Shahriyor Shavkat

Description
Shahriyor Shavkat ijodiy sahifasi.
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago

1 month, 2 weeks ago

SHAHRIYOR SHAVKAT “HAM”

Shahriyor Shavkat. Bu shoirni she’rlarini o‘qib yurishimga ancha bo‘lgan. Har doim she’rlarida hech kimda sezilmas ohang va yana nimadir ustivorlik qilayotganini ko‘raman. O‘sha nimadir Vatan dardimikin yoki shoirlik iztirobi, balki bir oshiq yurakning behalovat tovushimikin? Bu yog‘i menga qorong‘u. Men faqat she’rdan-she’rga kattalashib borayotgan lirika va isyonni ko‘raman.
Yaqinda shoirning o‘zi Akademnashr tomonidan “Izlam” turkumida chop etilgan kitobini sovg‘a qilgan edi. Bu kitobni ikki kunda o‘qidim. Chunki ko‘pchilik she’rlarini avval ham o‘qigandim va yoddan ham bilar edim. Birinchi kitobni qaysi betini ochganim esimda yo‘q, ammo shu she’rning afsunidan sehrlanib qolgan bo‘lsam ne ajab:

*Yiqildi, sochildi, eshildi ushshoq,
Chayqalib tingladi ko‘l- u nilufar.
Kuylagil, boy bo‘lsin man kabi qashshoq,
Ay umri – zebu zar,
Kunlari – guhar.

Manim umrim nima,
Kukunmi, kulmi?
Yohud oq matoga sachragan g‘ubor?
Yig‘ib olsin uni musiqa ilmi,
Ay ruhi musiqor,
Sochlari chiltor.*

Bir o‘qishda tushunish qiyin, lekin yaxshilab eshitilsa she’rning kuylayotganiga guvoh bo‘lasiz. She’r hayot, umr, san’at va musiqa haqida kuylaydi. Shoir tasvirlar, metaforalar orqali o‘z his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini ifoda etgandek go‘yo. She’rda hayotning o‘ziga xosligi, vaqtning qadri, insonning ichki dunyosi musiqaga bog‘lanib uning ma’nosini yanada chuqurlashtiradi. “Ay umri – zebu zar, kunlari – guhar” degan satrda shoir hayotning qadr-qimmatiga ishora qilgandek. “Yig‘ildi, sochildi, eshildi ushshoq” deganda ushshoqning naqadar ulug‘vor muhtashamligini ifodalashga harakat qiladi. “Ay ruhi musiqor” deya murojaatida musiqaning ruhiy quvvatini ifodalaydi. “Manim umrim nima, kukunmi, kulmi?” degan so‘roqlarda muallif hayotning ma’nosini izlaydi. “sharobin rangi gunogun” va “Fuzul hisga hamohang” kabi simvollarda hayotning murakkabligi va go‘zalligiga ishora qilgandek tuyiladi.
Umuman she’rlarida bir millatning asriy dardlarini ko‘rasiz. Huddi ming yillik tosh so‘zga kirgan-u, siz uni yig‘lab tinglagandek bo‘lasiz. Goho Orol deya o‘rtanayotgan yurakni tinglaysiz, goho qadrsizlanib borayotgan so‘zlar uvoli haqida, goho qaysidir joylarda ozodligi cheklanayotgan odamlar haqida, so‘yilgan Humo qushlari haqida o‘qiysiz. Va bu davom etaveradi.

Honishimda mojaro, og'ushimda chirmovuq,
Tuzatgani bir xato, uzatgani xurmo yo'q.
Ko'zlarimga sanubar, bosmading bir bora lab,
Quralaylar ketdilar qarag'aylar oralab.

Har na dedim, bu taqdir, u ham o'zicha haqdir,
Visol - qalin bir kitob, balki ikki varaqdir...
Shu so'qmoqdan o'tdilar, ko'zlaringni qoralab,
Quralaylar ketdilar qarag'aylar oralab.
..

