?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Osmon yaqin kelar yanada yaqin
sog'inchim ismingni aytadi asta
bulutlar ko'ksidan yo'llaysan chaqin
chaqinni chaqiriq bilar jon – xasta.
Qaqragan ko'zimga quyasan yomg'ir
yulduzing yuzimga chizar tabbassum
faqat sen bilasan qanchalik og'ir
faqat sen bilasan – hammasi ma'lum.
Yashagim kelyapti o'zim uchunmas
hayot sharbatingdan ozgina ichir
o'zimni sira ham kechirgim kelmas
kechirsang yakunda sen meni kechir...
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
Bir
Qismat bir qilibdi ikki xillikni
senga shashka yoqar, menga-chi shaxmat
sen poylab kutasan bitta xatoni
senga qatl yoqar, menga-chi shafqat.
Qayerdan bir bo'ldik, qaydanam birmiz
sochingdan tirnog'ing qadar qop-qora
oqligim ko'zingni qamashtiradi
qoraga bo'yaysan meni yolvora.
Tushingni aytasan tunda uyg'otib,
tushsizlik tilanib uxlaganimda
o'qimay tashlaysan xatimni otib
ustimdan kulasan yig'laganimda.
Stolim ustiga kelib oqsuyak,
varoqlar chertasan qora barmoqla
vujuding yonishni istasa yondir
alamlar yonsin deb she'rlarni yoqma.
Eshitgim keladi ba'zan Shopenni
Shopen tugul sen meni sevmaysan
so'ng o'chirib qo'yasan Betxovenni
afsuski, Betxoven it deb o'ylaysan...
dekabr 2024
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
Ruhga
Isyonsira ruhim hoziroq
jism – qafas, temirni g'aji
qanotingni ochgin kattaroq
bundan osmon qolmaydi ranjib.
Qamalganing yetar shuncha yil
parvoz ayla butun olamni
ortiq yukni nima qilasan,
tashlab ketgin menday odamni.
Garchi kalit edi qo'limda
seni aldab keldim shuncha payt
uchratmayin seni yo'limda
faqat, "sendan roziman", deb ayt.
Ketishingda xabar qil do'stim,
senga bitta tuhfa aylagum
yoshligidan keksaygan qalbni
ko'kragingga o'rnatib bergum.
Ketsang, menga bildirmay jo'na
ko'kragimni teshib ketmagin.
alvidolar aytmagin jo'ra
ko'tarmaydi vido yuragim.
Isyoningga sherik bo'lmayman...
dekabr 2024
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
Noyabr.
Yomg'irli xazon oralab
to'kilib qaytardi ayol uyiga
tomchilar kiprikka qo'nardi mayin
o'ylar qo'shilardi ma'yus o'yiga...
Kunlar yengilardi, ayolga qiyin
uyida kutardi uni oshxona
yostiqqa bormasdan uxlab qolardi
yulib olar edi tongda ishxona.
Yolg'izlik.
Zimiston xona uzra u
devorlar tinglardi – nola, unini
umridan gullashni so'ramay qo'yib,
har kuni yengardi "sug'ur kuni"ni
Lahzadek zuvillab o'tdi yillari,
sovg'a bo'lmay qo'ydi unga lolalar
ketishga chog'lansa zulmat o'ylari
uni olib qoldi faqat bolalar...
noyabr 2024
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
Osmon narvoniga osdim iltijo,
Bulutlar saslanib, yog'ildi yomg'ir.
Shitirlar ichida mehribon Xudo,
So'zlarni joyladi, qalbimga, og'ir.
Shamollar hasaddan esdi isyonkor,
Xazonlar boshini uzdi daraxtdan.
So'zlarni asirlab baxtlandim bekor,
Baxtni yozmoqlikka mudom karaxtman.
Kuzaki tuyg'ular qarg'ishlaridan,
Yasadim bir varoq xazon qasida.
Qorong'u xonamning tirqishlaridan,
Mo'ralab boqardi bitta aqida.
Tag'in isyon qildi daydi shamollar,
Istagi Xudoning nazarin yulish.
Menga hayot berar oppoq xayollar,
Meni o'ldiradi bu holga kulish.
So'zlarni o'zimdan quvmoq yo'lini,
Quyilgan kunidan izlab tolganman.
Qaytarolmay qurg'ur qalbim qo'lini,
So'zlarni Xudodan tilab olganman.
Balki, shamollar ham yomonlikkamas,
Yetkazar so'zlarni egalariga.
Baribir so'zlarim berolmayman, bas!
Boshqa she'r yozmagin deganlariga.
Osmon narvoniga osdim iltijo,
Bulutlar tarqadi, yuvildi yerlar.
So'zlarni quyaver qalbimga, illo,
Meni tushunadi faqat shu she'rlar...
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
sentabr 2024
Yo'l
(baxt izlab)
Faromush bog'larda sarson ruhimiz
xokandozda bandi sevgimiz xoki
musicha kuyidek o'ksik "uh"imiz
bir kelmaydi baxtlar tirikmiz, toki –
mahshargacha bo'lmas – qayta uchrashuv
dard – hayyo-huyt xaydar orzularimiz
baxtni tutsak balki, bo'lardik shov-shuv
baxt so'ziga mushtoq tashna labimiz...
g'alamis ayriliq qiqirlab bizga
to'zim tilamaydi, ulfati shayton
ular uchun bir bor aytaylik birga
o'z olovlarida kuysinlar shu on.
Oy tomon uchirgan xayollarimiz
kutib olar yorqin hirovul bulut
osmondan xat-xabar, quloqlarimiz –
deydilar: xabarni hoziroq unut.
Osmon xabari zax, mudhish hodisa:
"Siz birga bo'lmaysiz qiyomatda ham
urinmang sevgingiz baribir bekor
bekor bo'laverar ming marttada ham".
Biz ming bir marttaga yo'lga chiqamiz
faromush bog'larda yolg'izlik sasi
xazonlar biz bilan, kuzak ichra biz –
tashlab ketganimiz – bahor nafasi...
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
- @ch_k_t iyun 2024
Hayot dengizida
(bugun 26yoshni qarshi olgan Abduvoris Alijonovga)
Kuz keldi.
Langarni torting jarlikdan.
Anduhdan yasalgan kemaga mining!
Bolaligi o'tgan ul ko'chalarga,
qaytgisi kelyapti, bechora, uning.
Xazonlar qoplagan dunyo ustini
yorib borar mana g'ussali nayza...
Yillarning sonini eslata ko'rmang,
mana bu kapalak,
mana qo'y – maysa.
Ammo kapitan – U.
Bo'ysunmoq darkor.
Oldinga odimlash istaydi kema
Qarilik yelkanga o'rnashib olgan
Kapitan aytadi: ellik ham erta.
Yo'nalish burilar kelajak tomon
Otishma boshlanar duel singari
26 yil... Kapitan omon –
So'zlarin o'qlaydi suv parilari...
*© Boxodirov Izzatillo*
#BI14
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago