Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

3-мактаб Оҳангарон ш

Description
Оҳангарон шаҳридаги 3-умумий ўрта таълим мактабининг расмий телеграм саҳифаси
Advertising
We recommend to visit

Админ - @Gals1

Last updated 1 month, 1 week ago

Last updated 2 months ago

Админы
@DmitrySed @Adm_ps @Alexa9613

Last updated 7 months, 3 weeks ago

1 month, 2 weeks ago

**Ибрат

"Ҳар куни ярим соат вақтингизни болангиз учун ажратинг. Бир-икки йилдан кейин шу бола қўлига китоб олади. Яхши гап бор: болангни тарбиялама, барибир ўзингга ўхшайди. Ўзингни тарбияла!"

Миллий театр устоз санъаткори, Ўзбекистон халқ артисти, профессор Гавҳар Зокирова китоб ҳақида сўзлади.

Биргаликда тинглаймиз!

“Оламнинг қалби”**

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

1 month, 2 weeks ago

TOSHKЕNT VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI OGOHLANTIRADI

Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari soni ortib bormoqda. Ko‘p holatlarda o‘quvchilarning yo‘llarni kesib o‘tishda belgilanmagan yo‘llardan o‘tishi, yo‘l belgilariga amal qilmasligi bo‘lsa, ayrim holatlarda taransport vositasi haydovchilarining yo‘l qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, so‘ngi oylarda Ichki turizmni rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchi-yoshlarni mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish, e’lon qilingan turli ko‘rik-tanlovlar, intelektual o‘yinlar, ommaviy sport tadbirlari va shu kabilarga avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransportlarda Yo‘l harakati xavfsizligi kuzatuv mashinalari nazoratisiz amalga oshirilayotganlik holatlari ko‘paymoqda.
Xususan, yaqinda Buxoro viloyatida avtobusda o‘quvchilar sayohatga olib chiqilgan vaqtda sodir bo‘lgan holat, kuni kecha 25-mart kuni Bekobod tumanidagi maktab o‘quvchilarining “Zakovat” o‘yiniga “Damas” rusumli avtotransportda olib ketilayotganida boshqa mashina tomonidan urib yuborilishi kabi holatlar o‘quvchi-yoshlar hayotiga xavf tug‘dirmoqda.
Shu munosabat bilan sayohatlar, ko‘rik-tanlovlar, intelektual o‘yinlar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar davomida xodimlar, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar xavfsizligi birinchi navbatdagi masala ekanligini inobatga olib, Sizdan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-sonli “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan barcha ta’lim muassasalari va tashkilotlari tomonidan quyidagi talablarga qat’iy rioya etilishini nazoratga olishingiz so‘raladi.

Jumladan:
turizm sayohatini tashkil etishda tashuvchi tashkilotning turizm yo‘nalishida maxsus litsenziyaga ega ekanligi;
sayohatchilarni rejaga muvofiq marshrut orqali sayohat manziliga olib borib keladigan avtotransport vositalarining shaharlararo xizmat ko‘rsatish litsenziyasiga ega bo‘lishi, shuningdek, tegishli tartibda texnik ko‘rikdan otkazilganligi;
sayohat manzili, marshruti, sayohatga chiqish va sayohatdan qaytish vaqti, sayohatchilar soni, ularga texnika, transport hamda hayot xavfsizligi yuzasidan tavsiyalar (instruktaj) berilishi va ma’lumotlar o‘rnida qayd etilishini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi;
shu bilan birga rejaga muvofiq uyushtiriladigan sayohat bilan bog‘liq ma’lumotlarni tuman, shahar hokimliklarining tegishli bo‘limlari, Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalarini xabardor qilish hamda sayohatlarni IIB tizimi mas’ul xodimlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining kuzatuv avtomobillari nazorati ostida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda amalga oshirilishi.

Yuqoridagi talablar hamda avtobuslarda sayohatlarni amalga oshirish hamda tanlovlarga, sport va boshqa ommaviy tadbirlarga o‘quvchi-yoshlarni olib borish davomida IIB tizimi mas’ul xodimlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining kuzatuv avtomobillari nazoratisiz amalga oshirish va har qanday turdagi yengil avtotransportlarda o‘quvchi-yoshlarni tashish mutloqo mumkin emasligi, bunday holatlar sodir etilgan taqdirda qonunchilikka asosan chora ko‘rilishi haqida ogohlantiramiz.

*🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
*Telegram   |   Facebook

1 month, 2 weeks ago

❗️Ўқувчилар мактабга телефон олиб бориши мумкинми?

@Yurist_Xizmati 4450-савол:

Salom savolim bor edi. Men maktabda tarix fanidan dars beraman. Savolim shuki sinfda dars vaqtida  o‘quvchilar telefon o‘ynab o‘tirsa va o‘qituvchiga bo‘ysunmasa telefo‘nni o‘qituvchiga topshirishdan bosh tortsa  o‘quvchi telefonni o‘chirib yoki ovozsiz rejimga qo‘ymasa umuman o‘qituvchiga bo‘ysunmasa va telefo‘nni o‘qituvchiga topshirishdan bosh tortsa. Malumki o‘qituvchi o‘quvchiga kuch ishlatishi mumkin emas. Endi bu vaziyatda o‘qituvchi qonunan  nima qilishi kerak. Bitta shu telefon topshirmagan o‘quvchiga chora ko‘raman bayonnoma tuzaman deb yursa dars mashg‘uloti qolib ketadi  qolgan tarbiyali o‘quvchilarga dars o‘tishi kerak. Darsda bitta o‘quvchining telefonini olaman deb yursa dars vaqti tugab qoladi. dars mashg‘ulotlari qolib ketadi. shu vaziyatda qonuniy nima qilish mumkin o‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkin emas. o‘quvchi telefon topshirishdan bosh tortyabdi kuch ishlatib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda qonuniy nima qilish mumkim?

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Вазирлар Маҳкамасининг 2012-йил 21 майдаги 139-сон қарорига иловада тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларида мобил телефонлардан фойдаланиш тартиби тўғрисидаги Низом 7-бандида таълим муассасаларида ўтказиладиган ўқув машғулотлари ва тадбирлар (сафланиш, тарбиявий соатлар, байрам, спорт тадбирлари ва шу кабилар) бошланишидан олдин таълим олувчилар:
👉 телефонини ўчириб қўйиши;
👉 телефонини портфели, сумкаси ва шу кабиларга солиб қўйиши шартлиги белгиланган.

Шундай экан ҳар бир ўқувчи мактаб ҳудудига кирганда юқоридаги ҳаракатларни амалга ошириши шарт.

Шунингдек, Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 31-августдаги 282-сон буйруғига 1-иловада тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари 9-бандига кўра ўқувчилар томонидан мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини барча педагоглар, жумладан синф раҳбарлари шахсан назорат қилади.

❗️Эътибор беринг! Бунда ўқитувчи томонидан огоҳлантирилишига қарамай дарс жараёнида телефондан фойдаланиш ҳолатлари давом этганда фан ўқитувчиси, синф раҳбари, директор ўринбосари, психолог (инспектор-психолог) иштирокида ўқувчининг телефони (смартфон, планшет ва бошқа қурилмалар) олиб қўйилади ва ҳолат юзасидан мактаб директори ҳамда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари огоҳлантирилади.

☝️Мана шу қоидага кўра ўқувчи дарс жараёнида телефондан фойдаланса, ўқитувчи биринчи раҳбариятга хабар бериши ва юқоридаги ҳаракатларни амалга ошириш керак.

❗️ Бундай ҳолатда ота-онага Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс 47-модддаси иккинчи қисми билан жавобгарлик чораси қўлланилади. Яъни Худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир этилган бўлса:
базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

📩 Юристга савол юбориш

☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш

📚Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш

Каналимизга уланинг
👇👇
👉 @Yurist_Xizmati‌‌

1 month, 3 weeks ago
3-мактаб Оҳангарон ш
1 month, 3 weeks ago
3-мактаб Оҳангарон ш
1 month, 3 weeks ago
3-мактаб Оҳангарон ш
3 months, 4 weeks ago
[#табрик](?q=%23%D1%82%D0%B0%D0%B1%D1%80%D0%B8%D0%BA)

#табрик

⚡️⚡️⚡️Давлатимиз раҳбари Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги йўллади.

3 months, 4 weeks ago
4 months ago
5 months, 3 weeks ago
3-мактаб Оҳангарон ш
We recommend to visit

Админ - @Gals1

Last updated 1 month, 1 week ago

Last updated 2 months ago

Админы
@DmitrySed @Adm_ps @Alexa9613

Last updated 7 months, 3 weeks ago