Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Oxirgi kunlarda Sizlarda ham internet sezilarli darajada sekinlashib ketdimi? Yoki faqat menga shunaqa tuyulyaptimi?
Kechki mutolaa(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)**Somerset Moem. Meybl xonim
Izoh**: Izquvar Meybl xonim bo'lajak turmush o'rtog'i Jorjning ortidan ayg'oqchilik qilib, holi-joniga qo'ymadi. Jorj esa butun Xitoyni aylanib chiqishga va bir joy topib, u yerda yashirinishga harakat qildi. Ammo bularning barchasi befoyda edi
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/somerset-moem-meybl-xonim
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/07_RfJz-Mq0
🎙Bugungi hikoya audiosini Muhammad Umar Baxtiyorov o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
Ushbu surat 17-noyabr kuni tongda Toshkent xalqaro aeroportida olingan. Bizning reys ertalab soat 6 da uchardi. Samolyotga chiqishdan oldin bo‘ladigan tekshiruvlarda aeroportdagi Parvozlar xavfsizligi xizmati xodimi e’tiborimni tortdi.
U yosh bolasi bor onaga yordam berish maqsadida, toki onasi tekshiruv jarayonlaridan to‘liq o‘tib olgunga qadar, uxlayotgan chaqaloqni ko‘tarib turdi. Mehr bilan, avaylab.
Albatta, bu juda kichik epizod. Lekin yoqimli. Shunaqa kichik epizodlar yig‘ilib, tizimning umumiy imiji shakllanadi. Xalqqa yaqinlashgan va umuman olganda, odamiylikni unutmagan tizimlar xalqning mehrini ham qozonaveradi.
Kechki mutolaa(o‘qish yoki eshitish uchun 41 daqiqa vaqtingiz ketadi)**Anor. Albatta, uchrashamiz
Izoh**: Ozarbayjonlik hikoya qahramoni yurti uchun oʻzga shaharlarda kichik boʻlsa-da yordam izlab yurgan kezlarida "yolgʻonchi amaldorlar"ning vaʼdalaridan figʻoni falak boʻladi. Ushbu hikoyada siz bosh qahramonning "yolgʻonchilar" tomonidan baʼzida kulgu ostida yoʻgʻrilgan, ammo achinarli sarguzashtidan boxabar boʻlasiz...
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/kn5ytIO4E-w
🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
Sariq kartochkalar sabab keyingi turda “Arsenal” bilan o’yinda 2 ta muhim o’yinchimiz tushmas ekan.
Shunchaki, oldindan aytib qo’ydim-da, har ehtimolga qarshi😂
❓9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?
✅ Qisqa javob: ha, dam olish kuni.
📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.
Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.
Kechki mutolaa(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)**Jon Morrison. Tungi odam
Izoh**: Bolalik bizga nafaqat umrimizning eng goʻzal xotiralarini taqdim etadi, balki bu hayotimizdagi eng oddiy haqiqatlarni anglash fursati hamdir. Hikoya qahramoni ham bola koʻngli, shuuri bilan topganlarini oʻquvchi bilan boʻlishadi.
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/jon-morrison-tungi-odam
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/t0XkGxN6px0
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
Bir loyihani sinovdan o’tkazyapmiz.
Asosiy kanalimdagi xabarlarni 3 ta tilda tarjimasini berishni boshladik.
🔸 Qoraqalpoq tilida:
@xushnudbek_qr
🔸 Ingliz tilida:
@xushnudbek_en
🔸 Rus tilida:
@xushnudbek_rus
Tarjima inson omilisiz, avtomatik ravishda bo’lmoqda. Bunda Tahrirchi platformasi yordam bermoqda.
Kirib ko’ringchi, fikrlar va takliflar bo’lsa, aytarsizlar.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago