Diyor RAHMON

Description
Ijodiy kanal


INSTAGRAM
https://instagram.com/diyorrahmon

Admin: @Diyorrahmon

Muhokama guruhimiz
https://t.me/diyorbekrahmonn

YOUTUBE
https://www.youtube.com/@Diyorbek_Rahmon
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 Monat, 2 Wochen her

Chamanda o‘smasin yantoq deysizlar,
Yulasiz yulqiysiz qilasizlar hor.
Va lekin dodini tinglang ey sizlar,
Qarang yantoqning ham chechaklari bor.

So‘rang yantoq bilan murosa qiling,
Sahroga ketishga ko'ndirib ko‘ring.
Yoki yantoqni ham bir gul deb biling,
Yo sahroda chechak undirib ko‘ring.

@diyorrahmon

1 Monat, 2 Wochen her

Olov yoqish uchun qilib tosh qalov,
Kesakni kesakka urganni ko‘rdim.
O'yladim men nodon yoki u anqov,
Nima qilyapsan deb o‘zidan so‘rdim.

Bilsam dono ekan mendan u ancha,
Uraversa kesak oltin bo'larmish.
Toshlarni yoqarmish olmos bo‘lgancha,
Nodon donolikni yaxshi bilarmish.

O‘tindan boshqasi yonmaydi desam,
Qalovin topsang qor yonadi dedi.
Bilsam donolikda ekan u bekam,
Men anqovga yaxshi bir saboq berdi.

1 Monat, 2 Wochen her

Diyor RAHMONga...

Tomdan tushdim nihoyat,
Sal o‘ylanib turibman.
Hecham qilmay shikoyat,
Rossiyada yuribman.

O‘ris qizlar hechqachon,
Qosh qoqmaydi bizlarga.
Bilsangiz Diyor Rahmon,
Qaramayman qizlarga.

Qo‘ymaysiz-a jo‘rajon,
Tanqid toshin otasiz.
Indamay qo‘ysam shu on,
Sirlarimni sotasiz.

Ishlayman tik oyoqda,
O‘tirib ish qilmayman.
Папа deyish qayoqda,
Hatto ruscha bilmayman.

Uyda ta‘mir bitmagan,
Mashina olish kerak.
Xayoldan hech ketmagan,
Bir yilcha qolish kerak.

Shunday o‘ylaysiz chunki,
Chetda bo‘lmagansiz-da.
Ketmon menga yarashar,
Hali ko‘rmagansiz-da.

Bir kun suhbat qurarmiz,
Jizzax yoki Surxonda.
Ko'rishib ham qolarmiz,
Balki azim Toshkonda.

Keyingi yil qaytaman,
Endi buni bilarsiz.
Sizni to‘yga aytaman,
Surxonga bir kelarsiz.

Muallif: Samandar Abu Muhammad
@sheriyat_olami_channel

1 Monat, 3 Wochen her

Islombek Mirzaqulov boshlab bergan chellenjni davom ettiraman .
Koʻpgina yosh ijodkorlarni ularning sheʼrlaridagi baʼzi misralaridan keyin taniganman va haligacha kuzataman. ISLOMBEK MIRZAQULOVNI "Men o‘zimni yo'qotib qo'ydim , Birortangiz ko‘rmadingizmi ?" misrasi orqali, DIYOR RAHMONNING "Sen dunyoga keltirmasang , Men dunyoga kelmasaydim " misrasi orqali, ABDULHAKIM ALI akamizning "Men yomonni sizga nimam yoqadi ?" misrasi orqali , XONDAMIR akamizning "Qishning yuzlaridan o‘polsang , bir o‘p , Tiling yanog‘iga yopishib qolsin" misrasi orqali , ABRORBEK ABDULLAYEVNI "Siz nega ketyapsiz , ketyapsiz ona ?" misrasi orqali , ELYOR TOSHBOYEVNI "Peshonangdan o‘pib asta pichirlayman , Kechir Ona" misrasi orqali , ROZIQOV OTAYORNING "Bu yil shu tashvishimdan , Uylanib qutulaman" misrasi orqali , SARDOR YO‘LDOSHNING "Tunda.... behos uvladi shamol , Qon qizardi osmonning rangi" misrasi orqali taniganman .
Va sanab o‘tgan ushbu ijodkorlarning kanallarini sizlarga ham tavsiya qilaman??
Islombek Mirzaqulov ‐ @YANA_SENGA
Diyor Rahmon - @diyorbekrahmon
Abdulhakim Ali - @sherlarimdanoqing
Xondamir - @AkbaraliyevX
Abrorbek Abdullayev - @shoirin
Elyor Toshboyev - @Elyor_Toshboyev_Ijodi
Roziqov Otayor - @Roziqov_Otayor
Sardor Yo‘ldosh - @qalbimdagisokinsadolar

1 Monat, 3 Wochen her
***?*****IJODKORLAR, BORMISIZ, OMONMISIZ?!*****?***

?IJODKORLAR, BORMISIZ, OMONMISIZ?!?

Sevimli loyihangiz "IJOD HAYRATLARI"ning navbatdagi soniga shoshiling!

Demak, qadrdonlar!
Bu safargi munozaramiz mavzusi - Usmon Azim sheʼriyati! Bunda siz qadrdon shoirimiz Usmon Azim ijodi boʻyicha oʻzingizning kichik maʼruzangiz bilan ishtirok eta olasiz. Xoh bir sheʼr tahlili boʻlsin, xoh shoir ijodiga umumiy qarashlaringiz(keyingi postda siz uchun misol tariqasida shunga oʻxshash maqola joylashtiramiz).

Desert uchun bizda mushoira ham bor. Mushoirada oʻz ijodingiz bilan ishtirok eting.
Shiorimiz esingizdami?!

IJOD HAYRATLARI❤️‍? - ijoding bilan hayratga sol!

Loyiha - siz yoshlar uchun ijodiy minbar. Fursatdan foydalanib, oʻzingizni namoyon eting❤️‍?

❗️Ishtirokchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida oldindan roʻyxatdan oʻtishni bekor qildik. Endi sizga soʻz berilganda oʻzingizni toʻgʻri va aniq tanishtirsangiz kifoya!

?Qani boʻling, bu postni tezroq va koʻproq odamga tarqating! Axir, mushoirada sizni koʻproq odam tinglashi kerak!
@gulxanjurnali
@ijod_hayratlari

1 Monat, 3 Wochen her
Diyor RAHMON
1 Monat, 3 Wochen her
Diyor RAHMON
1 Monat, 3 Wochen her
Diyor RAHMON
1 Monat, 3 Wochen her
,,Tuyg'ular tongi" almanax kitobida biz...

,,Tuyg'ular tongi" almanax kitobida biz...

t.me/DiyorbekRAHMON

1 Monat, 3 Wochen her

Ota uyiim...

t.me/DiyorbekRAHMON

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago