@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Mamlakatimizda gaz konlari portlashi mumkin, yonishi mumkin, chetga sotilishi mumkin, havoga sovurilishi mumkin...
XALQQA BERILISHI MUMKIN EMAS!
Mabodo, haqingni talab qilib chiqsang, bo‘limga opkelishadi, so‘roq qiladi, fitna uyushtirishadi, shaxsiy hayotingni kovlashtiradi, tavba qildiradi, tushuntirish xati yozdiradi, tilxat oladi, minnatdorlik izhor ettirishadi... Qisqasi, jaydaricha aytsak, gaz so‘rama – “gazingni” berishadi!
Kosasi oqarmayotgan xalq
Qishloqda yashaymiz. Gaz yoʻq, oʻtin tanqis, koʻmirni pulga sotib olamiz. Qishda isinish uchun eng kamida 4—5 million soʻm sarf qiladi qishloq odamlari. Isitish pechlaridanku umuman umid yoʻq, sovuq tushishi bilan “svet” uzoq qarindoshimizga aylanadi axir. Onda-sonda bir koʻramiz.
Ustiga ustak, issiq yotay, sovuqda qaltiramay deb qoʻliga tushgan narsani pechkada yoqqan, tutunda, nomaʼlum moddalardan zaharlanib oʻlib, qishdan omon chiqmayotganlar qanchadan qancha.
Shunchasi yetmagandek, yaqinda bir deputat aytibdimish: “Tillaqatori gazni oddiy uy isitish uchun ishlatadigan xalqning kosasi oqarmaydi”.
Oʻrtoq deputat, umrida gazning lip etganini koʻrmagan millionlab odamlar bor, ularning ham kosasi hech oqarmayapti. Oddiy isinishdek birlamchi ehtiyojini qondirish uchun hukumatdan ham yordam kutmayapti, qizigʻi. Oʻzi bir hovuch gaz yoqib, uyini isitadigan aholi boʻlsa kerak, atigi 2 yo 3 oy. Yana narxlar karrasiga oshgan boʻlsa...
Eh, xullas, siz xalq vakili boʻla turib bu gapni qanday ayta oldingiz hayronman?
Tagʻin chellenj boshlanib qolsaya? Hali u vazir chiqib, hali bu senator chiqib, hali bu hokim chiqib xalqning kosasini oqartirmasa.
Eng birinchi Ekologiya vaziri chiqadi, qishda uy isitish uchun daraxt kesgan odamlarga qarab: “Hadeb daraxt kesaveradigan xalqning kosasi oqarmaydi”.
Keyin navbat mahalla raislariga oʻtsa kerak. Imtiyozli koʻmir olish uchun harakat qilib, tez-tez mahallaga boradida koʻpchilik. Shunda rais: “ Qishda koʻmir yoqadiganlarning kosasi oqarmaydi”.
Kosasi oqarmasligidan qoʻrqib, sovuq uyda yashagan odam esa albatta kasal boʻladi. Hatto birlamchi tibbiy jihozlari bilan taʼminlanmagan, toʻgʻri tashxis ham kamdan-kam qoʻyiladigan poliklinikaga boradi. Shifokordan eshitgani ham shu gap: “ Hadeb shamollaveradigan odamning kosasi oqarmaydi”.
Xullas shoʻrpeshona uyga boradi, xotini ovqat qilish uchun gaz baloni tugaganini aytadi. Keyin erdan nima javob kutasiz, u ham shartta aytadi: “Ikki mahallab ovqat yegan odamning kosasi oqaradimi?!”.
Shunda oʻylab qolasiz kishi: “Ha, chindan ham, bu tizim, bu sharoit, bu rahbarlar va bu qarashlar bilan xalqning kosasi hech qachon oqarmaydi!”
Odam baxtli boʻlsa, tanqid qilgisi ham kelmas ekan. Oxirgi paytlarda shiorim “Menga nima?” boʻlib qolgan)
Jamiyatda yana bir loqayd, siyosatga qiziqmaydigan, qorni toʻq boʻlsa, yashab beradigan bitta ayol paydo boʻlyapti...
Мактабда эркин темада иншо ëзинг деган вазифа қўйилди. 6 синфда ўқирдим. Мен ўқитувчимдан нима у деб сўрадим. Ўқитувчим атрофингда нима кўрсанг ëзавер деди. Мен ëздим. Она тили ўқитувчисининг расм муаллими билан ошиқ мошиқлиги. Ошхонадаги ошпаз хола ўғирлаган гўштни сумкага солиб мактаб деворидан ирғитиши. Деворнинг нариги тарафида эса ошпаз холанинг эри бу гўшт солинган сумкани коптокдай илиб олиши. Математика ўқитувчиси ўрнига мактаб қоровули дарс ўтиши¸ адабиëт муаллими помидор кўчати олиб келган иккичи қизга беш қўйгани. Помидор кўчатларини эса бу ўқитувчи ўқувчиларни уйга обкетиб эгат торттириб эктиргани. Мактаб завхози янги холодилникни обкетиб ўрнига эски холодилник олиб келиб қўйгани....
Бу иншони текширган ўқитувчим қўрқиб хушидан кетган. Директор эса иншо ëзилган дафтарни мусодара қилиб мактабда харбий холат эълон қилган. Мени харбий таълим муаллими ушлаб автомат сақланадиган хонага қамаб қўйган эди. То тақдирим ҳал бўлгунча ўша қоронғи хонада ўтирдим. Ниҳоят директор бошчилигидаги ҳайъат келиб муросавий вариантни айтди¸. Иншо дафтари йиртиб ташланади. Мен ҳеч қачон иншо ëзмайман. Лекин журналга 4 баҳо қўйишади. Мен бу вариантни қабул қилдим. Бошқа иншо ëзмадим. Тенгдошларим эса ëлғон иншолар ëзиб 5 олишар эди. Орадан йиллар ўтиб ўзбек матбуоти нега бу қадар таназзулда бўлганини текшириб хулоса чиқардим. Мактабда ëлғон иншо ëзганлар катта бўлиб ўзбек журналистикасини яратибди.
Rassom Tuz
Toshkent koʻchalarida kvodrober bolalar: ular kimlar va jamiyat uchun qanchalik xavfli?
Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻrtasida oʻzini maʼlum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda oʻsha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish koʻrinishidagi kvadroberlik submadaniyati namoyon boʻlmoqda.
“Jamiyatni bunday xavfli jinoyatchilardan himoya qilish lozim” – jamoatchilik Jahongir Otajanov voqeasi haqida qanday fikrda?
Har kuni yoʻllardagi daxshatli avtohalokatlar haqida eshitamiz. Yuqori tezlik, qizilda toʻxtamay oʻtish kabi qoidabuzarliklar sabab kuniga kamida 5-6 yoʻlovchi qurbon boʻladi. Mana shunday keskin vaziyatlarda yuqori tezlikni koʻz-koʻz qilib, ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan taniqli shaxslarni koʻrib, savol tugʻiladi: nahotki qonunchilik shu qadar ojiz?
Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/avto-10-4
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago