakda EPAM JAPAN hamda EPAM UZBEKISTAN ortasini boglovchi oziga xos yetuk kadr bo`lish imkoniyati mavjud. JDU talabalarini faollar zalida kutib qolamiz.

10 months, 3 weeks ago

2023-yilgi JDU faoliyati sarhisobi va rektor murojaati

? 2023-yil Japan Digital University uchun juda omadli yil bo'ldi. Nega deysizmi? Universitet jamoasi o'tgan yili:

? O'rta Osiyoda "Yapon tili notiqlik san'ati" bo'yicha yetakchi o'rin;

? Kovorking zonasida talabalar bandligini ta'minlash maqsadida "Outsourcing technology" kompaniyasi bilan hamkorlik va bir qator ajoyib natijalarga erishildi.

?Quyidagi havola orqali siz Japan Digital University’ning rektori Ravshanbek Mamajonovning barcha ota-onalar va talaba yoshlarga to'liq video murojaatini tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/wUPg9LCo3Nw?si=PHIy-UXi3c9scVEZ

YouTube

2023-yilgi JDU faoliyati sarhisobi va rektor murojaati

2023-yil Japan Digital University uchun juda omadli yil bo'ldi. Nega deysizmi? JDU jamoasi o'tgan yili: • O'rta Osiyoda "Yapon tili notiqlik san'ati" bo'yicha yetakchi o'rin; • Yaponiyaning "Itochu" korporatsiyasi bilan hamkorlik; • Kovorking zonasida…

1 year, 3 months ago

?Xususiy/nodavlat universitetlar faqatgina davlat universiteti kirish imtihonlaridan yiqilganlar uchun emas.

Yurtimizda oxirgi yillarda nodavlat universitetlar ko'payib bormoqda. Bu juda ham quvonarli hol. Shaxsan men yanada ko'payishi tarafdoriman. Chunki yurtimizni cho'qqiga ko'taradigan yagona narsa - bu sifatli ta'lim.

Biz tashkil etgan universitet raqobat holatiga tushib qolishidan ko'ra, ushbu yurt kelajagi meni ko'proq tashvishga solmoqda.
Lekin nodavlat universitetlarga ishonch hali ham juda past. Ko'pchilik avval davlat universitetiga imtihon topshirib, u yerga kira olmagach, keyin nodavlatga harakat qiladi. Bunga qaysidir ma'noda universitetlar o'zlari ham aybdor bo’lsalarda, nodavlat universitetlarga ikkilamchi tanlov sifatida qarash noto'g'ri va o'zgarishi kerak deb o'ylayman. Bunga albatta vaqt kerak.

Quyida nodavlat universitetlarda o’qishning afzalliklari bilan o'rtoqlashaman:

Yangi tashkil etilayotgan univeritetlar ichida kam sonli talaba qabul qilayotganlari kop, lekin hammasi ham emas. Kam sonli talaba bo'lgandan keyin e'tibor ham baland bo'ladi. Bu esa sifatli ta'lim olish imkoniyatini oshiradi. O'zim shaxsan bilgan nodavlat universitetlar Ichida, JDUdan tashqari, TEAM universiteti ham kam sonli talaba qabul qilib, poydevorli ta'lim berishni afzal ko’rayotgan universitetlardan biri.
Universitet yangi bo'lgani sababli birinchi bitiruvchilarda yaxshi natija ko’rsatishlari uchun katta investitsiya qiladi. Chunki birinchi bitiruvchilar - bu universitetlarni kelajagini belgilab beradi. Bundan albatta talabalar yutadi.
Chet el ta'limi. Nodavlat va xorijiy universitetlarda O'zbekistonda turgan holda chet el standartidagi ta'limni olish imkoniyati paydo bo'ladi. Xususan JDUda ham shunday tizim mavjud.
Bozordan kelib chiqib o'qitiladi. O'z kelajagini o'ylagan va oz'ini hurmat qilgan universitet, o'quv dasturlarini bozor talabidan kelib chiqib tuzadi. Bu esa albatta talaba uchun foydali, chunki bitirgandan keyin bemalol ish topadi.