Bilmadim she'r qanday shaklda bo'lmasin, insonni larzaga keltirsa demak u she'rning bahosi yo'q. Yuqoridagi she'rda ham inson anglashi mushkul bo'lgan kechinma va hislar lirika bo'lib quyiladi. "Bu taqdir" deganda shoir hayotdagi voqealarni qabul qilishga, taqdirga qarshi kurashish o'rniga, uni qabul qilish to'g'ri yo'l ekanligi uqtirgandek. Shoir o'zining dardini, qayg'usini va ichki tuyg'ularini ochib bergandek... "Telba dilim nechun g'ash" kabi iboralar orqali, u o'z his-tuyg'ularining murakkabligini va ularning ta'sirini ifodalagandek tuyiladi. Shoir o'z his-tuyg'ularini, sevgilisi bilan bo'lgan munosabatlarini va bu munosabatlarning qiyinchiliklarini tasvirlaydi. "Quralaylar ketdilar" iborasi orqali, shoir o'zining yo'qotilgan sevgisini va bu yo'qotishdan kelib chiqadigan qayg'uni ko'rsatib beradi.

Har bitta she'rida olam-olam ma'no bor. Shoirning tahlil qilinadigan she'rlari juda ko'p. Men Shahriyor Shavkatning kelgusi ijodiga omad tilayman. Yangi kitoblari chiqishiga ishonaman va bu kitoblar o'zbek adabiyoting nodir durdonalariga aylanishiga tilakdoshman.

Umid Qodir

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago
9 months, 1 week ago
9 months, 1 week ago

19:00 da Turon universitetida mushoira.
Kelinglar!

11 months, 2 weeks ago

Qor yog‘sa, og‘ir qo‘shiqlar eshitgim kelib qoladi.
Nega shunday?

11 months, 2 weeks ago

Ҳарна ёмғир ёғар, ювар айбимиз,
Кеча сир сақлайди, очилмас сира.
Не бўлди, куйдими охиратимиз,
Ширин дийдор кечди,
Бокирам.

Тарози кўтариб келган фаришта,
Иқрор этса этар, ғам ема, жоним.
Топарман мен сени ўша гардишда,
Яна бир қучарман,
Тоза армоним.

Итлар қопсалар ҳам ёнғин кунларда
Самоларда исминг айтгум чирқиллаб.
Руҳим йиртсалар-да халқоб тунларда.
Яна бир лабингга
Қўяжакман лаб.

Кўзлардан, қўрқаман, дема, мен ўзим
Юрагимни бергум, тўйиб чўқирлар,
Эзилма, бир куни чумчуқдай учиб,
Бағрингда ухларман,
Яна чуғурлаб.

Ҳарна ёмғир ёғар, ювар айбимиз,
Кечиб кечирмайди ғанимат дайр.
Ёмғирпўшни очдинг, ожиз қайсимиз,
Хайр, Хайр, Хайр...


    • Истардим, 
      Фалакнинг қабоғи бўлса
      Ва қабоқ ичида бўлса чимилдиқ. 
      Атрофим сабуҳий мушкларга тўлса, 
      Ҳам сен кутсанг мени
      Дилинтиқ.

Истардим, 
Юлдузлар чироғим бўлса, 
Зулмат кечаларин кечсам адоғин. 
Бир ажаб, сеҳрли чорбоғим бўлса
Ва сен ёлғиз бўлсанг, 
Азобим.

Истардим, 
Кўнглимни улоқтирсаму
Бу ёвуз оламга... 
Юрак устига
Сени ўлтиргизсам, 
Термилсам, термилсамммм...

Истардим... 
Ва лекин оёғим ботган, 
Ҳаёт бўғиб қўйган гирибонимдан. 
Бу ёғи ёшим ҳам ўттизга кетган, 
Бу ёғи умид йўқ тошдай жонимдан
Истардим... 

ХИЙЛА

Хийла кеч тушибди севайлик десак,
Ўғри оралабди боғу равона.
Чиннидай рўёдан эшитдик — чўпчак,
Хийла бегонамиз, билсак, жаҳона.

Кексайиб кетибди тунлар биз учун,
Тақса ярқирамас эски тақинчоқ.
Хийла бекорларга яшайман маҳзун,
Хийла овунчимга сен бир ўйинчоқ.

Хийла макрларинг сеҳрли эмас,
Бало ҳам урмайди на аъжуз-маъжуз,
Ҳийла найрангларим йўлдан оздирмас,
Хийла сочинг эмас сенинг чанқовуз.

Хийла кеч тушибди севайлик десак,
Бизга олакўзроқ хийла замона.
Хийла сен ҳам бир оз қаҳрли эрмак,
Хийла мен ҳам бир оз чала девона.

Абдували Қутбиддин

1 year ago

Qor. Avtobus. Toza havo.
Quloqchinda "Qurbon o‘lam".
"Barq urib oinadak siynai sofing ko‘rinur..."
Voh-voh-ey!

1 year ago
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago