? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Qiz mehribon bo'lar o'g'ildan ko'ra,
Singillar ham ukadan aziz.
Nega shunday, hech bilolmayman,
Javobini izlayman hanuz.
Ota ustun deymizu, ammo
Onalarga suyanamiz jim.
Qiziq, ushbu savolning hamki
Javobi yo'q... izlaymiz yechim.
Bu ayollar bilmaslarmu yo
Ko'kka tayanch bo'lib turganin,
Suyangani bilan erkakka,
O'zlari ham suyab yurganin?!
Bilishadi, biroq indamay
Maqtovlardan tilni tiyishar,
Mardmiz deya yurgan erlarni
Uyaltirib qo'ymay, deyishar.
Mard yigitlar, tinglang nolamni,
Nima bo'pti aybni tan olsam:
Kulgingiz kelmasin, Olamni
Ayol ushlab turibdi, desam!!!
Odam ato nidosi
Mana, rizvondan ham quvildik, e voh
Samo bizim uchun yopdi hisobni.
Shuncha og'irmikan yelkada gunoh,
Birgina bug'doyga shuncha azobmi?!
Ey Havvo, ko'r mana, ko'ngil satrini,
Yuragim armondan qurilgan qo'rg'on.
Visol deganlarin bildim qadrini,
O'zimi, bir asr izladim giryon.
Shul yerni vaqtincha tutamiz vatan,
Bizdan ayro endi osmon muvaqqat.
Zamin sahrolarin aylaymiz chaman,
Haqiqiy vatanga intilib faqat.
Kel, Havvo, yaxshilab ko'rib chiqaylik
Rizvondan quvilish sabablarini -
Iblis ko'rindimi ko'zga chiroyli,
Yo'qsa, qanday qo'ydi talablarini?!
O'ylab ko'r, rizvonda tushib tashvishga
Qoldirib kelgandik nima narsani?
Ha-ya, unutibmiz umiddan boshqa
Hamma narsani!!!
Shu umid - iblisda topilmas tuyg'u,
Shu umid - eng yaxshi sharobu yemish,
Shu umid - qayg'uni daf aylar qayg'u,
Shu umid - bug'doydan qimmatroq ulush
Ey Havvo, berayin ajoyib dalda -
Tinmay zurriyodlar ko'ramiz endi.
Ikki kishi kelgan bo'lsak avvalda,
Jannatga ko'plashib boramiz endi!!!
Qadim zamonlarda bo'lgan voqea,
Yurakka ajib bir oroyish berdi.
Podshoh katta sovrin qo'yib o'rtaga
Masjidni bezashga farmoyish berdi.
Aytdi:"Kim eng buyuk ziynat keltirsa,
Masjidni bezasa o'sha matohla.
Mening mukofotim katta bo'lar va
Alloh ajrlagay jannatiy bog'la".
Kimdur ustun uchun bezak kim esa
Mezara to'riga keltirdi tillo.
Xonaga tuhurgi kim qayg'u yesa,
Kim siyoh ulashdi yozishga imlo.
Podshoh kuzatardi a'vomni sokin
Zarga chayilganda har tosh-u kesak.
Rozi bo'lolmadi bulardan lokin -
Uning hayolida antiqa bezak.
U shunday bezakki inson hayoti,
Ko'rsin to o'lguncha chashmiy ziyoni.
Odamlar bu rangni ko'rgan zahoti
Unutib qo'ysinlar ikki dunyoni.
Bir zot kirib keldi,kurash avjiga
"Meni g'olib denglar" - dedi joy olib,
Va "Kiringlar" dedi masjid ichiga
Murg'ak ikki bola kirdi uyalib.
O'rnidan qo'zg'alib ketdi shahan shox -
Bu zo'r topqirlikka chalvordi qarsak.
Dedi:"Masjid uchun topilmas illo
Namozxon boladan go'zalroq bezak".
Qo‘limdagi qilich so‘zlar yaltirab:
"Holim g‘arib, zotan, achinma buncha -
Ezdilar, termulsam qancha qaltirab,
Yumshaganim sayin egdilar shuncha!.
Mana shunday og‘ir jarayon ichra
Tamom mute’ bo‘lib yakunlandim men.
Qutulmoqqa topdim birgina chora -
Oxir qahrim qotib, shakllandim men..."
Oldinda uyg'onar kumushrang hadik,
Boshlanar xilqatning ilk tadbirlari
Saraton tuyg'usi unut qo'shiqdek,
Endi behaybatdir quyosh nurlari.
Tabiat pichirlar, samo tarafi
Zaminga ulashar ma'yus daraklar.
To'lqindek chayqalar qarg'alar safi,
Xavotir ostida boqar teraklar.
Gullar qutulmoqqa izlashar chora,
Qahraton tashrifi bilmagay shafqat.
Inson taqdiriga go'yo ishora -
Oqarishdan oldin sarg'ayar xilqat!
Va bunda hukmron g'alati holat,
Go'yoki orqaga oqar qadamlar:
Yalang'ochlangani sayin tabiat
Qalinroq kiyina boshlar odamlar!
Dunyoga termuldim sayrona yurib,
Ajibdan ajibroq ne'matni ko'rdim.
Hayratim tobora oshganin ko'rib,
Har bitta nigohda hayratni ko'rdim.
Rizqimiz turlidir - yog'dirgay falak,
Bu haqda qayg'urmak asli ne kerak.
