Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Ona duo qiling.
Ona duo qiling ishlarim, yurishib ketsin.
Omad ostonamdan har kuni, kurishib ketsin.
Ga‘ygu alam mendan, uzoqroq, narida yurib.
Hech ham yo‘qlamasin, men bilan, urishib ketsin.
Ona duo qiling, o‘g‘lingiz, yiqilib toldi.
Chora topolmasdan burchakka, tiqilib qoldi.
Suyak suyagimga shunchalik, o‘tib ketyapti,
Musofirda yolg‘iz, dard chekib, siqilib qoldi.
Ona duo qiling nomozda, ochib qo‘lingiz.
Osmonlardan kengdir, farishtam, oppoq kunglingiz.
Hamma hammasidan shu qadar, charchadi odam,
Sizning daldangizga, jannatim, muhtoj o‘g‘lingiz.
Ona duo qiling ijobat, bo‘lar hammasi.
Tog‘dayin to‘siqlar, yo‘limdan, qular hammasi.
Kim ne desa unga, ishongan, o‘zim ahmoqman,
Ortiq chil qoqmasin, do‘stlarim, turfa nag‘masi.
Ona duo qiling tuylardan, chiqmasin boshim.
Ortiq sinovlarga yetmaydi, bu sabr-u doshim.
Sevgan bandasini sinaydi, deysizda Alloh,
Duo qilasizda har damda, onam, quyoshim.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 31.01.2025.
O‘lib qolaman.
Sog‘intirma ko‘p meni yuragim yoqib,
Bilsang sensiz telba, bo‘lib qolaman.
Gulim deb chaqirsam, men tomon boqib,
Chiroyli kulishinga o‘lib qolaman.
✍SOBITJON ESHTEMIROV...
✅🎙IJODKOR BEK...
O‘lib qolaman.
Sog‘intirma ko‘p meni yuragim yoqib,
Bilsang sensiz telba, bo‘lib qolaman.
Gulim deb chaqirsam, men tomon boqib,
Chiroyli kulishinga o‘lib qolaman.
Sevib qolgan seni men bitta yomon.
Ko‘zlar ohuniki qoshlaring kamon.
Viqor bilan qadam tashlab men tomon,
Sallona yurishinga o‘lib qolaman.
Gul handa aylaydi tashlasang nigoh.
Parishon holimdan bo‘lasan ogoh.
Ataydan jahlingni chiqarsam nogoh,
Labingni burishinga o‘lib qolaman.
Ming guldan alosan, azizam, erkam.
Men sening qiroling sensan malikam.
Xudo seni raso yaratgan bekam.
Guzalim turishinga o‘lib qolaman.
Men seni tanladim baridan kechib.
Hech quyib yuborma mahkamroq quchib.
Sevgidan yettinchi osmonga uchib,
Jim hayol surishinga o‘lib qolaman.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 30.01.2025.
Sizni deydida.
Sevgi tanlanmaydi bilmay suydida.
Sizni deya faqat yondi-kuydida.
Kel yaxshisi unut taqdirmas desam,
Yuragim bir faqat sizni deydida.
Yuragimda bordir demangda o‘zga.
Bahorda yor bo‘lmay xazonli kuzga.
Buyruq berib bo‘lmas kunmaydi so‘zga.
Yuragim bir faqat sizni deydida.
Yoningizga keldim, qoldi oz qadam.
Dunyo shunday ekan azaldan bir kam.
Talpinib siz tomon o‘rgancha har dam,
Yuragim bir faqat sizni deydida.
Sevdim, aybdorman bo‘laman iqror.
Telba holim sizga aylayin oshkor.
Har soniya aytib ismingiz takror,
Yuragim bir faqat sizni deydida.
Sevib topganim shul o‘tli bir firoq.
Davosi sevgidir zulmatga chiroq.
Atrofda guzallar ko‘p erur biroq,
Yuragim bir faqat sizni deydida.
Faqat sizni deyman yo‘q erur manday.
Hech kim sevolmaydi sizni sevganday.
Sehrlab quygansiz bilmayman qanday,
Yuragim bir faqat sizni deydida.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 29.01.2025.
Ukam.
Jonim ukam jon ukam,
To‘g‘ilgan kun muborak.
Tabriklayman men akang,
Qutlug‘ ayyom muborak.
Yonimda sen ishlar soz,
Umr o‘tar bahor, yoz,
Qadding bo‘lsin mudom g‘oz,
Jonim ukam jon ukam
Sofdir qalbing beg‘ubor,
Hech narsaga bo‘lma zor,
Bo‘lsin har dam omad yor,
Jonim ukam jon ukam.
O‘ziga bek xon ukam.
Bir tan-u bir jon ukam.
Omon bo‘lgin baxtimga,
Jonim ukam jon ukam.
Yonimdasan kamlar yo‘q,
G‘am alamli damlar yo‘q,
Har narsadan kunglim to‘q,
Jonim ukam jon ukam.
Yo‘qlaguchim har kunda,
Otam aksi bir senda,
Sendek uka bor menda,
Jonim ukam jon ukam.
Unib o‘sdik bir uyda,
Barcha jam bugun tuyda,
To‘g‘ilgansan shu kunda,
Jonim ukam jon ukam.
Ko‘rpamiz bitta edi,
Orzular katta edi,
Yiqilsam men bor dedi,
Jonim ukam jon ukam.
Oftobdan issiq yuzing,
Qolmasin yerda so‘zing,
Yaxshiyam borsan o‘zing,
Jonim ukam jon ukam.
✍ Sobitjon Eshtemirov.
Atalmagansiz.
Ayro bitilganmi taqdiri azal,
Birga bo‘lmoq uchun yaralmaganmiz.
Shunchaki kunikdim kechiring guzal,
Nahotki siz menga atalmagansiz.
Sizga qancha yaqin borganim sari.
Bizga torlik qildi bu yerning shari.
Shunchaki bildim kech befoyda bari,
Allohdan siz menga atalmagansiz.
Bizga atalgani shu bo‘lsa bori.
Nahotki qishlarning erimas qori.
Oq libosda endi o‘zganing yori,
Guzalim siz menga atalmagansiz.
Sizni sevib bo‘ldim, ishqdan devona,
Nahot siz o‘zgaga endi parvona.
Siz menga, men sizga, endi begona,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.
Kurashdim bariga o‘zingiz guvoh.
Bizni ayirdilar o‘zgalar ey voh.
Qismatdan nolisam bo‘ladi gunoh,
Allohdan siz menga atalmagansiz.
Eng shirin o‘shalmas armonsiz toki.
Chin sevgi ayriliq bilsam guyoki.
Adashib uchrashib qoldikmi yoki?
Bildimki siz menga atalmagansiz.
Inson kunikadi ne ham qilardi,
Allohdan men uchun yaralmagansiz.
Bunday bo‘lishini kim ham bilardi,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2024.
**✍*✍Sobitjon Eshtemirov.
18.02 2022.
🎙🎙Feruza
Bolasining qiziqishini shakllantirmay o‘zi bilganday bir qolipda tarbiya qilaman degan ota-onalarga.......***
***O‘zimni soxtalarim.
Dunyo shunday sinovli yechilmas tugun,
Bergan har zarbasiga taqdir deb kundi.
Omad mendan ketganda yolg‘izman bugun,
O‘zimni soxtalarim qanisiz endi.
Yolg‘ondan do‘stim deb kuksin kerganlar.
Foyda ko‘zlab yurgan, ovchi, merganlar.
Yo‘qsiz soyamga ham salom berganlar,
O‘zimni soxtalarim qanisiz endi.
Kecha sherik edingiz oshimga mening.
Bugun esa boqmaysiz yoshimga mening.
Qora bulut kelganda boshimga mening,
O‘zimni soxtalarim qanisiz endi.
Tashvish bosdi eshigim yopolmay qoldim.
Qadamim astalashdi chopolmay qoldim.
Kunduzi chiroq yoqib topolmay qoldim,
O‘zimni soxtalarim qanisiz endi.
Ishlarim bitmay qolgach ortga surilib.
Kechroq ochildi ko‘zim toshga urilib.
Turib berolmadingiz ortga burilib,
O‘zimni soxtalarim qanisiz endi.
Yuz burib kunglingiz tilmagan edim.
Men sizga nomardlik qilmagan edim.
Yuzingizda niqobni bilmagan edim.
O‘zimni soxtalarim qanisiz endi.
✍Sobitjon Eshtemirov.
15.01.2025.
🎤Феруза***
🔥 ПРЕМЪЕРА
🔥 СОХТАЛАРИМ
Ташвиш босди ешигим ёполмай қолдим,
Қадамим асталашди чополмай қолдим.
Кундузи чироқ ёқиб тополмай қолдим,
Ўзимни сохталарим қанисиз енди.
🎙 𝕰𝖈𝖔𝖓𝖔𝖒𝖎𝖘𝖙 乃εɠრªţªĻเγεν
19.01.2025 07:40
📝 Собитжон Ештемиров
Chet ellarda o‘z vatandoshini xuddi quldek sotib, do‘stim deb musofir yurtlarda do‘stining ortidan pichoq sanchib undan foyda ko‘zlagan bazi insonlarga bag‘ishlanadi.
Musofirni mardikor demang.
Musofirni kamsitib har chog‘
Xizmatkor-u chorikor demang.
Yiqilsa gar suyanch bo‘lib tog‘
Musofirni mardikor demang.
O‘zga yurtda yurishar sarson.
Sog‘inchdan bu yuragi vayron.
Sizlar kabi ular ham inson.
Musofirni mardikor demang.
Do‘stim deya yolg‘on so‘zlamang.
Faqat undan foyda ko‘zlamagan.
Sodda deya aldab to‘zlamang.
Musofirni mardikor demang.
U ham odam qul deya o‘ylab.
Har xil yolg‘on, ertaklar so‘ylab.
Razolatning ko‘chasin buylab.
Musofirni mardikor demang.
Kun keladi zo‘r bo‘lib ketar.
Alloh yo‘lin charog‘on etar.
Eh bazilar bo‘ldi bas yetar.
Musofirni mardikor demang.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 08.04.2022.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her