Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabi | rasmiy sahifa🔰

Description
Qarshi tuman Yangi Batosh massividagi 71-umumiy o'rta ta'lim maktabining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi

Telegram: https://t.me/qarshi71maktab
Facebook: https://facebook.com/groups/567323418695346/
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month ago
[#71\_maktab](?q=%2371_maktab)

#71_maktab
#bu_bizning_õquvchi

Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi Xushvaqtova Fayoza Akmal qizi ona tili va adabiyoti fanini bilish bo'yicha milliy sertifikatdan C darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.

💥O'quvchimizning kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

🏢 Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling 👉https://t.me/qarshi71maktab

1 month ago
[#71\_maktab](?q=%2371_maktab)

#71_maktab
#bu_bizning_õquvchi

Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Shomaxmudova Kamola Abdivasil qizi ingliz tilini bilish bo'yicha IELTS dan 6,5 ballik natijani qo'lga kiritdi.

💥O'quvchimizning kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

🏢 Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling 👉https://t.me/qarshi71maktab

1 month, 1 week ago

Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283

🏢 Maktabning rasmiy telegram sahifasiga a'zo bo'ling 👉
🌏https://t.me/qarshi71maktab

3 months, 3 weeks ago

**Bolajonlarimiz uchun faqat 1- kun 

bepul  Z'or tv  shou  dasturi
3 Ноябрь**

yakshanba  kuni  illyuziya shou   dasturlariga taklif qilamiz

Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun va 1-2 sinf bolalari uchun bepul illyuziya shou dasturi.

Vaqti: 11:00   14:00  va 16:00da
ZorTV illyuziya shou dasturida bolajonlar bilan fokus-mokus  birgalikda o‘yinlar, qiziqarli syurprizlar sizni kutmoqda.

☎️ +998990059032

☎️ +998945598808

BOLAJONLAR FAQAT OTA-ONALAR NAZORATIDA TOMOSHAGA KIRITILADI!

Manzil:  Qarshi shahar **Qashqadaryo Viloyati musiqali drama teatr

tomosha zalida sizlarni kutamiz**

(эски Мулла Туйчи Тошмухамедов ) биноси

4 months ago
4 months ago
Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabi …
7 months, 1 week ago

#TAVSIYA

Prezident maktabiga tayyorlanmoqchi boʻlgan o'quvchilar uchun foydali kanal:

https://t.me/+Xyf_cmtYaFVkZjM6

Bu kanlada asosan test va mavzular oʻtiladi. Matematikaga qiziquvchilar boʻlsa qoʻshilsin

7 months, 1 week ago
7 months, 2 weeks ago
9 months ago

⚡️Ўқувчи мактаб дарслигини йўқотиб қўйса, етказилган зарар қандай қопланади?

"Умумтаълим мактабларини дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар билан таъминлаш тартиби тўғрисидаги низом"га мувофиқ дарсликлар ёки ўқув-методик қўлланмалардан фойдаланиш усулидан қатъи назар, улар йўқолган ёки фойдаланишга яроқсиз ҳолатга келиб қолган тақдирда, ўқувчининг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳомийлар ёки ўқитувчилар зарарни худди шундай дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалар билан қоплайди ёхуд унинг бирламчи ҳужжатларда (ҳисоб-фактурада, юк хатида) қийматини тўлаши шарт.

❗️Дарсликлар ижараси бекор қилинган. Лекин ушбу низом амалда. Шунинг учун низомдаги бошқа талаблар ҳали ҳам ўз кучида деб ҳисоблаймиз.

Ўқувчиларнинг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд хомийлар ёки ўқитувчилар зарарни қуйидаги миқдорларда тўлайди:
? 1-синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун - унинг бир баравари миқдорида;
? 2 -4 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун - унинг икки баравари миқдорида;
? 5 - 11 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун - унинг тўрт баравари миқдорида.

?‍♂ Бунда дарсликларнинг қиймати ҳисоб - фактурада, юк хатида кўрсатилган бўлиши керак. Нарх шундан келиб чиқиб белгиланади.

Умумтаълим мактаби кутубхона жамғармасидаги дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар ҳисобининг юритилиши, улардан фойдаланилиши, уларнинг сақланиши, улар бўйича тўлов ҳужжатларининг мавжудлиги ва ҳаракати, шунингдек ўқувчилар орасида дарсликларни авайлаб-асраш туйғусини ривожлантиришга йўналтирилган тарбиявий ишлар умумтаълим мактабларининг кутубхоначилари томонидан олиб борилади.

Ушбу постни ҳамкоримиз Улуғбек Пўлатов тайёрлади.

? Юристга савол юбориш

☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш

?Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш

Каналимизга уланинг
??
? @Yurist_Xizmati‌‌

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her