(Yuqoridagilar barchasi litsenziyaga ega universitetlar haqida aytilgan. Unday universitetlar ro’yhatini quyidagi linkda topishingiz mumkin. Yana bir narsa, nodavlat universitetlar qimmat deyishingiz mumkin, lekin ularda ham yaxshi natijali talabalar uchun grantlar mavjud)

@ravshanbek_imomali

1 year, 3 months ago

**Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya. #6

Korinmas tuzoqdan yiroq boling.**Ko`rinmas tuzoq-kibrdan yiroq bo'ling. Tashkilotlarda hamma muammolarni boshlanishi o'zini boshqa xodimlardan yuqori tutish va "Men bolmasam bu tashkilot qiynalib qoladi" - deb hisoblash.

Men Oxfordda magistraturada o'qiyotganimda, bizga Deloitte kompaniyasidan ishga oluvchilar kelib talabalarga qilgan maruzasida aytgan gaplarini doim eslab turaman. Bir kursdoshimiz u kompaniya vakillariga savol berdi: "Sizlar qanday odamni ishga olishni xohlamaysizlar?".  "Biz ishga olishni xohlamaydigan kandidat shundayki, u - "Men Oxfordni bitirganman", "Men hamma narsani bilaman", "Menga boshqa odam biror narsani o'rgatishi shart emas" - deb o'ylaydigan odam. Unday odamni ishga olganimiz bilan u jamoada chiqishmaydi va boshqa birov nimanidir o'rgataman desa o'rganishni ham, eshitishni ham xohlamaydi, chunki u o'zini "Hamma narsani bilaman" - deb o'ylaydi va kimdirdan nimanidir o'rganishni "O'ziga or" - deb hisoblaydi.
Bu esa bizning tashkilotga ham o'ziga ham katta ziyon bo'ladi" - deb jabob bergan edi.  Bu dunyo reytingida eng yuqori tutadigan  universitetlaridan bolgan Oxford universiteti talabalariga aytilgan gap. Demak siz ham ishlash jarayonida hammadan, yoshidan va lavoziidan qat'iy nazar, nimadir o'rganishga va o'z ustingizda ham doim ishlashdan qochmasligingizga, tashkilotdagi barcha qoida va tartib intizom hamma uchun birdek amal qilishini muhimligini anglashingizga yetarli sabab bo'ladi deb oylayman.

Futbol, xususan Yevropa futbolini kuzatib boruvchilar yaxshi bilishsa kerak, jamoada almashtirib bo'lmas o'yinchi bo'lmaydi. Buni bizga hozirda Manchester City jamoasi bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib borayotgan Pep Guardiola o'zining ko'p yillik faoliyatida bir nechta bora isbotlab bergan. O'zini juda muhim hisoblab, kibrga ketgan va jamoa manfaatlaridan va ichki tartib qoidalarini ham nazar qilmagan o'yinchidan voz kechib, usiz ham jamoa  faoliyat yurita olishini, qaytangi unday tartib intizomga amal qilmaydigan odam jamoada bolmaganda jamoa yaxshiroq natija ko'rsata olishini isbotlagan.
Huddi shuningdek, Guardiola shogirdi hisoblanagan, hozirda Arsenal jamoasi murabbiyi Areteta jamoa sardori Auba - ichki tartib intizomga rioya qilmagani uchun jamoadan chetlashtirib, jamoaga tartib intizomga rioya qilmaydigan yulduz o'yinchilar emas, tartib intizomli o'yinchilar foydaliroq ekanini natijalar bilan isbotladi.

Qisqa qilib aytganda, qanchalik yetuk kadr bo'lsangiz ham doim kamtar bo'lib qoling va jamoa manfaatini birinchi o'ringa qo'ying. O'zingizni juda ham muhim hisoblab yubormang, sizsiz va mensiz ham tashkilot ishlab ketaveradi.

@ravshanbek_imomali

1 year, 3 months ago

**Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya. #5

Mas'uliyat va daxldorlik hissini shakllantiring.**Men sizni ishontirib ayta olaman, qaysi ish yoki soha bo'lishidan qat'iy nazar, o'z sohangizda zo'r mutaxassisi bo'lsangiz, noningiz butun bo'ladi. Boshqalar qanday ishlashi bilan, yoningizdagi odam qanday oylik olishi bilan ishingiz bolmasin! Siz faqat o'zingiz bilan qiziqing! Bugungi siz - kechagi sizga nisbatan o'sib boryaptimi yoki yo'qmi? Natijaga erishish uchun har bir berilgan ishga mas'uliyat bilan yondashing, natija Yaratgandan, lekin siz sababini qilishingiz kerak.

Afsuski, O'zbekistondagi eng katta muammo - bu ishga mas'uliyatsizlik ila yuzaki munosabatda bo'lish. Bu hech kimga naf keltirmaydi. Sizga bir ish topshirildimi, o'shani ichiga sho'ng'ib keting, unga egalik qiling.

Daxldorlik - bu ishlab turgan korxonangiz rivojiga befarq bo'lmasliginzgiz, sizga to'g'ridan-to'g'ri aloqasi yo'q muammolar kelib chiqqanida ham befarq bolmasligingizni anglatadi. Misol uchun, korxonangiz o'zining Facebook tarmog'ida biron-bir reklama joylasa, uni boshqalarga ham yetib borishi uchun do'stlaringiz bilan ulashishingiz yoki like tugmachalarini bosib turishingiz ham daxldorlik hissi demakdir.

Ming afsuski, yuqorida aytganimdek, bizda ishga bo'lgan masuliyat yuzaki. Lekin buni siz uchun yaxshi tarafi shundaki, o'zingizni mehnatkashligingizni ko'rsatish uchun juda ham qattiq harakat qilishingiz shart emas. Ozgina harakat qilsangiz kifoya, siz allaqachon boshqalarga nisbatan ajralib turasiz.

@ravshanbek_imomali

1 year, 3 months ago

Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya. #3
**3. Ish tanlashda kelajakda suniy intellekt (AI) kam tasir qiluvchi kasbni tanalaganingiz maqulroq.**Yani (AI) tasirida yoq bolib ketmaydgan kasbni tanlash ham muhim hisoblanadi. Ular qanday sohalar ekanligini shu [shu](https://www.bbc.com/worklife/article/20230507\-the\-jobs\-ai\-wont\-take\-yet) yerda qoldiraman. Qisqacha aytganda, yaratuvchanlik talab qiladigan kasblar suniy intellekt (AI) kamroq ta'sir qiladigan sohalar hisoblanadi.

Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya. #4
Ishonch. Sadoqat. Ochiqlik.

Ishda muvaffaqiyat qozonish uchun va sizga nimanidir ishonib topshirishlari uchun birinchi navbatda inson sifatida ishonchli shaxs bo`lish eng birinchi va muhim faktor hisoblanadi.

Sizni qobiliyatingiz ikkinchi darajada. Ha togri oqidingiz. **Qobiliyatli insonni topish oson, lekin ishonchli insonni topish qiyin**. Bu boyicha yetuk biznes konsultantini videosini shu yerda qoldiraman. Ingliz tilini tushunsangiz, kirib eshitishingiz mumkin. Qolidan qaysidir darajada ish keladigan, lekin xiyonatkor, aldoqchi, fitnachi, noshukur odam jamoani buzadi va jamoaga foydasidan kora zarari kop, hatto u kadr oz sohasida yetuk bolsa ham. (Agar yaponlar bilan ishlaydigan bolsangiz, HoRenSoni hech qachon unutmang. Bu o`zro ishonchni mustahkamlashga ham yordam beradi).

@ravshanbek_imomali

Bbc

The jobs AI won't take yet

Amid the talk of artificial intelligence replacing workers, experts say there are some jobs computers aren’t taking – at least for a while.

**Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya.** #3
1 year, 4 months ago

Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya. #2

Faoliyatingizni kichik tashkilotda boshlang.Katta tashkilotlarda har bir bolim va xodimning funksiyalari juda tor doirada belgilangan boladi. Lekin, siz oz karyerangizni boshlash uchun kichikroq korxonani tanlasangiz \- juda katta tajribaga ega bolasiz. Tashkilot kichikligi uchun har bir xodimga berilgan vazifalar kolami keng qamrovli boladi va siz bir paytning ozida kop narsadan xabardor bolasiz. Tashkilotda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun qaysi bolimlar nima ish qilishi va kundalik qanday faoliyat olib borishini yaqindan bilib olish imkoniyati paydo boladi. Shu bilan birga, kichik kompaniyalarda kengayish salohiyati yuqori bolgani uchun sizni kelajakda katta imkoniyatlar kutib turgan bo`ladi.

Faoliyatingizni boshlaganda oylikdan kora qanday tajriba olishingiz \- sizni koproq qiziqtirsin. Oyligi kam lekin koproq narsa organsa boladigan ishingiz, oyligi kop lekin yaxshi tajriba bermaydigan ishdan muhimroq. Chunki kop narsani organish - kelajakda sizga yanada koproq imkoniyatlarni va albatta ko'proq daromad olib keladi. *(Keyingi tavsiya kasb tanlash boyicha bo`ladi, inshaAllah)*@ravshanbek_imomali

1 year, 4 months ago

Talabalikni tugatganlar uchun tavsiyalar.Hurmatli bitiruvchi!?

Avvalo, oliy o'quv dargohini tamomlaganingiz muborak bo'lsin.

Talabalik "oltin davr" deyiladi, haqiqatdan ham shunday. Siz uchun haqiqiy hayot endi boshlanadi. Qolgan davringizni oltin davr bo'lishi, qisman talabalik davringizda nimalar qilganingiz, qisman hayot davomida qanday harakat qilishingizga bog'liq.

Ko'pchiligingiz qaysidir tashkilotda o'z faoliyatingizni boshlaysiz.

Fursatdan foydalanib, yaxshilikka sababchi bo'lish niyatida 10 ta tavsiyalar bilan o`rtoqlashmoqchiman.

Talabalikni tugatganlar uchun tavsiya. #1

Bakalavr bosqichini bitirib, tezda magistraturani oqishga harakat qilmang, garchi siz oz kelajagingizni talim sohasida korsangiz ham.Magistraturada tahsil olishdan oldin, kamida ikki yil real hayotda ishlab, ish tajribasini o`rganing.

Birinchi sabab, universitet hayoti boshqa dunyo, tashqi hayot esa boshqa narsa. Talabalik davrida bilmagan koplab narsalarizni ishlab korib, jamoaga qo`shilganingizdan keyin bilish imkoniyati bor.

Ikkinchidan, ish tajribasini olib keyin masigtraturaga oqishga kirsangiz, u yerdagi narsalarni yaxshiroq tushunasiz va magistratura bosqichini samarali otkazasiz.

Uchinchidan, magistraturani keyinroq o`qishga ham imkon topa olasiz, lekin kechroq boshqa sohaga kirishib ketishingiz qiyinroq bo'lishi mumkin.

Tortinchidan, talim sohasida qolib ulugkasb bolmish oqituvchilik qilaman desangiz ham yaxshi oqituvchi bolish uchun . Ko'pchilik talabalar amaliyotdan xabardor muallim bilan ishlashni istaydi. Ilmiy ish bilan shug'ullanish uchun ham amaliyotdan xabardor bolganingiz yaxshi. Men ozim amaliyotchi bolganim uchun bu gaplarni keltirganim yoq, hozirgi davr universitetlar oldiga ham, qolaversa u yerda faoliyat olib boruvchi kadrlarga ham boshqacha talablar qoymoqda hamda talimni amaliyotga boglash talab etilmoqda.

Beshinchidan, magistraturani, imkoni bolsa chet elda oqing va bitirib chet elda ishlab ham koring. Chunki chet elda oqish bu hali u yer haqida qisqacha malumot olish holos, haqiqiy tajribani ishlab korgach, keyin orttirasiz.
(Keyingi tavsiya qanday tashkilotda faoliyat boshlash boyicha boladi)@ravshanbek_imomali

1 year, 6 months ago
**2022 yilda O`zbekistonda tug`ilgan chaqaloqlar soni …

2022 yilda Ozbekistonda tugilgan chaqaloqlar soni Yaponiyada tugilgan chaqaloqlar sonidan oshib ketdi.*****??***Yaponiya Aholi soni: 125 million, tugilgan chaqaloqlar soni 800** mingga yaqin

??Ozbekistan Aholi soni: 36 million, tugilgan chaqaloqlar soni 933 ming ga yaqin

Bunday past tug`ilish darajasi Yaponiya hukumatini jiddiy tashvishga solishni boshlagan. Chet elliklarga viza berishni turlichal yengil variantlari ustida bosh qotirish boshlangan.

@ravshanbek_imomali

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago