Nafisa Raxmanova/ Rasmiy kanal

Description
Mumtoz adabiyot haqida suhbatlar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 weeks, 6 days ago

Холиқо! Боқсанг-чи оҳ-зоримга, Ҳув!
Дард олиб келдим бу бозорингга, Ҳув!
Нолалиғ найман, мени кесмиш гуноҳ,
Бас, мени қайтар у найзоримга, Ҳув!

Мирзо КЕНЖАБЕК,
🎙Рустамхон ҚУРБОНЗОДА.
@m_kenjabek
┈┈• ❀
🌷*☘️*🌷 ❀ •┈┈•

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum, azızlarım, fıdoyı ustozjonlar, qalbı ılmga tashna talabalarım.Barchangıznı Mustaqıllık bayramı bılan chın qalbımdan tabrıklayman. Yangı o'quv yılıda omadlar tılayman. E'tıborıngızga xalqımız tarixi bılan bog'lıq o'ta ta'sırlı suhbatni havola qılmoqchıman.Albatta ko'rıng, menga o'xshab qayta-qayta yıg'lab eshıtasız. Bıznı O'ZBEK qılıb yaratgan Allohımga hamd-u sanolar bo'lsın!

3 months, 3 weeks ago

Yaratganning o’zi kabi azaliy va abadiy bo’lgan ISHQ-MUHABBAT haqidagi ma’lumotlar mavlono Abdurahmon Jomiyning “Lavome’” asaridan olindi.

3 months, 3 weeks ago

Inson husnining oshiqlari 4 tabaqaga bo’linadi; 1) ravshandilonlar (oqko’ngillilar) - nafsi shahvatdan ustun bo’lgan, ko’ngillari chirklardan tozalangan, Haq jamolini mushohada qilishdan o’zgani o’ylamaydigan oshiqlar; 2) pokbozlar – majoziy ishqni ko’prik qilib ilohiy ishqqa intiluvchi oshiqlar; 3) giriftoronlar ( tutqunlar) – mahbub almashtirish bilan shug’ullanadigan, go’zalrog’i topilsa, eskisidan voz kechib ketadigan oshiqlar; 4) oludagon ( bulg’anganlar) – nafsi ammoralari o’lmagan va shahvat o’ti so’nmagan, haqiqiy mahbubni butunlay unutgan, havoyi nafsni ishq deb biladigan oshiqlar.

3 months, 3 weeks ago

Jomiy hazratlari muhabbatning bir necha turi haqida ma’lumor berib, asosiysi ikkitadir, deb ta’kidlaydilar: 1) ko’ngilning sifot jamolini ko’rishga intiluvchi avom muhabbati va 2) zot jamolini ko’rishga intiluvchi xoslar muhabbati. Muhabbatning o’ta kuchlisi ishq deb ataladi.

3 months, 3 weeks ago

ISHQ .MUHABBAT.OSHIQ
Mavlono Abdurahmon Jomiy shunday yozadilar: azallarning azalida Haq taoloning yolg’iz o’zi mavjud edi. Boshqa hech narsa yo’q edi. Zotida mavjud bo’lgan kamol-u jamolni va sifatlarini o’zi bilar, o’zida ko’rar va hech narsaga muhtoj emas edi. Haq taoloning o’zi oshiq, o’zi ma’shuq va o’zi ishq edi. Bu hol mazkur ismlarning zuhuriga istak va harakat paydo qildi. Hamma ishqlar, hamma muhabbatlar, hamma ahilliklar, hamma mayllar shu tariqa undan ajrab chiqa boshladi. Haq taolo mahluqotni yaratib, o’zining ularda aks etgan jamolini oshiqlar ko’zi bilan tomosha qilishni, sevimli bo’lishni istadi. Mana shu istak va harakat hamma ishqlarning, hamma muhabbatlarning manbayi bo’ldi. Hamma husnlar, jamollar, fazllar va kamollar Haq taolo kamoli va jamolining zuhuri bo’ldi. Jamol-u kamol muhabbati, “Alloh go’zallikni sevuvchi go’zaldir” hukmiga ko’ra, Yaratganning zotiy sifati edi. “Alloh taolo Odamni o’z suvratida yaratdi” hukmiga ko’ra, u Odamga o’z sifatini berdi. Binobarin, insonning husn-u jamolga mushtoqligida o’sha zotiy muhabbat (Allohning o’ziga o’zi oshiqligi) mavjud.

3 months, 3 weeks ago

Ishqning may bilan o’xshash tomonlari ko’p, lekin ular bir-biriga tamoman zid ham hisoblanadi. May - zahar, ishq no’sh ekan, nima uchun ishq may bilan ta’bir qilinadi? Buhday savolning tug’ilishi tabiiy. Bunga Mavlono shunday javob beradilar: tajribasiz yoshlar va ayrim nafsi ammorasi o’lmagan qarilarning tasavvurida ichkilik - bor ne’matlarning eng oliysi va mastlik - lazzatlarning eng lazzatlisidir. Agar, ichmay havas qiluvchilarni ham hisobga olsak, bunday xato tasavvurga ega bo’lganlar dunyoda juda ko’pchilikni tashkil qiladi. Ishq o’rnida “may” so’zi qo’llanganda mavzuga ko’pchilikning diqqati qaratiladi. Asosiysi, may bilan ishq orasidagi tashqi o’xshashlik bilan ichki ziddiyatlar lazzattalablarga ravshan bo’lib, mutlaq lazzat haqiqiy ishqda ekanligi ayon bo’ladi.

3 months, 3 weeks ago

ISHQ NEGA MAYGA O’XSHATILADI?
Assalomu alaykum, azizlarim, ishq ramzi bo’lgan may haqidagi suhbatimizni davom ettiramiz.
Mavlono Abdurahmon Jomiy “Lavome’ ( yolqinlar)” asarida nega ishq ramzi sifatida sharob(may) olinishining 10 ta sababini ko’rsatib o’tganlar. Bular quyidagilar:
1. Sharob (may) o’zining asliy o’rni bo’lmish xum ichidan o’zganing ta’sirisiz o’zidan o’zi qaynab, o’zini ko’rsatishga harakat qilganidek, oshiqlar ko’nglidagi yashirin ishq ham g’alayon qilib zuhur etishga harakat qiladi.
2. May o’z zoti haddida muayyan bir shaklga ega emas, qaysi idishga tushsa, shu idishning ichki shaklini oladi. Xuddi shuningdek, ishq aslan mutlaq bo’lib, uning zuhurida muhabbat ahlining qobiliyati va iste’dodiga yarasha sodir bo’ladi. Oshiqlar orasidagi tafovut ishqning zotiy xususiyatiga emas, ularning ko’ngil ishiga bog’liq.
3. Mayning ham, ishqnng ham siroyati yalpi jarayondan iborat. May kishining hamma a’zosiga ta’sir qilganidek, ishq ham oshiqning qon-u joniga kirib, butun vujudini egallab oladi.
4. May o’zining ichkuchisini, ishq sevguchini mard va saxiy qilib qo’yadi.
5. May ham, ishq ham kishini qo’rqmas va botir qilib qo’yadi.
6. May ham, ishq ham kishi boshidan kibr-u havoni uchiradi va niyoz-u tavozuga tushiradi.
7. May ham, ishq ham sirni fosh qiladi. Asrlar davomida ayon bo’lgan haqiqat-u ma’rifat sirlarini ishq yuzaga chiqaradi.
8. May ham, ishq ham kishini behush qiladi. Ammo ishq behushligi sezgirlik va ogohlikning eng oliy martabasidir.
9. Mayparast mayni ichgan sari yana ko’proq ichgisi keladi. Ishqparast ham ishq dardiga mubtalo bo’lgan sari yana ortiqroq berila boradi.
10. May ham, ishq ham nomus-u hayo pardasini ko’taradi.

7 months, 1 week ago

DRABBLLAR:

OLTI SO‘ZLI HIKOYA
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan (Ernest Xeminguey)

HAYRAT
U xotinining qotiliga sut ichirardi. (Ernest Xeminguey)

ENG QISQA HIKOYA
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg‘i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi. (O.Genri)

IBLIS NIMA ISTAYDI?
Ikki bola dahshatli sharpaning asta-sekinlik bilan uzoqlashib ketayotganini kuzatib turishardi. Uning ko‘zlaridagi afsun ta’sirida hali-hamon boshlari karaxt edi.
— Menga qara, u sendan nima so‘radi?
— Qalbimni. Sendan-chi?
— Avtomat-telefon uchun mayda chaqa. Zudlik bilan qo‘ng’iroq qilishi kerak ekan…
— Yur, borib, ovqatlanamiz!
— Mayli-yu, lekin endi bir chaqa ham pulim qolmadi-da!
— Qo‘yaver, menda ular endi juda ko‘p. (Brayan Nyuell)

ONA
-O’g’il kutyapsizmi, qizmi?
- Farzand kutyapman. (Arjumandbegim)

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago