Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
📍 Buni bilasizmi ❓****
Koreyada yashash manzilingiz o'zgarsa, 15 kuni ichida xabar berishingiz shart. Buni koreys tilida "체류지 변경 신고" deyiladi. Buning uchun to'lov qilinmaydi.
체류지 변경 신고 의무:
- 외국인등록을 한 외국인이 그의 체류지를 변경한 때에는 전입한 날부터 15일 이내에 그 체류지를 관할하는 지방출입국·외국인관서의 장이나 새로운 체류지의 읍·면·동의 장에게 전입신고를 하여야 합니다.
Koreyada ro'yxatdan o'tgan chet elliklar (등록외국인), ya'ni ID karta olganlar o'z yashash manzilini o'zagartirsa, ijara shartnomasida (yoki boshqa tegishli hujjatda) ko'rsatilgan ko'chib kirish sanasidan boshlab (전입한 날부터) uzog'i bilan 15 kun ichida immigratsiyaga xabar berishi shart. Agar oila a'zolaringiz bo'lsa, ularga ham tegishli.
(Unutmang*❗️ 301-xonadan 302-xonaga ko'chib o'tsangiz ham manzil o'zgargan hisoblanadi)*
15 kundan qancha ko'p kechikilsa, jarima ham shunga qarab ko'proq chiqadi.
Xabar berishning bir necha usuli bor:
1) Xabar berish uchun immigratsiya bo'limiga borishdan tashqari, yana boshqa yo'llar ham bor. O'zingizga yaqin hokimiyat (구청, 시청) yoki mahalla qo'mitasi (koreyscha nomlari: 동사무소, 주민센터, 행정복지센터)ga borib, ular orqali ham xabar berish mumkin.
Borib xabar berishda sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1) ID kartangiz (yoki pasport),
2) Uy-ijara shartnomasi yoki universitet yotoqxonasiga tegishli hujjat nusxasi,
3) Ariza blankasi (34-forma / 통합신청서(신고서)) - bu blanka o'sha joyning o'zida ham bo'ladi.
Agar birovning nomidagi uyga sherik bo'lib kirayotgan bo'lsangiz, unda uy/ijara kimning nomida bo'lsa, o'sha kishi siz uchun mana bu hujjatlarni qilib berishi kerak bo'ladi:
4) ID kartasining oldi va orqa tomoni nusxasi,
5) 거주 숙소 제공 사실 확인서 formasini to'ldirib, imzolab berishi kerak (bu formada ko'chib kirishingiz ko'rsatiladigan sana 15 kun ichida bo'lishi kerak),
6) Uy-ijara shartnomasining nusxasi.
2) Immigratsiya xizmatining rasmiy veb-sayti (hikorea.go.kr) orqali ham onlayn xabar berish mumkin.
Veb-sayt orqali ish kunlari soat 07:00 ~ 22:00 orasida (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).
hikorea.go.kr veb-saytida a'zo bo'lib, quyidagi menyuga kiriladi:
> 민원신청
>> 전자민원
>>> 체류지 변경 신고
*Veb-sayt orqali onlayn xabar berishda 34-forma (통합신청서(신고서)) kerak bo'lmaydi.
🖇 Quyidagi linkda ushbu postda tilga olingan formalarning fayllari keltirilgan: (link)
#manzil #adres #신고 #15kun #15кун
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya
Koreyadagi startapchilarga:
👉 t.me/OasisStartup
Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 t.me/KoreyaSuhbatlari
📖 사회통합프로그램 (KIIP) dasturining 2024-yilgi tartib-qoidalari va yo'riqnomasi
(2024년도 사회통합프로그램 운영지침(안))
🖇 181 betlik to'liq PDF fayl.
*Mazkur yo'riqnoma har yili yangilanishi sababli vaqt o'tishi bilan unga o'zgartirishlar kiritilishi mumkinligini inobat olib qo'ying.
———
❓ 사회통합프로그램 (KIIP) dasturi haqida eng ko'p so'raladigan savollarning javoblari esa mana bu postda keltirilgan (link).
———
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya
Koreyadagi startapchilarga:
👉 t.me/OasisStartup
Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 t.me/KoreyaSuhbatlari
*✅* Talabalar Koreyada qonuniy ishlay oladimi?
D-2, D-4 유학생 시간제 취업 (아르바이트) 허가**
Ushbu postga ilova qilingan PDF faylda:
? haftalik soatbay ishlash uchun immigratsiyadan oldindan ruxsat olish shartlari,
? tartib-qoidalari,
? ruxsat olish talab qilinmaydigan holatlar,
? ruxsat berilmagan va cheklangan sohalar,
? kerakli hujjatlar,
? noqonuniy ishlashning oqibatlari haqida ma'lumot keltirilgan.
Unutmang‼️
"Talabalar haftasiga ma'lum soat ishlashi mumkin" degan gap ruxsat olmay, istagan ishida, istaganicha ishlashi mumkin, degani emas.
? Noqonuniy ishlaganlik uchun jarimalar miqdori haqida: [link]
Kanalga a'zo bo'lish uchun:? t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:? t.me/SalomKoreya
Koreyadagi startapchilarga:? t.me/OasisStartup
Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:? t.me/KoreyaSuhbatlari
? Ramazonning qolgan kunlarida muammoingizga yechim topishga harakat qilamiz (2024-yil) Koreyada yashayotganlar orasida kimning viza va immigratsiya masalasida muammosi va bu muammo bo'yicha to'g'ri yo'nalishga ehtiyoji bo'lsa, qo'ldan kelganicha qonuniy…
? Ramazonning qolgan kunlarida muammoingizga yechim topishga harakat qilamiz(2024-yil)Koreyada yashayotganlar orasida kimning viza va immigratsiya masalasida muammosi va bu muammo bo'yicha to'g'ri yo'nalishga ehtiyoji bo'lsa, qo'ldan kelganicha qonuniy yechim va maslahat bilan xolis yordam berishga harakat qilamiz.
Buning uchun maxsus bot orqali murojaatlarni oldindan qabul qilamiz va https://t.me/SalomKoreya guruhida Telegram orqali jonli suhbatlar o'tkazamiz.
Murojaatlar soniga qarab, vaqt va imkoniyatni ham inobatga olib, birinchi navbatda eng zarurlari va yechimi faqat sanoqli kishilarga emas, balki ko'pchilikka foydali bo'ladiganlarini saralab olamiz.
Muammosi bo'lmasa ham, murojaatlar bo'yicha foydali ma'lumot olmoqchi yoki bermoqchi bo'lgan istagan kishi suhbatda qatnashishi mumkin.
✳️ Murojaat Koreyadagi faqat viza va immigratsiya sohasidagi aniq bir muammoingiz haqida bo'lsin.? Viza almashtirish yoki viza cho'zish tartibi va talablari haqidagi odatiy savollarni 1345 (immigratsiya call-markazi) orqali ham so'rab, bilish mumkin.? Muammoni imkon boricha to'liq va aniq yozishga harakat qiling va bir nechta mayda xabarlarga bo'lmay, bitta qilib yuboring.
? Murojaatlar faqat quyidagi bot orqali qabul qilinadi: (suhbatlar yakunlandi)? Onlayn suhbatlar Telegramdagi https://t.me/SalomKoreya guruhida bo'ladi (aniq kuni va vaqti guruhda alohida e'lon qilib boriladi).
Yordam kerak bo'lgan tanishingiz bo'lsa, bu postni u kishiga yoki boshqa guruhlarda ham o'rtoqlashib qo'ying.
Guruhga a'zo bo'lish uchun:? t.me/SalomKoreya
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago