? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
befoyda kitoblar
kitob o'qish — foydali mashg'ulot. lekin barcha kitoblarni ham o'qishga yaroqli deb bo'lmaydi.
muqova dizayniga mahliyo bo'lib, sotib olib, so'ng, shkafingizda chang bosib turgan kitoblar yo'q emas-a?
ayni holatingizga qarab, kitob tanlay bilish ham — mahorat.
esimda, bir paytlar (4-5 yil avval) turk adabiyotiga doir psixologik, badiiy kitoblar juda ommalashgandi.
hislarni o'ynatuvchi satrlari bilan vaqtni o'g'irlashdan boshqa narsaga xizmat qilmaganligini bilish mumkin.
masalan, Elchin Safarli ("Qaytganimda uyda bo'l"), Halis Karabenli ("Ba'zilar olisdan sevarlar") kitoblarini ko'p insonlar qo'lida ko'rganman, ammo qanchalik tez mashhur bo'lgan bo'lsa, shunchalik tez unutildi.
sayoz kitoblarda davom etish, saviyali, ilmiy kitoblarni mutolaa qilishni qiyinlashtiradi.
men uchun yaxshi kitob harakatga undaydi, tahlil qilishni talab qiladi.
har kun 11.000 ga yaqin kitob nashrdan chiqadi. vaqtimizni eng sara, taalluqli kitob mutolaasiga bag'ishlash samaraliroq.
kitobni qanday tanlayman:
1. kitob muallifi bilan qisqa tanishib olaman, vikipediya yordam beradi — asl kasbi yozuvchi bo'lmagan insonlarning kitoblarini ko'proq tanlar ekanman;
2. kitob mundarijasini o'qiyman;
3. istalgan 2-3 betga ko'z yugurtiraman;
shulardan so'ng, bu kitob shunchaki javonimga bezak bo'lmasligiga ishonaman.
ha, yana eng muhimi, kitob sizga yoqmasa, boshlab qo'yib, oxirigacha o'qib tugatishga o'zingizni majburlamang. mutolaadan bezib qolasiz.
eng kuchli chora
"duo qilishdan boshqa choram qolmadi", deyishadi. aslida duo — eng kuchli chora.
odamlar oldida ko'z yoshlaring qadrsizlansa, Robbing huzurida to'kilgan yoshlaring qimmatli gavhardek.
ular uchun so'zlaringning qadri, qiymati qolmaganida, faqatgina Unga aytiboq taskin topasan.
insonlar sendan kutuvlariga mos natija ko'rishmasa voz kechishadi, ko'ngli qoladi.
U — ash-Shakur, faqatgina Robbing natijaga emas, harakatingga, niyatingga qarab, natijaga erishmasang ham, ana o'shanga erishganchalik ajr-mukofot beradi.
odamlar dardingni eshitiboq uzoqlashishadi, sendan o'zlarini olishadi.
U — ash-Shafi, dardingga shifo bo'loladi, O'zi bergan dard bilan sening Unga munojot qilishingni istaydi, seni O'ziga yaqinlashtiradi.
sirlaring oshkor bo'lgach, chegarangni buzib kirishganini tushunasan.
U — al-Batin, sirlarningni saqlaydi, gunohlaringni boshqalardan satr qiladi.
insonlar ayblaringni kechirishlari og'ir, ular uchun bu iz kabi qoladi.
ammo, U — al-G'afur, fazli ila tog'dek gunohlaringni kechirishga qodir Zot.
ularga hojating tushganda, oldingda bo'lmasliklaridan qiynalasan, lekin...
U — al-Kariym, Undan biron nima so'ramasang ham, hech bir evassiz senga yaxshilik qilaveradi.
sen unda nega yana insonlarga talpinaverasan?!
talpinishing faqat Unga bo'lsin, hotirjamlikni shunda topasan.
men uchun sevimli ovoz - yomg’irniki.
yomg’ir yog’ayotganda nima qilish yoqadi, sizga? ☔️
p.s: men uchun yomg’ir paytidagi sevimli mashg’ulotlar — kitob o’qish(badiiy), achchiq qahva, sayr va shunchaki yomg’ir ovozini tinglab o’tirish ham maroqli
katostrofik ssenariy
bizda hozir bor bo'lgan muammolar, avval ham, uzoq va yaqin o'tmishda ham bo'lgan.
muammolarga yechimlar berib bo'lingan. kitoblar, ko'rsatuvlar, maqolalar, qo'lyozmalarda aytib ketilgan.
menimcha, eng yomoni hozir bizni qiynayotgan muammolarga yechim izlamay o'z bilganimizdan qolmaslik, boshqalar qanday yo'l tutib, oqibatlarini o'rganmaslik.
yana bir muhim nukta: biz uchun "chiroyli orzu" ko'ringan narsalar ham aynan shu xatoga boy ssenariyni orqasidan ergashtirib kelishi hech gap emas.
misol uchun, farzandlarning oldindan kim bo'lishi, qayerda o'qishi, ishlashini avvaldan o'z orzulariga tayangan holda, belgilash — mutlaqo EGOISTIK qarash.
erishilmagan orzuga, farzand orqali eshishishni ko'zlashdan ko'ra, bolaning o'z ichki kechinmalari, maqsad va qarashlarini inobatga olish kerak.
inobatga olindimi, demak, bolaga shaxs sifatida qarash boshlanadi.
oldindan hamma narsani belgilab berish esa, robotlarni yetishtirishdan boshqa ish emas, nazarimda.
shaxs sifatida qaralayotganligini sezgan bola, fikrini aytishdan qo'rqmaydi, yashirmaydi. xatolarini bekitmaydi, ulardan o'rganadi.
muhimi, eski ssenariy bo'yicha ketmaydi. o'z poygasida yuguradi.
so’zlar tinglanmasa, o’z ahamiyatini yo’qotadi
ahamiyatini yo’qotgan so’zlardan so’ngra voz kechiladi.
hammaning oldida qilingan nasihat, nasihat emas, balki haqorat
bilim illyuziyasi
maktab va litseyda o'qib yurgan paytimda, men ham, ko'pchilik kabi o'qishga kirish uchun yuzlab materiallar yig'averardim.
ayniqsa ielts/cefr/matematikga oid biron bir misol, namuna, kitob bo'lsa bormi, yo nusxalab olardim yoki sotib olardim.
lekin ularning 10 %ini ham ishlatganim yo'q.
ustozlarim bergan manbalardan foydalandim, xolos.
kitoblar, materiallar yig'ib boraveramiz, ularni kerak deb o'ylaymiz.
faqat yig'ib borib, natijada o'zimizni o'rganyotgandek aldaymiz.
yuzlab maslahatlarni eshitib, ammo ustoz bergan uy ishini tayinli qilmaslik holati, sizga ham tanishmi?
bizda yaxshi bir maqol bor: "ustoz ko'rmagan shogird, har yerga yurg'alar".
shuning uchun ham ustoz kerak – ilm egallashda, kasb tanlashda, og'ir damlarda.
aks holda, millionlab maslahatlarni eshitib olib, tayinli qaror qabul qilolmaslik — turgan gap.
olgan xulosam, biron ilm o'rganish davomida, ustoz topish va sabrli bo'lish kerak. maslahat terib yurish esa, o'zimizni aldashdan boshqa narsa emas.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid