©???????_???????✍️??

Description
Ассалому алекум каналимга хуш келибсиз ушбу каналда Дониёр Назаров ( @Doniyor_Nazarov2ooo ) шеърлари билан танишишингиз мумкун.
Мурожаат учун: +79024988778 ватсап ва бошқа ичтимоий тармоқлар
Рухсатсиз фойдаланманг муаллифлик хуқуқи билан ҳимояланган.
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 8 months ago

**Og‘risa ham dilginam,
O‘zni mamnun tutamiz.
Gapirmagin tilginam,
Gapirmasak yutamiz.

Bilganimiz sir tutib,
Haqdan yaxshilik kutib,
Dardimiz ichga yutib,
Gapirmasak yutamiz.

Unitib matonatni,
Yo‘qotib adolatni
Bilsakda haqiqatni,
Gapirmasak yutamiz.

Metindek bardoshimiz,
Yashirar ko‘zyoshimiz,
Omon bo‘lsa boshimiz,
Gapirmasak yutamiz.

Qo‘lga qo‘ymasdan hina,
Dilda saqlamay gina,
Kulib turib jimgina,
Gapirmasak yutamiz.

Tinglab kuy-u navoni,
Dardga izlab davoni,
Gap deya har baloni,
Gapirmasak yutamiz.

Bo‘laman deb yorug‘ yuz,
Qo‘ldan kelgan o‘yar ko‘z,
Ortiqchadir bitta so‘z,
Gapirmasak yutamiz

Chetga surib zamonni,
Xasta-yu sog‘ omonni,
Har yaxshi-yu yomonni,
Gapirmasak yutamiz.

Qizarmas dudog‘imiz,
Osilmas qovog‘imiz,
Tinch bo‘lar qulog‘imiz,
Gapirmasak yutamiz.

Muallif: Komila Qiz.
04.01.2025.**

@Komila_Qiz_7848

1 year, 8 months ago

ЁДИНГГА ТУШАВЕРАМАН?**

Мен сени ёдингга тушавераман
Шарқироқ сойларнинг овози каби
Тинимсиз тушингга киравераман
Мендан олис кетмас ҳаёлинг каби

Мен сени ёдингга тушавераман
Осмонда юлдузлар порлаб турганда
Менсизлик хиссида ёлғиз ӯтасан
Таниш кӯчаларда ӯзинг юрганда

Мен сени ёдингга тушавераман
Кутиб қоларсанда мендан бир хабар
Ёки суратларим бағрингга босиб
Телбадек соғиндим дейсан шу қадар

Мен сени ёдингга тушавераман
Юрагинг ҳар онда мени сӯрийди
Мухаббат увволи урганда сени
Бахт менинг тӯрт ёним ӯзи ӯрийди.

Мен сени ёдингга тушавераман
Сочларинг эртароқ қоплайди қорлар
Охри йӯқ соғинчинг армони бӯлиб
Яна ҳаёлларинг мен томон чорлар.

Мен сени ёдингга тушавераман
Куз келиб хазонлар тушганда ерга
Кӯзларинг олдида туравераман
Токи киргунингча қоронғу гӯрга.

©МУАЛЛИФ: ДОНИЁР НАЗАРОВ
3.01.2025 Й**+992923005355https://t.me/+q3_kqdHukuVkZDBi

1 year, 8 months ago

**Senga parvo qilmasam,
Yuragim berarmidim,
Sevarsanda bilmasam,
Sevmasang sevarmidim.

Kulib qoshing qoqasan,
Bir boshqacha boqasan,
Menga juda yoqasan,
Sevmasang sevarmidim.

Dilingga olov solib,
Mendan havotir olib,
Kutib ko‘zlaring tolib,
Sevmasang sevarmidim.

O‘zimman qalbda boring,
Allohdan so‘rar zoring,
Aytmasangda izhoring,
Sevmasang sevarmidim.

Boshlandi-ku ishq sayli,
Men Majnun-u sen Layli,
Tan olmasang ham mayli,
Sevmasang sevarmidim.

Aylanayin o‘zingdan,
Hayajonli so‘zingdan,
Sevging ayon ko‘zingdan,
Sevmasang sevarmidim.

Muallif: Komila Qiz.
03.01.2025.**

@Komila_Qiz_7848

1 year, 8 months ago

#хажвий КЕЛ ЯРАШИБ ОЛАЙЛИК?**

Қӯлингни бер қӯлимга
Бахт томонга борайлик
Энди уршавермасдан
Кел ярашиб олайлик

Қовоқ ӯйиш тӯпалон
Сизни севмай ӯлайлик
Захаргинам сув илон
Кел ярашиб олайлик

Бӯлмасин хижрон уйинг
Чалмасдан армон куйинг
Дейсан эркалаб суйинг
Кел ярашиб олайлик

Ҳеч демагин алвидо
Бизни бир қилган Худо
Мендан бӯлмагин жудо
Кел ярашиб олайлик

Кимда бӯлмайди араз
Кечиришинг ӯзи қарз
Ниятим эмас ғараз
Кел ярашиб олайлик

Нима қилай айт яна
Хажрингда ёна-ёна
Рухим сенга парвона
Кел ярашиб олайлик

Қара бугун янги йил
Ичимизга сиғмас қил
Оғритмасдан энди дил
Кел ярашиб олайлик.

©ДОНИЁР НАЗАРОВ**+992923005355

1 year, 8 months ago
**АРМОНИМСИЗ МЕНИНГ АРМОН***?***

АРМОНИМСИЗ МЕНИНГ АРМОН?**

Соғинтирар соғинчларингиз
Эй ӯзимнинг қоши камоним
Мени шундай телба айлаган
Армонимсиз менинг армоним

Қидиради кӯзларим сизни
Ӯзгага ёр бӯлган жаноним
Дилга хижрон ӯтларин ёққан
Армонимсиз менинг армоним

Кетмайсиз ҳеч кӯзим олдидан
Ёдимдасиз ҳар лахза оним
Юрагимни минг бӯлак қилган
Армонимсиз менинг армоним

Жонимсиз деб сиз жоним олган
Ёмонимсиз менинг ёмоним
Ӯлгунимча юракда қолган
Армонимсиз менинг армоним

Киприклари найза эдингиз
Сӯзлари бол асал эдингиз
Танҳосизда битта эдингиз
Армонимсиз менинг армоним

Қуёшгинам қалби музлигим
Чиройлигим ойдин юзлигим
Дониёридан кечган кузлигим
Армонимсиз менинг армоним

©МУАЛЛИФ: ДОНИЁР НАЗАРОВ**+992923005355https://t.me/+q3_kqdHukuVkZDBi

1 year, 8 months ago

**Bir muhlisimiz iltimoslari bilan shu videoga yozilgan xazilomus she'r noto‘g‘ri tushunmaysizlar degan umiddamiz.

Onam ketdi oldiga solib,
Uylan deya urib boshimga,
O‘n sakkiz yosh qizini olib,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Bo‘ydoqlikning gashtini surib,
O‘z o‘zimni o‘zim yosh ko‘rib,
O‘qish o‘qish o‘qish deb yurib,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Eshitganlar qotib kulsa ham,
Ishoninglar qiyin bo‘lsa ham,
Ichimdagi sirim bilsa ham,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Sen deydigan kuyov deb sizlar,
Yomon qolib yaxshimni izlar,
Qolib qancha men sevgan qizlar,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

O‘zimdan yosh qaynona onam,
Ne bo‘lganin tushunmas holam,
Kulib deyman do‘stimni dadam,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Niyatimda qat'iy tursamda,
O‘z ustimdan o‘zim kulsamda,
Men oylikga katta bo‘lsamda,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Baxtli bo‘lish dilimda ahddir,
Do‘stim yaxshi baxtim ham naqtdir,
Buni derlar peshona taqdir,
Kuyov bo‘ldim sinfdoshimga.

Muallif: Komila Qiz.**

@Komila_Qiz_7848

1 year, 8 months ago
**Hech bezovta qilmasdim seni,

**Hech bezovta qilmasdim seni,
Bezor qilgan xabarlar tinsin.
Naq bir oyga cheklagan meni,
Spam qilgan qo‘llaring sinsin.

Guruhlarga kirsam chog‘lanib,
Yozlmayman dilim dog‘lanib,
Qoldim ahir ipsiz bog‘lanib,
Spam qilgan qo‘llaring sinsin.

Rahm-u shavqat nahot senga yod,
Yordam bermay qoldi spam bot,
Zerikarli bo‘ldi-ku hayot,
Spam qilgan qo‘llaring sinsin.

Spam senga ozon bo‘liya,
Qalbingdagi alam o‘ldiya,
Mazza qilding ko‘ngling to‘ldiya,
Spam qilgan qo‘llaring sinsin.

Qaytar dunyo sena ham qaytar,
Spamsiz deb spam bot aytar,
Salom deymiz biz o‘sha paytlar,
Spam qilgan qo‘llaring sinsin

Goh ovunchim goho keragim,
Telegramim edi ermagim,
Yangi yilda senga tilagim,
Spam qilgan qo‘llaring sinsin.

Muallif: Komila Qiz.
29.12.2024.**

@Komila_Qiz_7848

1 year, 8 months ago

**Ko‘z tushganda begonalarday,
Odamlarga ahdsiz bo‘ldik-ku.
To‘yi kuni devonalarday,
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Hijron keldi ishq shahrimizga,
Putur yetdi zo‘r shahdinizga,
Yurakkinam biz baxtimizga,
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Ado bo‘ldi bu ko‘ngil kuya,
Dil charchadi faqat dard tuya,
Mensiz baxtli bo‘lsang bo‘l deya,
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Rashk yo‘liga bog‘lab bir tugun,
Nuqta qo‘yib bariga bugun,
Kechib undan sevganim uchun.
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Muallif: Komila Qiz.
25.12.2024.**

@Komila_Qiz_7848

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid