Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!
Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o’z nihoyasiga yetdi.
Ertaga — 3-yanvar (juma) hamda ertadan keyin — 4-yanvar (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
❓9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?
✅ Qisqa javob: ha, dam olish kuni.
📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.
Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
🇺🇿
⚡️**Maktab darsliklari ijarasi qayta tiklandimi ?
Kanalga ulanish**: @Talim_Servis
⚡️Maktablarda kuzgi ta'til 4 noyabrdan boshlanadi
🏫 Maktab o'quvchilari uchun chorakning so'nggi kuni 2 noyabrga togri kelib, 4 noyabr kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
*⚡️Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?*
Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida Ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.
1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillarberiladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligihaftasiga ko‘pi bilan 36 soatqilib belgilangan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachiva psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalarg‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalarrespublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi(o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rgandako‘rsatiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yichaxalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga egabo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatqolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar texnikumga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
⏲Talaba necha soat dars bersa bo'ladi
Vazirlar Mahkamasining 275- sonli qaroriga koʻra Oliy ta'lim muassasasida kunduzgi,kechki,sirtqi,ta'lim shaklida o'qiyotgan 3 va 4-bosqich pedagogika yo'nalishlaridagi talabalar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.Talabaga dars taqsimlayotganda u o'qiyotgan ta'lim shakli muhim o'rin tutadi.....
? Batafsil videoda:https:https://www.instagram.com/reel/C9aLy-givt6/?igsh=MXRnbzNkNm80dWp6Yw==
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago