Oʻzbekiston XDP

Description
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy kanali

www.xdp.uz
facebook.com/xdp.uz
twitter.com/xdp_uz
youtube.com/c/UzXDP
instagram.com/uzxdp_mk
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month, 2 weeks ago
[#Munosabat](?q=%23Munosabat)

#Munosabat

Davlat dasturi loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining doimiy pozitsiyasiga hamohang
Shu kunlarda 2025-yilgi davlat dasturi loyihasi xalq bilan keng muhokama qilinmoqda. Bu esa mamlakatda demokratiya prinsiplari amalda bo‘lganidan dalolatdir. Mazkur jarayonda, tabiiyki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o‘z dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, davlat dasturiga munosabat bildirishni muhim, deb hisoblaydi.

Dasturning loyihasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandlik darajasini oshirish, ta’lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan maqsadlar partiyamizning asosiy g‘oyalari bilan muvofiq keladi. Jumladan, davlat dasturida ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar partiya dasturining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda davlat dasturida kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy uy-joylar qurish va ularni subsidiyalash masalalari ko‘tarilgani partiya elektorati tomonidan ijobiy baholanadi.

Ta’lim sifati va tibbiy xizmatlarga e’tibor davlat dasturining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. O‘zbekiston XDPning pozitsiyasiga ko‘ra, aholining barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, xususan, qishloq hududlarida ta’lim va tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.

2025-yilgi davlat dasturi loyihasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim asosidir. 2025-yilgi davlat dasturi xalq bilan muloqotda, ularning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga oshirilsa, mamlakat taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tariladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bu jarayonda o‘zining ijtimoiy adolat va xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi pozitsiyasini izchil amalga oshiradi...

Shoxrux O‘KTAMOV,
O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b.
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

1 month, 2 weeks ago
[#munosabat](?q=%23munosabat)

#munosabat

❗️ Yashash sifatini yaxshilash – bosh maqsad
Yangi yilga nom berilishi va shunga mos ravishda Davlat dasturi ishlab chiqilishi xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda. Keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturi bo‘yicha Prezident Farmoni hamda dastur loyihasidagi barcha vazifa-tashabbuslar yurtdoshlarimizning ko‘nglidagi fikrlarni ifodalamoqda.

Davlat va jamiyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha bosh hujjat, eng avvalo, inson uchun, uning huquq va manfaatlari himoyasi uchun yo‘naltirilgandir. Mulohaza qilinsa, atrof-muhitni asrash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish birinchi navbatda insonni asrash va unga qulay sharoit yaratishni anglatadi.

Alohida ta’kidlash kerakki, Davlat dasturi loyihasidagi aksariyat vazifalar turmush tarzini yanada yaxshilash, ijtimoiy masalalarni samarali hal etish bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan Farmon va Davlat dasturi loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari bilan har tomonlama hamohangdir.

Resurs tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard dollarga yetkazish, inflatsiyani 5 foiz darajasida saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish eng muhim maqsad, deb belgilandi.

Fuqarolar o‘rtasida “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida yangicha ijtimoiy munosabatlar rivojlantirilishi, mahallalarning ekologik qiyofasi yaxshilanishi, yashillik darajasi oshirilishi, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhiti shakllantirilishi, aholi salomatligi yaxshilanishi, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoit yaratilishi mamlakatimizdagi ijtimoiy muhitni yangi darajaga ko‘taradi.

Dastur loyihasida partiyamiz elektorati manfaatlari himoyasiga xizmat qiladigan vazifalar belgilanmoqda. Xususan, respublikamizning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktab faoliyati tashkil etilishi qayd etilyapti. Bu jamiyatimizni bosqichma-bosqich inklyuzivlashtirishda strategik ahamiyatga ega masala hisoblanadi.

Bolalar qanday oila va sharoitda voyaga yetayotganidan qat’i nazar, ta’limda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi muhim, deb hisoblaymiz. Hujjat loyihasida joriy yilning o‘zida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilinishi vazifasi qo‘yilgani qanchadan-qancha yoshlar va oilalarning kelajakka ishonchini oshiradi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi nazarda tutilgani ham dasturiy vazifalarimiz bilan mos keladi.

Keyingi yillarda kam daromadli oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash islohotlarning juda muhim strategik yo‘nalishiga aylandi. Joriy yilda ham bu borada dolzarb vazifalar belgilanayotganini alohida qayd etish joiz. Jumladan, 100 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berish orqali 200 ming nafar aholi bandligini ta’minlash ko‘zlanmoqda.

Yuqorida keltirilgan va boshqa ko‘plab vazifa-tashabbuslarga asoslangan holda, Davlat dasturi loyihasi yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat izchil davom etishining o‘ziga xos kafolati bo‘lmoqda.

Shunga muvofiq, Xalq demokratik partiyasi Farmon va Dastur loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, albatta, tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlik korpusi orqali qo‘shimcha takliflarini ham beradi.

Faollarimiz, elektorat vakillarimiz hamda xayrixohlarimiz dastur loyihasi muhokamasi va uning hayotga tatbiq etilishida faol ishtirok etadi.

Ulug‘bek Inoyatov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari.
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

1 month, 2 weeks ago

❗️ Fraksiyamiz tashabbusi

BARCHA YANGI TUG‘ILGAN BOLALAR UCHUN DEPOZITLARNI OCHISH

Jo‘qorg‘i Kengesdagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishida ushbu loyiha muhokama qilindi.

👆 🌐 Sayt | *📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉*Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

1 month, 3 weeks ago
**Elektoratimiz manfaati uchun**

Elektoratimiz manfaati uchun
Mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega. O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etilgani shu nuqtai nazardan alohida diqqatga molikdir.

Ma’lumki, deputatlar turli sohalarda faoliyat yurituvchi, tajribali, fidoyi, jamiyatda hurmat qozongan va obro‘-e’tiborga ega shaxslar orasidan saylanadi. Lekin ular deputatlik faoliyatini qanday olib borishlari bo‘yicha alohida o‘qitilmaydi, bu borada xalq noiblari hayot maktabida olgan ko‘nikmalariga tayanishadi.

2024-yilning 2-dekabridan 25-dekabriga qadar hududlarda o‘tkazilgan o‘quv-seminarlar mahalliy Kengashlarga yangi saylangan 1 ming 200 nafar deputat uchun nafaqat o‘zaro bilim va tajriba almashish, balki elektorat manfaati yo‘lidagi faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishiga imkon berdi.

Endilikda respublikamizdagi har bir hududning mavjud muammolari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, deputatlik guruhlari o‘rganishlarini manzilli amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Nazorat-tahlil va jamoatchilik nazorati tadbirlarini quyi palatadagi fraksiyamiz deputatlari va mahalliy Kengashlar hamkorligida tashkil etishni mo‘ljallamoqdamiz. Bu esa siyosiy partiyaning fraksiya a’zolari va quyi tizimdagi mahalliy Kengashlar deputatlarining bahamjihatlikdagi samarali faoliyatini ta’minlaydi...

Mavjuda HASANOVA,
O‘zXDP Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i.
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago
Oʻzbekiston XDP
1 month, 3 weeks ago
Oʻzbekiston XDP
1 month, 3 weeks ago
***❗️*** O‘zbekiston XDP fraksiyasidan tashabbus:

❗️ O‘zbekiston XDP fraksiyasidan tashabbus:

BARCHA YANGI TUG‘ILGAN BOLALAR UCHUN DEPOZITLARNI OCHISH

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishining kun tartibiga “Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun depozitlarni ochish bo‘yicha loyiha taqdimoti to‘g‘risida”gi hamda partiya fraksiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan masalalar kiritildi.

👆 Ijtimoiy davlat maqomini mustahkamlash uchun, yangi tug‘ilgan bolani tarbiyalashda ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va ularni bolalarga uzoq muddatli sarmoya kiritishga yanada faol jalb qilishni rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni izlab topish zarurati tug‘iladi.

Bunday qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlaridan biri sifatida 47-sonli “Sanoat” saylov okrugidan deputat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari Rustam Saparbayev tomonidan ishlab chiqilgan “Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun bolalar depozitini ochish bo‘yicha loyihasi” taqdimot qilindi.

❗️ Ushbu loyiha bola voyaga yetganida shaxs sifatida shakllanish, iqtidorini rivojlantirish uchun erkin moliyaviy resurslarga ega bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun “bolalar depozitini” ochish, mazkur depozitni ota-onalar, vasiylar yoki boshqa homiylar tomonidan qonun asosida bosqichma-bosqich to‘ldirish imkoniyati bilan ta’minlash va 18 yoshga to‘lganda foizlari bilan to‘lovni olish huquqini beradi.

Loyihaga ko‘ra, “bolalar depozitining” egasiga kelgusida voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarning ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish uchun konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish imkoniyati yaratiladi. Natijada mamlakatning “ijtimoiy davlat” sifatidagi imidji o‘sadi. Bundan tashqari, uzoq muddatda davlatning qo‘shimcha budjet xarajatlari ko‘rinishidagi davlatning ijtimoiy yuki kamayadi. Tabiiyki, “bolalar depoziti”ning egasi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng ta’lim olishni davom ettirish, uy-joy-maishiy masalalarni hal qilish, to‘plangan mablag‘larni keyinchalik investitsiya qilish yoki ulardan boshqa shaxsiy qonuniy maqsadlar uchun foydalanish kabi asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun bo‘sh moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi...
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

1 month, 3 weeks ago
Oʻzbekiston XDP
1 month, 3 weeks ago
Oʻzbekiston XDP
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her