Oqillar dilida chiroyli tilak,
Nodonlar ko'zida hasratni ko'rdim.
Kiborlar qasrida suhbatlar qurib,
Ketdim astagina o'rnimdan turib
Oddiy kimsalarning yoniga borib,
Eng toza, yolg'onsiz suhbatni ko'rdim.
Yo'l yurdim, yo'limdan toshlar sachradi,
Do'stu yor bilganim har yon ajradi.
Ba'zan bu yo'llarda mardlar uchradi,
Lekin bunda ko'proq nomardni ko'rdim.
Qiynadi yurakni turli muammo,
Hikmati yashirin, sirli muammo...
Har bir qiyinchilik ortidan ammo
Muqtadiy bo'lgan qo'sh rohatni ko'rdim.
Elning odatiga asta bo'ylasam -
Avom sezar ekan neni o'ylasam:
Obro'im to'kildi yolg'on so'ylasam,
Qancha rost gapirsam, hurmatni ko'rdim.
Belgilar uchradi yo'l o'rtasida,
Buyam haqiqatning bir daldasi-da!
Har buyuk ishlarning old nuqtasida
Nafsni sindirguvchi zahmatni ko'rdim.
Do'stim, to'g'ri so'z shunday malhamki,
Najotdir, balolar unga ne g'amki,
Ba'zida qurbonlik so'rasa hamki,
Haq so'zning ortida jannatni ko'rdim!
Ko'zing-u qalbingni zabt etgan to'lib,
Nafosat haqida sursang gar hayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib,
Yurgan bir hasratdir hijobli ayol.
Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol,
His qilar o'zini o'ng yot dunyoga
Kelgindi hilqatdir hijobli ayol.
Avj olgan buzuqlik ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol,
Ey, Robbim, panoh ber deya bulardan,
Berkingan su'ratdir hijobli ayol .
Ko'plar ayol nomin bulg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib bo'lishar xushhol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay,
Saqlangan siyratdir hijobli ayol.
Millat-u dinini ko'plar unutib,
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosi timsoli libosi bo'lib,
Diniga quvvatdir hijobli ayol.
Behayo kimsalar, dinsiz johillar,
Masxara qilganda uni bemalol.
"Allohim ularga hidoyat ber" deb,
Eng yahshi niyatdir hijobli ayol.
Uning mavjudligi ko'ngilga malham,
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham,
Islomga hujjatdir hijobli ayol.
Da'vatlar to'xtagan telba diyorda,
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari yerda,
Katta bir da'vatdir hijobli ayol.
Unga havas qilgum,degum "Ey singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol.
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun
Eng yaxshi ibratdir hijobli ayol!"
Nima bo‘lgan jiddiy so‘zlarga,
Qayga qochib ketdilar ular.
Kulgularga qoldim bu kecha,
Xajviyalar ustimdan kular.
Nima bo‘ldi qismatga o‘zi,
Yana o‘sha eski shikoyat -
Peshonamga qayg‘uni yozib,
Sadoqatdan aylar hikoyat.
Nima bo‘ldi olam ahliga,
Mening kuyuk bag‘rim sezalar,
Hech ne bo‘lmagandek so‘ngidan
O‘qiydilar g‘o‘r mav’izalar.
Nima bo‘ldi o‘zimga, asli,
Qadamlarim yo‘qolgan, shaxdam.
Bir oyog‘im orzu ustida,
Bir oyog‘im uzilgan baxtdan!
Nima bo‘ldi Senga, azizam,
Nahot qalbing bariga ko‘ndi?
Yer ustida yashay bilmagan
Men sho‘rlikni netasan endi?!
Tun cho'kmoqda... Taksi to'xtar, qariya chiqar,
Mayin sabo xushlar olam tarovatini.
Jimlik yoqmas, otaxonga bir taklif yoqar:
"Sheralini qo'y, "Birinchi muhabbati"ni!
To'rtta odam. Sokinlikda mashina yelar,
Sherali ham qo'ymas o'sha "muhabbati"ni,
Qorong'uda sezilmaydi - ko'z yosh chikkilar,
Otaxon jim tinglar qo'shiq salobatini.
Uzoq o'tmish, o'tgan asr yodga tushgandir,
Har holda sal uyalgandek ketar otaxon.
"Sheraliyam o'zidan nimadir qo'shgandir..."
Hayron bo'lib o'ylagandek ketar otaxon.
Yo'q, Sherali hech o'zidan qo'shmagan. Aslo.
Bu borada hech odam omad boqmaydi.
Shivirlaydi so'ng otaxon noilojgina:
"O'chir, bolam, chol odamga shovqin yoqmaydi!..."
...Tun avjida uyga xomush kirar otaxon.
Yovuz niyatlar ko'pdir:
"Farzanding jallod bo'lsin!"
Yoki "qo'sha qarima!"
"Uying tomi yiqilsin..."
"Koringdan topma fayz!"
"Tilanib yasha doim!"
"Do'stingga aylansin qarz!"
"Qo'llamasin xudoyim!"
"O'tgin bir tirnoqqa zor!"
"Yolchimagin xotinga!"
Yana qanday niyat bor,
Kelmayapti yodimga.
Darvoqe, eng daxshati
Qolib ketibdi shu payt:
"Sevganingni to'yida
Mikrafonda tilak ayt!"
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid