Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Description
Qurʼonga oshno qalblar maskani!

Sahifa muxlislar tomonidan yuritiladi
We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

✅ ZO'R TV-первый частный телеканал в Узбекистане, круглосуточно транслирующий программы в формате Full HD

Сайт: www.zortv.uz
facebook.com/zortv.uz
instagram.com/zortv.uz
YouTube.com/zortvuz

Last updated 1 week ago

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

3 months, 4 weeks ago

Ustozsiz oʻtayotgan kunlar
2020-yilning avvali. Yanvar oyi. Qahraton qish oʻz zahmini oʻtkazayotgan, izgʻirin sovuq, yuzni shiladigan achchiq shamol atrofni kezib yuribdi. Hatto derazaning tirqichidan kirayotgan muzdek havodan odamning butun tanasi titraydi.

Ana shunday kunlardan biri edi. Asr namoziga Hazratning masjidlariga chiqdim. Masjid ishxonaning yaqinida boʻlishi baxt! Har kuni azonni eshitasan, har namozga aytilgan azon ruhingni yangilanadi goʻyo.

Azon aytayotganda ishxonadan chiqib, masjidga qarab yoʻl oldim. Sovuq boʻlgani uchun tez-tez yurib, xonaqohga kirib oldim. Odatda masjidlarda asrga azon aytilgandan soʻng iqomagacha 10-15 daqiqa kutib turiladi. Bizning masjidda ham shunday, odamlar asr namozidan avval oʻqilishi sunnat boʻlgan 4 rakaʼt namozni ado qilishlarini kutib turishadi.

10 daqiqalar oʻtdi. Men mehrobdan 4-5 qator ortda oʻtiribman. Shunda oldi qatordagi odamlarning koʻpchiligi ortga qarashdi. Men ham qiziqib qarasam, Ismoil domla, imom noib, yana bir qori va Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori kelishayotgan ekan...

Ustozni koʻrib, xursand boʻlib ketdim. Shu zahoti xayolimga namozdan soʻng ustoz qiroat qilib beradilar, telefonga yozib olish kerak, degan oʻy keldi. Ozginadan keyin farzga iqoma aytildi.

Namoz tugadi. Tasbehlar aytildi. Duo qilindi. Soʻng Ismoil domla mikrafonni ustozga berdilar. Hasanxon qori Fath surasidan goʻzal tilovat qildilar. Bundan avval ham ustoz masjidga kelar, qiroat qilib berardilar. Lekin oʻsha kungacha kelmaganlariga biror hafta boʻlib qolgandi. Shu uchun bu safargi tilovatni boshqacha zavq bilan tingladim. Yozib ham oldim aytgancha.

Tilovatdan soʻng Ismoil domla duo qildilar. Duoni tugatgach hamma odatdagidek ketmoqchi edi, Ismoil domla ulardan oldin harakat qilib oʻrnilaridan turdilar-da, bir eʼlon borligini aytdilar. Hamma joyida toʻxtadi va domlaga quloq tutdi. Ismoil domla xushxabar borligini, Qurʼoni Karim xodimi, shayx hazratlarining shogirdlari Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori bugundan boshlab rasman «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidiga imom-noib etib tayinlanganlarini eʼlon qildilar…

Bu gapni eshitishimiz bilan «Allohu Akbar! Mashaalloh!» deb yubordik. Bu qanday xursandchilik?! Qanday baxt? Endi avvalgidek onda-sonda emas, tez-tez ustozning ortlarida turib namoz oʻqish, tez-tez Qurʼoni Karimdan turli tilovatlar tinglash baxti muyassar boʻlsa?! Alloh…

Ismoil domla eʼlonni aytib duo qildilar. Keyin hamma borib, yangi imom-noibni bu vazifaga tayinlangani bilan qutlab, ustoz bilan soʻrashdilar. Men ham ular orasida ustoz bilan soʻrashib oldim.

… Allohnin qadari ekan, bir necha oy oldin ustoz hazratning masjidlaridan boshqa masjidga xizmatga tayinlandilar. Bu xabarni eshitib, bir narsasini yoʻqotib qoʻygan odamdek, xuddi nafas olishim uchun moslama bor edi-yu, ustoz ketib bu moslama olib qoʻyildi, endi nafas olishim qiyinlashib ketayotgandek boʻldim.

Bunga ishongim kelmas edi. Ustozning har juma kuni maʼviza yoki namozdan keyingi tilovatlari, kun ora masjidda biror namozga imom boʻlishlari, namozdan soʻng goʻzal tilovat qilishlari, bundan hatto devorlar titrab ketishi, silsilaviy boʻlib kelgan ilmiy suhbatlar toʻxtab qolgani, har juma kuni kechqurun boshqa har qanday ishlarni toʻxtatib, bu suhbatlarga shoshishlar, masjid nashriyotga yaqin boʻlgani uchun ustozning nashr ishlari bilan bogʻliq yumushlari uchun kelib turishlari, hamma-hammasi bundan keyin boʻlmasligini oʻylab tom maʼnoda karaxt boʻlib qoldim.

Hozir ham bu satrlarni yozar ekanman, oynadan qarasam masjid binosi koʻrinib turibdi-yu, lekin u yerda ustoz yoʻqliklari uchun xuddi bejon boʻlibdek koʻrinar, dimogʻim boʻgʻilayotanini his qilyapman.

Bularni yozib, ustoz ketgandan keyingi kunlar oddiy yashamayotganimizni, ular har haftada berayotgan ruhiy ozuqa, uning quvvat zaxirasi tobora tugab, yana quvvatlashimiz vaqti kelib qolganini bildirmoqchi boʻldim.

Yana Hasanxon ustozimizning siymosidan ruhiy ozuqa olib, hayotimizni Paygʻambarlarning merosxoʻri bilan obod qilishni koʻp sogʻindik...

@hasanhusayn

**Ustozsiz oʻtayotgan kunlar**
3 months, 4 weeks ago

#maʼlumot

* *«Arbaʼin Navaviyya» tanlovi @husayn_buxoriy sahifasida boʻlib oʻtadi
Baʼzi izohlarda tanlov shu sahifada boʻlishi haqida yozilgan ekan.

Yoʻq, bu safargi tanlov @husayn_buxoriy sahifasida boʻlib oʻtadi. Shuning uchun hali ulgirmagan boʻlsangiz, u sahifaga obuna boʻlib oling. 😊

Alloh taolo barchamizga bu tanlovni manfaatli qilsin! 🤲

@hasanhusayn

4 months ago
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
5 months, 3 weeks ago
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
5 months, 3 weeks ago

**Baqara surasi, 183-188-oyatlar

Hasanxon Yahyo Abdulmajid** qoridan goʻzal qiroat!

«Hasanboy» jome' masjidi

Bomdod namozi. 06.11.2023

@hasanhusayn

6 months, 1 week ago

**Juma ayyom muborak bo'lsin!

Zuho va Sharh suralari 🥺

Hasanxon Yahyo Abdulmajid** qoridan goʻzal qiroat!

Maʼlumot uchun, ustoz «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi imom-noiblikdan ketdilar. Endilikda ustozni boshqa masjiddan topish mumkin. Bu qaysi masjid ekanini hali bilolmadik.

«Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir» 😢

@hasanhusayn

1 year, 10 months ago

Husaynxon qoridan go'zal qiroat! 🥺*🥺*

Toriq surasi**Xufton namozi. 27.06.2022

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:👇

TelegramYoutubeInstagramFacebook#Husaynxon_Yahyo_Abdulmajid #Toriq

1 year, 10 months ago

**Baqara surasi, 124-126-oyatlar

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf»** masjidi

Peshin namozi. 27.06.2022

* «U: «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, soʻngra doʻzax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» - dedi» oyatida... 🥺**

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:👇

TelegramYoutubeInstagramFacebook#Hasanxon_Yahyo_Abdulmajid #Baqara

1 year, 10 months ago

**Go'zal azon!

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf»** masjidi

Juma namozi. 24.06.2022

Bugungi juma namozidagi azonning sifatli yozib olingani
«Hayya 'alal falah» degan joyida... 🥺*

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:👇

TelegramYoutubeInstagramFacebook#Hasanxon_Yahyo_Abdulmajid #Azon

1 year, 10 months ago
[#maʼlumot](?q=%23ma%CA%BClumot) [#arbain](?q=%23arbain)

#maʼlumot #arbain

Bugun «Arbaʼin» suhbatining navbatdagisi boʻladiSuhbatga oid eng ko'p beriladigan savollarga javoblarni quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin

*📍 Masjid manzili*👉 @hasanhusayn

We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

✅ ZO'R TV-первый частный телеканал в Узбекистане, круглосуточно транслирующий программы в формате Full HD

Сайт: www.zortv.uz
facebook.com/zortv.uz
instagram.com/zortv.uz
YouTube.com/zortvuz

Last updated 1 week ago

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM