?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 week ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Faqat dasturchilar emas...
AI Inqilobi Endi Boshlanmoqda!
Kecha Mark AI yaqinda Meta’ning o‘rta darajadagi muhandislarining ishini bajarishi mumkinligini ta'kidladi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarning ommalashishi ham jadallashmoqda va bu transport sohasini o‘zgartirib yubormoqda.
Biz boshlanishida turibmiz — misli ko‘rilmagan inqilob boshlanishi! AI ba'zi ish joylarini almashtirsa-da, tarix ko‘rsatganidek, har bir texnologik o‘zgarish yangi imkoniyatlarga yo'l ochadi, Masalan:
- Elektr energiyasi shamlarni almashtirganda, butunlay yangi sohalar paydo bo‘ldi.
- Kompyuterlar ish o‘rinlarini yo‘q qilmadi — ular ilgari tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni ochdi.
AI orqali ham biz yangi imkoniyatlarga ega bo‘lamiz:
- AI Engineer - AI modellariga aniq vazifalarni o‘rgatadigan mutaxassislar;;
- Annotatorlar- katta hajmdagi ma'lumotlarni belgilash va tayyorlash ishlari ;
- Prompt Engineer - AI yordamida qilinayotgan san'at, musiqa va kontent ishlab chiqarish kabi ijodiy sohalar gullab-yashnamoqda va hkz.
AI nafaqat dasturchi va kod yozuvchilarga ta’sir qilmoqda — bu jarayon taksichilar, buxgalterlar, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa ko‘plab sohalarni ham qamrab oladi.
Texnologik blogerlar hozir bu haqiqat emasligini aytishayotgan bo‘lsa-da, esingizda bo‘lsin: innovatsiyalar har doim shubhalardan tezroq rivojlanadi. Bugun bu uzoq tuyulishi mumkin, ammo ertaga u tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni paydo bo'ladi.
Ish o‘rinlarini yo‘qotish muammo emas — yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi muhimdir. Shuning uchun moslashing, o‘rganing va oldinga intiling. Bu inqilob qo‘rquv emas, o‘sish imkoniyatini beradi.
GDG DevFest - networking va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat
? Ertaga (7-dekabr)
? https://yandex.uz/maps/-/CDdQAJMf
Keling, bugun bilim haqida gaplashamiz
Odamlar bilimni (ya’ni, ma’lumotni) yig‘adi, uni qayta ishlaydi va o‘zini doimiy takomillashtiradi. Sun’iy intellekt ham aynan shunday ishlaydi: u ma’lumotdan o‘rganadi, qayta ishlaydi va vaqt o‘tishi bilan yaxshilanadi.
Lekin muhim bir narsa bor: o‘rganish sifati, ma’lumot sifati bilan bog‘liq. Agar sun’iy intellektga to‘g‘ri va sifatli ma’lumot berilsa, u ayrim sohalarda odamlardan ustun bo‘lishi mumkin. Lekin bu qoidani o‘zimizga ham qo‘llasak bo‘ladi — odamlar ham ko‘proq va aniqroq bilim olish orqali o'z ilm va bilimni sayqallab boraveradi.
Masalan, maktabda yoki universitetda o‘qish, kitoblar o‘qish, yangi g‘oyalarni o‘rganish — bularning barchasi miyaning sifatli “oziqlanishi” uchun muhim. O‘z ustingizda ishlashga qancha ko‘p kuch sarflasangiz, shuncha kuchli bo‘lasiz.
Shuning uchun, sun’iy intellekt “aqlliroqmi” deb tashvishlanmang. O‘zingizni rivojlantirishga e’tibor qarating. Sizda ham, sun’iy intellektda ham ulkan imkoniyatlar bor, lekin farqni aniqlaydigan narsa — sizning mehnatingiz va vaqtingizdir.
? Vaqtingizni behuda ketkazmang. O‘rganing, rivojlaning.
? Ma’lumot To‘plash: AI va tarixdagi eng og‘ir jarayonlardan biri ?
Bugungi texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanmoqda va bu bizga har qachongidan ham ko‘proq ma’lumot keltirmoqda. Ammo bir savol: o‘tmishdagi ma’lumotlar qanday yig‘ilganini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Misol uchun, Imom Buxoriyni olaylik. U nafaqat minglab hadislarni yig‘ib, o‘rgangan, balki ularni tekshirib (data processing), kitob shaklida yozib qoldirgan. Bu esa ma’lumot to‘plash, tekshirish va yozishning naqadar mashaqqatli ish ekanini ko‘rsatadi. (Zamonaviy til bilan aytganda Data Engineer bo‘lganlar desak, menimcha yanglishmagan bo‘lamiz.)
Hozir esa bizning vaqtimiz ko‘p kitoblarni o‘qishga yetmasligi mumkin. Lekin o‘sha davrlarda minglab manbalardan foydalangan holda, birgina kitob yozish naqadar ulkan mehnat talab qilganini tasavvur qila olasizmi? (hozirgi texnologiyalarsiz)
Xuddi sun’iy intellektda bo‘lgani kabi, ma’lumot to‘plash (data collecting) har doim eng og‘ir, lekin eng asosiy jarayon bo‘lib qolgan.
? Vaqtingizni behuda ketkazmang, o'rgangan bilimlaringizni ulashing!
Tadbirdan sizlar uchun ajoyib sovg‘alar bilan qaytdim ? Yaqinda kanalimda AI bilan ish e’lonlarni tahlil qilganim haqida post yozgan edim, shundan keyin bu kabi taxlilarni qanday qilish mumkinligi haqida 2 ta video darslik yozib Mohirdev YouTube kanalida…
Tadbirdan sizlar uchun ajoyib sovg‘alar bilan qaytdim ?
Yaqinda kanalimda AI bilan ish e’lonlarni tahlil qilganim haqida post yozgan edim, shundan keyin bu kabi taxlilarni qanday qilish mumkinligi haqida 2 ta video darslik yozib Mohirdev YouTube kanalida ulashgan edik.
Bakudan kelgan maxsus sovg‘alarni siz bilan bo‘lishmoqchiman, buning uchun siz mening postim kabi boshqa bir Telegram kanallarni tahlil qilib chiroyli yoritib berishingiz kifoya qiladi.
Natijalarni mana shu Telegram Bot'ga yuboring, muddat 5 kun.
Qo‘shimcha: Yuborilganlar orasidan eng yaxshi 2 kishini tanlab, Baku (Google I/O) dan kelgan maxsus sovg‘ani O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beraman
GDE bo'lishning juda ko'p imkoniyatlari va foydalari bor va men bu yutuqni hamjamiyatimizni o'sishi uchun ishlatishga tayyorman.
Bu dasturdagi eng foydali jihatlardan biri - endi men boshqa iqtidorli insonlarni AI/ML GDE bo'lish uchun tavsiya (refer) qilish imkoniyatiga egaman!
Agar siz AI sohasiga qiziqib o'rganadigan bo'lsangiz GDE bo'lishda yordamlashishim mumkin.
Keyingi postlarda GDE imkoniyatlari hamda roadmap bo'yicha yozib boraman.
Qiziqadiganlarga ulashib qo'ysangiz bo'ladi?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 week ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago