Мумтоз_филология

Description
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago

2 weeks, 5 days ago
***⚡️******⚡️******⚡️***

⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

#OAV

Sulton Qobus universiteti (Ummon Sultonligi)da malaka oshirgan Oʻzbekistonlik arabshunoslar, xususan TDSHU professor-o‘qituvchilari N.Sagdullayeva hamda A.Rustamov – Ummon Sultonligining markaziy nashrlaridan yana biri – "Al-Vatan" gazetasida

➡️@sharq_xabar

2 weeks, 6 days ago

U so’zining ko’pi ular bo’lganidan anglaymizki, birlik uchun ishlatilgan so’zga ko’plik qo’shimchasi kelib yasalgan. “U”dan bir nechta bo’lgach “u”lar bo’ldi. Unda mantiqan olib qaraganda qolganlarida ham shunday bo’lishi kerak emasmi?

Shunday ham bo’lgan. Demak, biz – men ma’nosidagi so’zga ko’plik qo’shimchasi kelgan holati, siz – sen ma’nosidagi so’zga ko’plik qo’shilgani. Lekin men nega mez yoki miz emas, biz bo'ldi. Shu o’rinda topqirlar payqadi, egalik va shaxs-son qo’shimchalari -miz (uyimiz, bilamiz, kelganmiz…) bizning "m"lashgan holati. Biz “miz” bo’la olar ekan, bin ham avval min, keyin menga aylandi.

Ikkinchi shaxs birlikda sen, ko’plikda siz bo’lsa, sizdagi “z”ning “lar” kabi ko’plik qo’shimchasi ekani ayon bo’ladi. Unda birlikdagi so’zning asli ham sen emas, sin ekan. O’zi umuman olganda talaffuzi bir-biriga yaqin bo’lgan e va i tovushlari tilimiz tarixida tez-tez bir-birining o’rnini almashtirib turgan.

Birliklar uchun asl so’zlar bin va sin ekani, “z” esa ko’plik qo’shimchasi ekani kundek ravshan bo’ldi. Unda nega u > ular bo’lganidek, ko’plik qo’shimcha to’g’ridan so’zga kelib, binz, sinz bo’lmagan? Yoki men va sendagi “n”lar ham qandaydir qo’shimcha-yu, so’zning asli bi va si edimi? Menimcha shunday edi. Unda “n”lar nima bo’ldi va qayda keldi ekan?

Tarixiy matn o’qiganlar biladiki, aslida u keyingi davrlarga oid. Eskiroq davrlarda “ul” bor. Lekin ul ko’plik yoki kelishik qo’shimchalari olganda “l” tushib, “n” paydo bo’lib qoladi. Ullar emas anlar, ulda emas anda, ulning emas aning kabi… Bu “n” yordamchi tovush bo’lib, olmosh yoki otlardan keyin ko’plik, kelishik qo’shimchalari kelganda yuzaga kelib qoladi. Masalan hozir bu > buda emas, bunda; u > udan emas undan… Demak men va sendagi “n”lar ana shu qo’shimcha “n”ning qolindisi bo’lishi kerak. Qisqacha aytganda eng qadimdan men o’rnidagi so’z bi, sen o’rnidagi so’z si bo’lsa, ko’pliklari biz va siz bo’lgan.

3 months ago
Мумтоз_филология
3 months ago
[#online](?q=%23online)

#online

?Ayni damda Temuriylar tarixi davlat muzeyida оnlayn-ilmiy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Barcha qiziquvchilarni seminarga qo‘shilishga taklif etamiz.

? "AQSH KUTUBXONALARIDA MARKAZIY OSIYOGA OID QО‘LYOZMA MANBALAR HAQIDA"

Ma’ruzachi: AQSH Indiana universiteti Yaqin Sharq, Yevrosiyo va islomshunoslik tadqiqotlari bо‘yicha kutubxonachi-bibliograf, prof. Akram Habibullayev.

zoom: https://us06web.zoom.us/j/5309067672?pwd=IHHeeKSeKjkuYvaVKx8X6AD0qiTHxP.1
Meeting ID: 530 906 7672 Passcode: 2024

Telegram|Facebook|Instagram| Youtube| Web-site

3 months ago
3 months, 1 week ago

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti buyuk mutafakkir shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Jahon navoiyshunosligi elektron platformasini yaratish” loyihasi hamkorligida tashkillashtirilayotgan “ALISHER NAVOIY ADABIY VA ILMIY MEROSINI O’RGANISH MASALALARI” (№70) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi!

?Oʻtkazilish vaqti: 2025-yil 7-fevral
?Qabul muddati: 2025-yil 10-yanvar

Anjuman sho’balari:
-Alisher Navoiy va tilshunoslik masalalari
-Alisher Navoiy va xalq og‘zaki ijodi
-Alisher Navoiy va mumtoz adabiyot
-Alisher Navoiy va zamonaviy o‘zbek adabiyoti
-Alisher Navoiy asarlari poetikasi
-Alisher Navoiy asarlarining manbalari
-Navoiyshunoslik muammolari

? Qabul tillari:
?Barcha turkiy tillar, ??Rus, ??Ingliz.

?Anjuman to‘plamiga kiritilgan maqolalarga DOI raqami beriladi. Barcha maqolalar GOOGLE SCHOLAR bazasida indekslanadi.

‼️Eslatma: anjumanda bevosita yoki onlayn (Zoom orqali) ishtirok etish mumkin.

?Murojaat uchun:
?Sarvinoz Otaqulova @sarvinozotaqulova
?Muslima Хolboyeva @Nur_ul_ayn

3 months, 2 weeks ago
***?******?******?******?******?***

?????

Каналга уланиш???
https://t.me/mumtoz_filologiya

3 months, 2 weeks ago
Мумтоз_филология
6 months, 1 week ago

4-fakt: Yozuv mashinasida yozilgan birinchi kitob
Mark Tvenning “Missisipidagi hayoti” (1882) asari tarixchilar tomonidan nashriyotga yuborilgan dastlabki to‘liq yozuv mashinasi yordamida nashr etilgan kitob hisoblanadi.

5-fakt: Kitoblarning tonnasi
Har yili dunyoda 755,755 ta yangi kitoblar nashr etiladi. 2017-yilning o‘rtalaridan boshlab xozirgacha dunyo bo’yicha 134,399,411 kitoblar nashr etilgan.

6-fakt: Eng katta kitob
Dunyodagi eng yirik «kitob» Mandayda, Myanmarda, Birma shahridagi Kuthodaw Pagodasida joylashgan. Kuthodaw Pagoda o‘z strukturalarining bazasini tashkil etgan 730 ta marmar jadvallar to‘plamiga ega. Jadvallarning to‘plamida Theravada Buddizmning to‘liq muqaddas diniy kitoblari mavjud.
Ushbu yirik «tosh kitob» 1857 yilda King Mindon Min tomonidan qurilgan va u oltin siyoh va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.

7-fakt: Qog’ozdan qilingan eng katta kitob
Dunyodagi eng yirik qog‘oz kitob Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan. Bu kitob “Bu MuhammadPayg‘ambar“ deb nomlangan ulkan muqaddas kitob hisoblanadi. Kitob Mshahed Xalqaro Guruhi tomonidan yaratilgan va 2012-yil fevral oyida e’lon qilingan. Uning uzunligi 5 metr, enining uzunligi 8,06 metr, 429 ta sahifa va og‘irligi 3000 kilogrammdan ortiq.

8-fakt: Eng katta nashr etilgan kitob
Ananaviy tarzda chop etilgan eng yirik kitob Antuan de Sent-Exuperyning (bu aviatsiya dunyosining kashshofi bo‘lgan) “Kichik Shahzoda»ning braziliyalik nusxasi kitobidir. Uning uzunligi 3,08 metr, kengligi 2,01 metrni tashkil etadi. Bu kitob 2007-yil sentyabr oyida Rio-de-Janeyro (Braziliya) da bo‘lib o‘tgan Biannual kitob ko‘rgazmasida namoyish etildi.

9-fakt: Eng uzun roman
Eng uzun romanni Marcel Proust yozgan va uni “O’tmishdagi narsalarning xotirasi” yoki o’z ona tilida (fransuzcha) “A larecherche du temps perdu” deb nomlagan. Romanda 9,609,000 obraz borligi taxmin qilinmoqda.

10-fakt: Eng uzun audiokitob
Dunyoning eng uzun ovozli kitobi deyarli besh kundir. Kitob 2008-yilda Yaponiyada nashr etilgan va faylasuf, shoir hamda adabiyotshunos Takaaki Yoshimoto tomonidan ma’ruza qilingan. Kitobning umumiy vaqti 115 soatu 43 daqiqadir.

11-fakt: Nashr etilgan eng qalin kitob
“Mukammal Miss Marple” kitobi chop etilgan eng qalin kitobdir. U 12,67dyum kengligida va 4,032 sahifadan tashkil topgan. Bu kitobini yozuvchi Agatha Christie Miss Marple ismli ayolga bag’ishlab yozgan. Kitob 20 ta qisqa hikoya va 12 ta sirli roman to‘plamidan tashkil topgan.

12-fakt: Eng qimmat kitob
Dunyodagi eng qimmat kitobning ilk nusxasi 1640-yilda Massachusets shtatining Cambridge shahrida chop etilgan «Bay Psalm Book» kitobidir. Ushbu kitob Yangi Dunyo’dagi matbuotda chop etilgan birinchi kitoblardan biri bo‘lib, Nyu-Yorkdagi 2013-yilgi kim oshdi savdosida 14,165 ming dollarga sotildi.

✈️Telegram|?Web-sayt |?Elektron-kutubxona

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago