✅ ZO'R TV-первый частный телеканал в Узбекистане, круглосуточно транслирующий программы в формате Full HD
Сайт: www.zortv.uz
facebook.com/zortv.uz
instagram.com/zortv.uz
YouTube.com/zortvuz
Last updated 1 week, 2 days ago
Last updated 1 year, 5 months ago
Last updated 1 year, 2 months ago
✨ Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonidan qiroat qilingan Kahf surasi
✅ Ushbu qiroatlar «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidida juma kunlari yozib olingan.
? Qiroatlarni tinglang: https://www.youtube.com/watch?v=h8tn0JjOU2c&list=PLrtuaqn1o6zDvy2g4PJCQ8ngaB8aCuu6q
«Arbaʼin Navaviyya» suhbatlarini qayerdan tinglash mumkin?
Xabaringiz bor, Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan sharh qilignan «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlaridan tanlov eʼlon qilganmiz.
*✅ *Ushbu suhbatlarni ikkita joyda tinglashingiz mumkin:
✈️ 1. Telegram: @husaynbuxoriybotMazkur botga aʼzo boʻlib, «Arbaʼin Navaviyya» boʻlimini topasiz. Boʻlimda barcha 42 suhbat bor. Kerakli suhbatlarni tinglab, tanlovga tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin.
▶️ 2. YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=TFMMiBSCJQs&list=PLrtuaqn1o6zDQ9ONJbkRJwowpld1Bn7hIUshbu pleylistga ham kitobning barcha suhbatlari joylangan.
? Shu bilan birga ikkala manbada ham «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlaridan tashqari boshqa koʻplab ilm xazinalari bor. Tinglab, ilmingizni ziyoda qiling.
Marhamat, suhbatlarni tinglab, tanlovda ishtirok eting!
@hasanhusayn
Husaynxon Yahyo Abdulmajid qoridan Kahf surasi tilovati
✅ Arabcha matn va oʻzbekcha maʼnolar tarjimasi bilan birgalikda
2016-yilgi taroveh namozi
Tinglang: https://www.youtube.com/watch?v=H4Tv5pT1wXA
*? Manba:* @husayn_buxoriy
https://www.youtube.com/watch?v=0XarhEbPTQQ
YouTube
Qabristonga koʻmilayotgan qoʻgʻirchoqlar, jinlar ta'qibi, oʻlim uchun qilingan sehr nega koʻpaymoqda
17 yil folbinlik qilgan ayol, o‘lim sehridan aziyat chekkanlar va mutaxassislar haqiqati. Bugungi kunda issiq-sovuq ko‘payotgani rostmi? 00:00 — Tizer 01:25 — Sehrning jamiyatga qanday xatari bor? 02:21 — Sehr haqiqatan bormi? 12:05 — Rivojlanayotgan sehr…
OGOHLIKKA DAʼVAT!
Azizlar!
Ijtimoiy tarmoqlarda Husayn Buxoriy nomidan sahifa ochib, unga turli maʼlumot qoʻyayotganlar, eng achinarlisi – u kishining nomlaridan savollarga oʻzicha sharʼiy javob berayotganlar koʻpayib qolibdi.
Ogoh boʻling!
Yana bir bor eslatib oʻtamizki, Husaynxon Yahyo Abdulmajid ijtimoiy tarmoqlarning birortasida – telegram, feysbuk, yutyub, instagram kabilarning birortasida shaxsan oʻzlari faoliyat olib bormaydi. @husayn_buxoriy sahifasi esa ustozning muhlislari tomonidan yuritiladi. Ammo bu sahifada ham savollarga javob berilmaydi.
Ogoh boʻling!
Ijtimoiy tarmoqlarda u kishining nomlaridan gapirayotgan, savollarga javob berayotgan, sahifa ochib, faoliyat yuritayotganlarga aldanib qolmang.
Savollaringiz boʻlsa, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Fatvo markaziga qoʻngʻiroq qilib, javob olishingiz mumkin (78-150-33-44)
Ustozsiz oʻtayotgan kunlar
2020-yilning avvali. Yanvar oyi. Qahraton qish oʻz zahmini oʻtkazayotgan, izgʻirin sovuq, yuzni shiladigan achchiq shamol atrofni kezib yuribdi. Hatto derazaning tirqichidan kirayotgan muzdek havodan odamning butun tanasi titraydi.
Ana shunday kunlardan biri edi. Asr namoziga Hazratning masjidlariga chiqdim. Masjid ishxonaning yaqinida boʻlishi baxt! Har kuni azonni eshitasan, har namozga aytilgan azon ruhingni yangilanadi goʻyo.
Azon aytayotganda ishxonadan chiqib, masjidga qarab yoʻl oldim. Sovuq boʻlgani uchun tez-tez yurib, xonaqohga kirib oldim. Odatda masjidlarda asrga azon aytilgandan soʻng iqomagacha 10-15 daqiqa kutib turiladi. Bizning masjidda ham shunday, odamlar asr namozidan avval oʻqilishi sunnat boʻlgan 4 rakaʼt namozni ado qilishlarini kutib turishadi.
10 daqiqalar oʻtdi. Men mehrobdan 4-5 qator ortda oʻtiribman. Shunda oldi qatordagi odamlarning koʻpchiligi ortga qarashdi. Men ham qiziqib qarasam, Ismoil domla, imom noib, yana bir qori va Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori kelishayotgan ekan...
Ustozni koʻrib, xursand boʻlib ketdim. Shu zahoti xayolimga namozdan soʻng ustoz qiroat qilib beradilar, telefonga yozib olish kerak, degan oʻy keldi. Ozginadan keyin farzga iqoma aytildi.
Namoz tugadi. Tasbehlar aytildi. Duo qilindi. Soʻng Ismoil domla mikrafonni ustozga berdilar. Hasanxon qori Fath surasidan goʻzal tilovat qildilar. Bundan avval ham ustoz masjidga kelar, qiroat qilib berardilar. Lekin oʻsha kungacha kelmaganlariga biror hafta boʻlib qolgandi. Shu uchun bu safargi tilovatni boshqacha zavq bilan tingladim. Yozib ham oldim aytgancha.
Tilovatdan soʻng Ismoil domla duo qildilar. Duoni tugatgach hamma odatdagidek ketmoqchi edi, Ismoil domla ulardan oldin harakat qilib oʻrnilaridan turdilar-da, bir eʼlon borligini aytdilar. Hamma joyida toʻxtadi va domlaga quloq tutdi. Ismoil domla xushxabar borligini, Qurʼoni Karim xodimi, shayx hazratlarining shogirdlari Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori bugundan boshlab rasman «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidiga imom-noib etib tayinlanganlarini eʼlon qildilar…
Bu gapni eshitishimiz bilan «Allohu Akbar! Mashaalloh!» deb yubordik. Bu qanday xursandchilik?! Qanday baxt? Endi avvalgidek onda-sonda emas, tez-tez ustozning ortlarida turib namoz oʻqish, tez-tez Qurʼoni Karimdan turli tilovatlar tinglash baxti muyassar boʻlsa?! Alloh…
Ismoil domla eʼlonni aytib duo qildilar. Keyin hamma borib, yangi imom-noibni bu vazifaga tayinlangani bilan qutlab, ustoz bilan soʻrashdilar. Men ham ular orasida ustoz bilan soʻrashib oldim.
… Allohnin qadari ekan, bir necha oy oldin ustoz hazratning masjidlaridan boshqa masjidga xizmatga tayinlandilar. Bu xabarni eshitib, bir narsasini yoʻqotib qoʻygan odamdek, xuddi nafas olishim uchun moslama bor edi-yu, ustoz ketib bu moslama olib qoʻyildi, endi nafas olishim qiyinlashib ketayotgandek boʻldim.
Bunga ishongim kelmas edi. Ustozning har juma kuni maʼviza yoki namozdan keyingi tilovatlari, kun ora masjidda biror namozga imom boʻlishlari, namozdan soʻng goʻzal tilovat qilishlari, bundan hatto devorlar titrab ketishi, silsilaviy boʻlib kelgan ilmiy suhbatlar toʻxtab qolgani, har juma kuni kechqurun boshqa har qanday ishlarni toʻxtatib, bu suhbatlarga shoshishlar, masjid nashriyotga yaqin boʻlgani uchun ustozning nashr ishlari bilan bogʻliq yumushlari uchun kelib turishlari, hamma-hammasi bundan keyin boʻlmasligini oʻylab tom maʼnoda karaxt boʻlib qoldim.
Hozir ham bu satrlarni yozar ekanman, oynadan qarasam masjid binosi koʻrinib turibdi-yu, lekin u yerda ustoz yoʻqliklari uchun xuddi bejon boʻlibdek koʻrinar, dimogʻim boʻgʻilayotanini his qilyapman.
Bularni yozib, ustoz ketgandan keyingi kunlar oddiy yashamayotganimizni, ular har haftada berayotgan ruhiy ozuqa, uning quvvat zaxirasi tobora tugab, yana quvvatlashimiz vaqti kelib qolganini bildirmoqchi boʻldim.
Yana Hasanxon ustozimizning siymosidan ruhiy ozuqa olib, hayotimizni Paygʻambarlarning merosxoʻri bilan obod qilishni koʻp sogʻindik...
✅ ZO'R TV-первый частный телеканал в Узбекистане, круглосуточно транслирующий программы в формате Full HD
Сайт: www.zortv.uz
facebook.com/zortv.uz
instagram.com/zortv.uz
YouTube.com/zortvuz
Last updated 1 week, 2 days ago
Last updated 1 year, 5 months ago
Last updated 1 year, 2 months ago