Musayev blogi

Description
Tengdoshlarim uchun foydali deb bilganlarim

— Professional, Ilmiy va Shaxsiy rivojlanish
— Maqsad va rejalar
— Vaqtni boshqarish
— Chet el hayoti

Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun!

Takliflar @JanobMusayev
Co-founder of @eventgouz & @grantgouz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

3 months ago
3 months ago
3 months, 1 week ago

Kutilmalar va Reallik

So'rovnomani kanalga qo'yganimdan 5 daqiqa o'tib izohlarda o'z tahminimni yozgandim (faqat 6 ta kategoriyaga bo'lib). Ovozlar soni 1000 taga yetgani sababli endi yakuniy solishtirishni ko'rsatib o'tmoqchiman.

  1. Maktab o'quvchilari va uni bitirganlar
    👉 Tahminim — 10%
    👉 So'rovnomaga ko'ra — 10%
    👉 Absolyut xatolik — 0%

  2. Bakalavr 1, 2 kurs talabalari
    👉 Tahminim — 15%
    👉 So'rovnomaga ko'ra — 18%
    👉 Absolyut xatolik — 3%

  3. Bakalavr 3, 4-kurs talabalari
    👉 Tahminim — 30%
    👉 So'rovnomaga ko'ra — 28%
    👉 Absolyut xatolik — 2%

  4. Bakalavrni bitirganlar va magistratura talabalari
    👉 Tahminim — 30%
    👉 So'rovnomaga ko'ra — 26%
    👉 Absolyut xatolik — 4%

  5. Karyerasining ilk 5 yilligida bo'lganlar
    👉 Tahminim — 10%
    👉 So'rovnomaga ko'ra — 12%
    👉 Absolyut xatolik — 2%

  6. Tajribasi 5 yildan ko'p va boshqalar
    👉 Tahminim — 5%
    👉 So'rovnomaga ko'ra — 6%
    👉 Absolyut xatolik — 1%

Bakalavr 1, 2-kurslari nisbati o'ylaganimdan ko'proq, 3, 4-kurslar va magistartura talabalari esa o'ylaganimdan sal ozroq ekan. Menimcha, bu oxirgi vaqtlarda birinchi kurslar uchun yozilgan postlar natijasi bo'lsa kerak.

Umumiy holda blog auditoriyasini o'rtacha 2% absolyut xatolik bilan tahmin qilibman. "Auditoriyamni yaxshi bilar ekanman" deb yelkamga qoqib qo'ysam ham bo'lar ekan :)

Endi esa o'quvchilar nisbatiga qarab mavzu va postlar tanlashga harakat qilaman va tez-tez har-xil so'rovnomalar o'tkazib turaman.

Shaxsiy blogi borlarga esa chellenj — yuqoridagi ishni qilib natijani izohlarda qoldiring. Ko'ramiz kim o'z auditoriyasini yaxshiroq bilar ekan. Cheating qilish yo'q faqat )

#poll #research

@Musayev_blogi

5 months, 4 weeks ago
5 months, 4 weeks ago

SAT o'qimang

Hozir SAT mavzusi rosa trendga chiqib, unga tayyorlovchi o'quv markazlari va kurslar "oshig'i olcha" bo'lib turibdi. Nima uchunligini o'zingiz bilasiz.

Ommaviy SAT o'qish uzoq muddatda albatta ijobiy natija beradi. Lekin shu bilan birga endi bizda IELTS, CEFR va shu kabi standard testlar poygasida yana bitta katta o'yinchi paydo bo'lyapti.

Aslida biz o'zimiz doim shu kabi poygalar ortidan quvadigandekmiz. Ishonmasangiz, DTM atalmish "zolim" test necha yillar davomida tanqidiy va tahliliy fikrlash qobliyatiga ega yoshlar emas, test yechuvchi robotlar yaratishga ulkan hissa qo'shib kel...ayotganiga qarang (o'zim ham shulardan biriman).

Albatta, IELTS yoki SAT DTM testlaridan ko'ra yaxshiroq. Sababi yuqoridagi testlardan 75% dan yuqori ballni faqatgina formula, shablon, tips and tricks bilan olib bo'lmaydi. Buning uchun keng va chuqur tanqidiy va tahliliy fikrlash kerak. Lekin nima bo'lganda ham ular sizning bilimingizni o'lchovchi vosita bo'lib qolishi kerak. Kim o'zarga o'ynaydigan poyga emas.

Aytganimdek, men IELTS va SAT testlarini yuqoridagi sababga ko'ra juda hurmat qilaman. Ulardan yuqori ball olmoqchi bo'lganlarga esa quyidagilarni tavsiya qilaman:

1. Testlar nimani o'lchashini tushuning. SAT — bu shunchaki matematika imtihoni emas, u sizning matn va masalalarni o'qib tushuna olishingizni va ularni tahlil qila olishingizni tekshiradi.

2. Asoslarni mustahkamlang. Bu sizga nafaqat testdan yuqori ball olishda yordam beradi, balki ertaga ishda ham juda qo'l keladi. Ulardan eng muhimlari:
? Murakkab mavzudagi matnlarni o'qib tushuna olish
? Yozuvchi matn orqali nima fikr aytayotganini, u qaysi tomonda ekanini anglash
? Uning fikriga qarshi fikr haqida o'ylab ko'rish. Hattoki, o'zingiz bu fikrga qo'shilsangiz ham
? Matnli matematik masalalarni o'qib tushunish, ularni matematik tenglamalarga aylantirish va ushbu tenglamalarni tez va aniq yecha olish
? Fundamental matematika, arifmetika va algebrani bilish
? Berilgan mavzuni har tomonlama tahlil qilish
? Mavzu haqidagi fikrlaringizni ravon va tartibli ifoda etish
? Ularni aniq misollar bilan qo'llab-quvvatlash

3. Til — bu vosita ekanini unutmang. Yuqoridagi ko'nikmalarni ingliz tilidan alohida ekanini, sizdagi asosiy e'tibor shularni o'stirish bo'lishi kerakligini unutmang. SAT matematikasidan yuqori ball olish uchun sizga balki ingliz tilida dars beradigan SAT o'qituvchisi emas, o'zbekchada bo'lsa ham asoslarni tushuntira oladigan yaxshi matematika o'qituvchisi kerakdir?

4. O'qigandek ko'rinmang, o'qing! Har oy kurs uchun 300-500 ming sarflash va o'zini o'qiyotgandek ko'rsatib oxirida o'xshamagan natija uchun o'qituvchini ayblash oson yo'l. Haqiqiy samara beradigan usul esa — orqani bir joyga qo'yib o'qish. O'qituvchi siz uchun to'xtab qolgan joyda yo'l ko'rsatib yuboruvchi odam bo'lishi kerak, qo'lingizdan yetalab yuradigan emas.

5. SAT uchun o'qimang. IELTS uchun o'qimang. Yoki boshqa istalgan standard test uchun o'qimang. Ularni maqsad qilib olmang. Maqsadingiz — uzoq muddatli karyerangiz va hayotingiz uchun kerakli bilimlarni olish bo'lsin. SAT yoki IELTS esa bularni qanchalik yaxshi o'zlashtirganingizni ko'rsatsin xolos.

#sat #ielts #education

@Musayev_blogi

6 months ago

So’ngi 8 oy davomida 200 dan oshiq iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga hujjat topshirdim. MIT va University of Chicago Predoctoral dasturlariga Data Task bosqichiga o’tganimni hisobga olmasa birorta ishdan ijobiy natija olmadim. Har kuni 2-3 talab faqat…

6 months ago

So’ngi 8 oy davomida 200 dan oshiq iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga hujjat topshirdim. MIT va University of Chicago Predoctoral dasturlariga Data Task bosqichiga o’tganimni hisobga olmasa birorta ishdan ijobiy natija olmadim. Har kuni 2-3 talab faqat chiroyli tilda yozilgan “Rejection letter”lar kelardi. Ikki oylar oldin ancha umidsizlikka tushib, endi boshqa rejalar haqida o’ylay boshlaganimda Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)dan intervyuga taklif kelib qoldi. Ko’zlarimga ishonmay email yuborgan odamni internetdan qidirib ham ko’rdim:).

Xullas, bir haftadan keyin African department’da Research Analyst position uchun 4 kishi (iqtisodchilar va menejerlar)dan iborat IMF xodimlari bilan panel intervyuda rosa po’stagimni qoqishdi. Qo’limdan kelgancha savollariga javob berdim va suhbatdan o’zimning ko’nglim to’ldi. Ikki kundan keyin Data task yuborishdi va uniyam uncha qiyinchiliksiz bajardim. Endi qiyini – kutish qoldi…

Keyingi ikki hafta xuddi ikki oydek sekin o’tdi. Har soatda emailimni tekshirib turdim. Va nihoyat javob keldi: yana bitta intervyu??‍♂️. Endi division chief’lar bilan suhbat bo’ldi – juda qisqa va samimiy o’tdi. Suhbatdan keyin xuddi qabul qilingandek xursand edim. Hatto Washington DCga ko’chish rejalarini qila boshladim. Lekin bir yarim haftadan keyin yana doimgidek chiroyli yozilgan “otkaz”. Umidlar puchga chiqqanidan yana tushkinlik kayfiyati keldi. Lekin oxirgi xatdagi “Siz panel intervyuda kuchli nomzod sifatida tanlaganingiz uchun yana boshqa position ochilsa sizga xabar beramiz” degan gap sal umid berardi.

Rad javobidan bir haftadan keyin kutilmaganda yana email keldi. Endi boshqa division chief men bilan norasmiy suhbat qurmoqchi ekanligini bildirgan ekan. Darhol taklifni qabul qildim va suhbat shu hafta seshanba kuni bo’lib o’tdi.

Bugun ertalab esa va nihoyat “Congratulations!” deb boshlangan email oldim!

Shunday qilib, 12-avgustdan Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)da Research Analyst (Tadqiqot tahlilchisi) lavozimida ish boshlayman inshaAllah.

#alhamdulillah

@islom_urolov

6 months, 1 week ago

#self_note

G'olib bo'lish yoki bo'lmaslik nimagadir erishishda emas, senga nasib qilganini qabul qila olishda ko'rinadi

@Musayev_blogi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago