FUTGOL

Description
Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 1 week ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 3 days ago

6 days, 1 hour ago

Jasur Jaloliddinov, rahmat senga!

Diyor Rahimqulov, joying jannatdan bo‘lsin!

@futgol_uz

6 days, 1 hour ago

Yaponiya yutdi — g‘oliblar muhokama qilinmaydi. Ammo tan olish va hurmat ko‘rsatish kerak — yaponlar haqli yutdi. Ular o‘z rejalaridan chekinmagan holda qarshi hujumda bizni tutdi va jazoladi. Biz esa o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanmadik, foydalana olmadik.

Umuman esa bu musobaqa uchun yigitlarga, murabbiylar shtabiga rahmat. Qachondir shunday turnirlarni ham yutishni boshlaymiz, qachondir muhim o‘yinlarda penalti tepishni ham o‘rganib olamiz.

Yaponlarga esa tabrik!

@futgol_uz

6 days, 2 hours ago

Ikkinchi bo‘limda biz haqiqiy yaponlarni ko‘rishni boshladik. Follar kamayib, intizomli himoyalanishga o‘tishdi va ikkinchi raqam ostida qarshi hujumlarda o‘ynashga rozi ekanliklarini ham ochiq oydin ko‘rsatishyapti.

Temp ham tezlashdi. O‘zbekiston amaldagi ustunlikni hisobda ham aks ettirishga harakat qilyapti. Biroq aniqlik borasida maqtanadigan holatda emasmiz.

@futgol_uz

2 weeks, 1 day ago

“Chelsi” — 0, “Arsenal” — 5

Bir so‘z bilan aytsak — nokaut. Bir gap bilan aytsak — London is red. “Chelsi”ni bunday ojiz holatda ko‘rish esa achinarli.

Hatto 20 ta goli bor Palmer ham bugun bu “Chelsi”ga yordam bera olmasdi. Nikolas Jeksonga esa qiyshiq oyoq kasalligidan tezroq tuzalib ketishini tilaymiz.

@futgol_uz

2 weeks, 3 days ago

Kelajak

20 yoshli Jud Bellinghemni muxlis-u mutaxassislar “o‘ta tajribali yoshi katta futbolchi”ga o‘xshatishini, unga shunday alqov, maqtovlar yog‘dirishini ko‘p eshitdik — ha, u bunday e’tirofga to‘la loyiq. Ulkan iste’dod.

Xuddi shu gaplarni 13-iyulda 17 yoshga kiradigan Lamin Yamal haqida ham endi bemalol ishlatish mumkin.

Lamin nafaqat “Barselona”ning, balki “El-Klasiko”larning, butun futbolning kelajagi. Yamal — kichik boladagi katta futbolchi.

@futgol_uz

2 weeks, 3 days ago

Bu “El-Klasiko”

Kim uchundir Messi—Ronaldu erasidan so‘ng o‘yinlar biroz zerikarli ko‘rinish olgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, bunda ham haqiqat bor. Ikki dahodan keyin o‘sha darajadagi “El-Klasiko”ni takrorlash oson bo‘lmsligi allaqachon aniq edi. Biroq endi yangi avlodlar, yangi yulduzlar bor: 17 ga ham to‘lmagan Yamalning nimalar qilib tashlaganini ko‘rdingizmi? Yoki hamma unutayozgan Lukas Vaskesni-chi? Gapirishni kamaytirib, jamoa uchun o‘ynayotgan Vinisiusni-chi? Yangi Puyol bo‘lishga bel boylagan Kubarsini-chi?

Jamoalar qanday holatda, darajada, mavqeda bo‘lmasin — “El-Klasiko” maqomi o‘zgarmaydi. Bugun buni jamoalar yana bir bor isbotladi. Uyqudan qolib ko‘rishga arziydigan o‘yin uchun ikkala jamoaga ham rahmat!

@futgol_uz

3 weeks, 1 day ago

To‘g‘risini aytaman, yarim finalda “Atletiko M” va “Barsa” juftligini ko‘rishni xohlagandim.“Borussiya D” esa mening xohishimga tupurib qo‘yganini isbotladi. Ko‘zlarim o‘ziyam ikkita o‘yinni ko‘raman deb shpagat ochib yubordi. Dortmundning o‘yinga qayta olgan “Atletiko”ni 3 daqiqa ichida tiz cho‘ktirgani esa katta voqelik.

Diego Simoene esa o‘zi aytganidek allaqachon Italiyaga ketishi kerak. Uning bunday agressiv futboli hozir Ispaniyadan ham ko‘ra, Italiyaga kerak. “Atletiko”ga esa endi yangi g‘oyalar, yangi qon kerak.

@futgol_uz

3 weeks, 1 day ago

Birgina xato butun o‘yin ssenariysini o‘zgartirib yuborishini bugun yana bir bor ko‘rdik. Ha, qizil bo‘lmaganda “Barsa” bemalol yutishi mumkin edi. Ammo unday bo‘lmadi — qizil bo‘ldi. Bu “PSJ”ning emas, Arauxoning, “Barsa”ning xatosi sifatida tarixda qoladi. “PSJ” esa xohlaysizmi-yo‘qmi haqli yutdi.

Yamal, Kubarsi, Ter Shtegen — shu uchalasiga achindim.

@futgol_uz

3 weeks, 2 days ago
1 month ago

📊“Real M” va “Man.Siti”ning joriy mavsumdagi statistikasi 🇪🇸“Real M” • 42 o‘yin • 33 g‘alaba • 7 durang • 2 mag‘lubiyat • 98 ta gol urilgan • 37 ta gol o‘tkazilgan 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Man.Siti” • 47 o‘yin • 36 g‘alaba • 6 durang • 5 mag‘lubiyat • 118 ta gol urilgan…

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 1 week ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 3 days ago