@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
📌 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar
🔵Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:👉umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;
👉agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;
👉agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.👉agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.
🔵To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:👉agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;
👉agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:
➖kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);➖kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).
🔼Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;
👉to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.
🔵Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:➖avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
➖avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
🔗Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.@Gulomov_Diyorbek
Ushbu uchrashuv soat 13:45 ga fakultet binosi 204-K auditoriyaga ko‘chirildi
9️⃣???? ?Zakovat intellektual oʻyinni 21:00 da boshlaymiz. ⏺Har bir savol uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. ⏺Oʻz javoblaringizni berilgan savol commentiga yozishingiz kerak. ⏺Birinchi va toʻgʻri savollarga eng koʻp javob bergan talablar gʻolib boʻladi. ?Zakovat…
?**Onangizni sog‘insangiz uyga borasizmi, kimlardir esa qabristonga...
Onangiz gilamga o‘tirganlarini ko‘rsangiz, yugurib borib qo‘sha qo‘sha to‘shak solasiz, ammo onasi tuproqda yotganini bilib, bitta to‘shak sololmaydigan bor....
Biror xato kilib ranjitib qo‘ysangiz, bitta quchoqlab “kechiring” desangiz volidangiz hamma gunohingizni kechirib yuboradi, ammo shunday farzandlar borki, endi ular hech qachon volidalarini bo‘ynidan quchib “kechiring” deyisha olmaydi.....
Uyda yurasizmi, ko‘chadami, balolardan asraguvchi bitta qalqoningiz ya’ni onangizni duosi har doim siz bilan, ammo onasini duosidan bebahra qolganlar qancha birodar....
Uyga kech kirib borsangiz ham, yo‘lingizga intizor bo‘lib, ovqatingizni qayta qayta isitib kutadigan onangiz bormilar, shukr qiling ko‘chadan kech qaytsa, devordan sakrab hovliga kiradigan, oshxonaga kirib bo‘sh qozonni ko‘radiganlar qancha.....
Qanchalik baxtli ekaningizni his qildingizmi, shu baxtingizni ehtiyot qiling!**@Gulomov_Diyorbek
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago