Мой Мир

Description
✍ Güneṣ's diary ☀️📚

-filolog kundaligi
-sevimli she'r, hikoya, audio she'rlar
-mutolaa, taqriz, aforizm, iqtiboslar
-ijod, o'y, fikr, kechinmalar
-xulosalar...
-o'zim yasagan illustratsiya, rasmlar 👩‍🎨

✉ @Kundaliknomaga_xabar_bot
Advertising
We recommend to visit

Ədalətli və vicdanlı xəbərlərin ünvanı
Reklam və əməkdaşlıq, məlumat göndərmək, əlaqə yaratmaq üçün instagram @arazaxmadov (direktə)

Last updated 2 weeks, 2 days ago

🖋️ Kitabları sevin, onlardan sizə zərər gəlməz...

📚 PDF kanalımız: @kitabchi
🗣️ İstək və müzakirə qrupumuz: @kitabseverler

💸 Ödənişli reklam qəbul olunur - @HiDearly

Last updated 2 months ago

𐍃ᥲᥒκi ɦᥱç δiᴛⲙəsiᥒi isᴛəⲙəɗiyiᥒ ⲙᥙsiqiᥒiᥒ s᧐ᥒ ᥒ᧐ᴛᥣᥲrı ᧐ᥣ göᤁüⲙɗᥱ🪐

¹⁵'⁰¹'²⁰²³🪐

Last updated 1 month ago

4 weeks, 1 day ago

Айтсам ишонмайсан - борман ҳали ҳам,
Елкамга юкланган тўрт фасл, тўрт қиш.
Ўзи бўладими, қирқ йил наридан -
Энг оғир юракни кўтариб келиш.

Чарчадим. Оғриқлар кўксимга ботди,
Бу ҳолда дунёдан ўтаман қандай?
Юрагим тўхтади бир зум - Ҳаётнинг
Қўрқинчли жойига етиб келгандай.*
Хосият  РУСТАМОВА

1 month ago

*HAQQIM BOR MANI

Islimiy naqshlara gullar chirmashar,
Sulsta satrlar, yillar chirmashar,
Alarga nigohlar, dillar chirmashar,
-Qo'li gul, hunarmand xalqim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

Adi Xorazm, shoh surganda davron,
Bir yoni Gurjiston, bir yoni Eron,
O'ttiz uch o'lkani xirojin olg'on,
-Qudratli, bepoyon taxtim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

"Uning kabi o'g'lim bo'lsaydi mani" ,
Deya orzu qilgan Chingiz - dushmani,
Vatani yo'lida shahid jon-tani,
-Jaloliddin kabi mardim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

Shahrim o'rtasinda gumbaz zangori,
Unda mangulikda mashriq Piryori,
Beadad ziyorat ahlin qatori,
-Polvonpir, muqaddas xokim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

Ko'ko'par minori osmona zangi,
San'atda hech zamon bo'lmog'on dangi,
Feruz, Polli Do'zchi, Qalandar bangi,
-Sheroziy, Komiljon, Baxshim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

Yorug' galajagi, loyiq izi bor,
Har qaysini o'nnan o'g'il-qizi bor,
Meymono dasturxon, noni duzi bor,
-Meymondo'st, serfarzand xalqim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

Mustaqil Vatanda hur, ahil elim,
Qaysono uzatsam yetgusi qo'lim,
Mevamdin mozoli shevamdin tilim,
-Gurvak, shilimpechak, balqim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.

Xorazmiy, Beruniy, Ma'mun maktabi,
Ogohiy, Munisu-Avaz salafi,
Jo'shqinman, madhingni kuylamoq kabi,
-Toleim, taqdirim, baxtim bor mani,
Ming boro maqtansam haqqim bor mani.
©* Jo'shqin (Jumanazar Jabborov)
@Kundaliknoma

1 month ago

Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

Umar Xayyom
@Kundaliknoma

3 months ago

*SENI IZLAYMAN

Xayol yetmas yaqin-yiroqlarda men,
Somonchiday ovloq so‘qmoqlarda men,
Kemalar qaytmovchi qirg‘oqlarda men,
Yoshligim kechgan ul qishloqlarda men,
Tunda yonib qolgan chiroqlarda men
Seni izlayman.

Yaxshilar uyida, yomonlar ichra,
Hali tarqalmagan gumonlar ichra,
Yig‘ilmay qor bosgan somonlar ichra,
Durlari talangan ummonlar ichra,
Biz ko‘rgan, ko‘rmagan zamonlar ichra
Seni izlayman.

Tumanli yurtlarning poytaxtidan ham,
Gado to‘rvasidan, shoh taxtidan ham,
Yum-yum yosh to‘kkandan yo baxtlidan ham,
Tuzalgan bemorning ilk ahdidan ham,
To‘rt faslning erka daraxtidan ham
Seni izlayman.

Bahorgi jilg‘aning bo‘ylarida jim,
Sevishmaganlarning to‘ylarida jim,
Keksa hofizlarning kuylarida jim,
Un olti yosh qizning o‘ylarida jim,
Beva xotinlarning ko‘ylarida jim
Seni izlayman.

Yulduzlar poygasi solgan changda ham,
Yerda kamalaksiz yotgan rangda ham,
Ona so‘nggi o‘g‘lin bergan jangda ham,
Qilichlar yuziga qo‘ngan zangda ham,
Vatandan olisda yo Vatanda ham
Seni izlayman.

Yel oralab yurgan egatlar uzra,
Toshni yorib so‘lgan ko‘katlar uzra,
Ostonada so‘ngan jur’atlar uzra,
Qo‘l siltmay o‘tganim bekatlar uzra,
Albomlarda sarg‘ish suratlar uzra
Seni izlayman.

Qadimda ekaning bilaman-ku men,
Yonimda ekaning bilaman-ku men,
Oldinda ekaning bilaman-ku men,
Dardimda ekaning bilaman-ku men,
Qalbimda ekaning bilaman-ku men —
Seni izlayman.*

Omon Matjon
@Kundaliknoma

3 months, 1 week ago

*Кўклам, кўкламлигинг нимага арзир,
Кўнгилга илиқлик олиб кирмасанг?!

Беҳзод Фазлиддин*

3 months, 1 week ago

Lekin havasimni keltirar mudom,
Birovga suyanmay yuksalgan tog'lar...

5 months ago

*SOG'INCH

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.

Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...*
Abdulla Oripov
@Kundaliknoma

5 months ago

Буюк бўлганимда, майда тошлармас,
Тоғлар чиқар эди юрган йўлимдан...

© Беҳзод Фазлиддин
@Kundaliknoma

5 months ago

#music_time

Мне хочется просто жить
И ни о чем не сожалеть

@Kundaliknoma

5 months, 1 week ago

*Фаросат

... Эрнест Хемингуэй

Ҳамма-ҳаммасини тушуниш мумкин,
Жазоирда ёққан қалин қорни ҳам.
Йўқни ҳам тушуниш мумкин ўйласанг,
Ўйласанг, тушуниш мумкин борни ҳам.

«Салбий муҳит» ёки «ёмон тарбия»
Ўғрини тушуниш мумкин бир куни.
Ўғрини тушуниб бўлгач, албатта,
Тўғрини тушуниш мумкин бир куни.

Аблаҳнинг қалбида ногоҳ уйғонган
Диёнат, тушунсанг, ҳайрон қолдирмас.
Ўзингни бахш этган бир инсон қилган хиёнат тушунсанг ҳайрон қолдирмас.

Фаҳм этсанг, сотқин хом сут эмган жон,
Англасанг қотил ҳам эмас ҳеч эриш.
Тушунсанг, тушунсанг, тушунаверсанг,
Ҳамма-ҳаммасини зарур кечириш.

Тушуна олди дунё. Лекин бунинг-чун
Ким уқубат чекар, ким тортар азоб.
Хоинлар, , сотқинлар қилмиши учун
Ким олади, ахир, олий бир жазо!

Тушунсанг, кўзларинг олдига келар
ҲАМ ЖАННАТ, ҲАМ ДЎЗАХ, ҲАМДА АРОСАТ
Оёғи шоҳсупа, бўйни сиртмоқда,
Манглайин милтиққа тутган Фаросат!..*
Матназар АБДУЛҲАКИМ
@Kundaliknoma

We recommend to visit

Ədalətli və vicdanlı xəbərlərin ünvanı
Reklam və əməkdaşlıq, məlumat göndərmək, əlaqə yaratmaq üçün instagram @arazaxmadov (direktə)

Last updated 2 weeks, 2 days ago

🖋️ Kitabları sevin, onlardan sizə zərər gəlməz...

📚 PDF kanalımız: @kitabchi
🗣️ İstək və müzakirə qrupumuz: @kitabseverler

💸 Ödənişli reklam qəbul olunur - @HiDearly

Last updated 2 months ago

𐍃ᥲᥒκi ɦᥱç δiᴛⲙəsiᥒi isᴛəⲙəɗiyiᥒ ⲙᥙsiqiᥒiᥒ s᧐ᥒ ᥒ᧐ᴛᥣᥲrı ᧐ᥣ göᤁüⲙɗᥱ🪐

¹⁵'⁰¹'²⁰²³🪐

Last updated 1 month ago