''Lolazor'' | Murod Muhammad Do'st

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

9 months ago
9 months ago

#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

????? *❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!*⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz **sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
?Talabgorning:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
** ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

*Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
*** Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

*?IJOD MAKTABLARI:*? Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi? Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi? Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi? Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi? Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi? Ogahiy nomidagi ijod maktabi? Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi? Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi? Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
*? *Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

9 months, 1 week ago

Muallif: Sa'dullo Quronov

*? Kanalimiz:* https://t.me/lolazor_MMD

9 months, 1 week ago

#Taqriz

? "Lolazor" romani haqida

Oshnoga oshno taqdirlar
“Lolazor” asarini oʻqib tugatdim va hali hamon uning ta'siridaman. Bilmayman, bu ta'sir meni qachongacha oʻz izmida ushlab turadi?
Asar tili ravon, ammo oʻqilishi qiyin. U hamma asarlar kabi yengil va oson oʻqilmaydi. Chunki uning toshi ogʻir. Roman boshqa asarlarga taqlid qilmaydi, uning oʻziga xosligi ham shunda. Unda sevgi va ishq oʻyinlari ham asosiy planda emas. Balki bir umr bir-biriga oshnolik qilgan, “yonma-yon, ammo butkul tanholikda oʻtgan” ikki inson taqdiri, ular asnosida oʻnlab personajlar qismati, tabiati, ruhiyati orqali jamiyat va tuzumning inqirozi badiiy tahlil va talqin qilinadi. Oʻz oʻrnida qoʻllanilgan kinoya, piching, qochiriq, istehzoo, kesatiqlar romanga oʻziga xos goʻzallik baxsh etgan.
Asar markazida respublikaning mas'ul rahbari Oshno hamda unga bir umr yoʻldoshlik qilgan, uning panohida jon saqlagan Nazar Yaxshiboyev turadi. Bu ikkisi ikki olam, ikki xarakter, ikki ruhiyat egasi. Birinchisi daraxt novdasidek moʻrt, guldek nozik. Qattiqroq shamol essa, sinib tushgudek. Siyosiy tuzum bor boʻyi bilan oʻz nogʻorasida oʻynata oladi. Ikkinchisi esa chapaniroq, chayirroq. Goʻyoki yantoqqa oʻxshaydi, boʻronga ham, jaziramaga ham dosh bera oladi. Har qanday vaziyatdan chiqib ketish yoʻlini topuvchi ustomon. Shunday boʻlishiga qaramay, novdadek moʻrt Oshnoning toleiga oshno. U topgan obroʻ-e'tibor, yaxshi-yomon kunlar, yoʻqotishlar, xato va adashishlar, achchiq saboqlar ana shu inson bilan bogʻliq. Ammo Nazar Yaxshiboyev “Oshnoni men yaratdim”, men boʻlmasam, Oshno ham boʻlmas edi deb oʻylaydi.
Oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻini lolazorga aylantirmoqni istagan Oshno mansab otiga mingach, Bulduruq uchun bir ariq suv chiqarib berishga yaramadi. Yaxshiboyev masalani eslatganida odamlar nima deydi, ular bizni mahalliychilik qilyapti deb malomat qilmaydimi, deya qoʻrqdi. Asli qoʻrqoq edi Oshno. talabalik davrida ham, mansab egasi boʻlganda ham qoʻrqib yashadi. Oʻzining jon doʻstiga ham ishonmasdi. Uning ishonchsizligi “–Yoʻq, Nazar, – dedi Oshno titrab, qaqshab, – ikkovimiz bir kunda oʻlganimiz ma'qul. Oʻshanda sen menga magʻzava toʻkishga ulgurmaysan”, degan soʻzlaridan ham ma'lum.
   Yaxshiboyevni yeyish, yutib yuborish anchayin mushkul. Uni chaynamoqchi boʻlgan insonning tishlari qamashadi, yutmoqchi boʻlganida esa tomogʻiga suyakdek tiqiladi va hech qachon hazm boʻlmaydi...
   Yozuvchi romaniga turgʻunlik muhiti ta'siriga tushib qolgan, aslida iste’dodli yozuvchi boʻlgan Saidqul Mardonni ham qissanavis qilib olib kirgani ham asarning mukammal boʻlishini ta’minlagan. Sababi voqealarni faqat Nazar Yaxshiboyev nigohi bilan kuzatadigan boʻlsak, balki Oshno va Yaxshiboyevga oid hodisalar, boshqa odamlar haqidagi toʻla haqiqatga erisholmagan boʻlardik.
   Tuzum qutqusiga uchmagan Saidqul Mardon Oshno va Yaxshiboyev toʻgʻrisidagi haqiqatlarni bayon qilar ekan, vaqti-vaqti bilan oʻz kechinmalari, hayoti, kechmishini ham hikoya qiladi. Va asarga toʻkislik beradi. Asardagi voqealar goh bemor, goh qissanavis tomonidan bayon etilishi asarga oʻziga xos bahs, tasvirga esa polifonik xususiyat, serjilo ma’no kasb etgan. "Lolazor" romani haqiqiy realistik asardir. Chunki muallif asardagi voqealarni, insonlarning taqdiri, ularning qingʻir ishlari-yu gunohlarini oʻsha davrdagi muhitdan ajralmagan holda, qalban his qilib, tushunib qalam tebratgan. Va roman shunisi bilan qimmatlidir.
   Boshdan oyoq kinoyaga qurilgan asarni oʻqiy turib, Oshnoning taqdiriga oshnolik qilgan insonlardan shunday jirkanasanki, hatto oʻzim ham, balki, Yaxshiboyevdirman, deb oʻylab qolasan.
   “Lolazor” romani haqida juda koʻp gapirish, bahs yuritish mumkin. Men bir oʻquvchi sifatida oʻz tushunchalarimni, taassurotlarimni bayon qilishni istadim, xolos. Oʻz vaqtida ikki taqdir egalariga juda, juda achindim. Shu xalqning bir a’zosi sifatida istardimki, Yaxshiboyev va Oshnoning taqdirini takrorlovchi insonlar zamonamizda boshqa uchramasin, Saidqul Mardon kabi ta’masiz insonlar, ijodkorlar koʻpaysin.

© Gulzoda Safarova 

https://t.me/lolazor_MMD

11 months, 3 weeks ago
11 months, 3 weeks ago

Ertangi imtihonda barchamizga Alloh yor bo'lsin!..

11 months, 3 weeks ago

"Lolazor" asari haqida malumot

Sultonlara bosh egmaram harchand faqiram (Vohid)

Chorshanbiyev - Odil Jumayev, Nazar yaxshiboyevning shogirdi

Nazar Yaxshobyev- otasini o'ligiga ham bormagan xudosiz, birinchi "Qizil Hashar" maqolasi bosiladi, yolg'onlarga ko'milgan tizimda yashayotganini biladigan obraz

Xorun Kalonov- Oshno totalitar tizim tarbiyalagan sovet kishisi, birinchi maqolasi"Burgutning parvozi" , birinchi Moyirani olmoqchi boladi xotini urushda o'lgan muharirning jiyani Muyassar

Ayoli Muhsina xonim-45yoshda nafaqaga chiqadi aktrisalikdan

1 Avvalbek
2 Olloyor
3. Sokina( qizi Nigor)

Robig'a Robi Robiya uy xizmatchisi

Avvalbek va Muhsina Nazarni Sassiq taka deb ataydi

Muhsina olib kelgan nilufarlar oq nilufarlar edi ( yakunda Oliya oq Nilufar sifatida tasvirlanadi)

Nazardan oldin dusti Sharif shu kasalxonada davolangan edi

Oq soch professor 60 ni qoralab qolgan,kesatiq bn gapiradigan odam

Oqsoch professor Vahobov edi

Sharifning rakka uxshash kasali bo'lgan

Dublyajda ovoz bergan Muhsina

Sokinani Nigora degan qizchasi bor edi.

Misha degan sartaroshi boladi Yaxshiboyevning

Sokinani 2 ta:bir ugil bir qizi buladi

Avvalbek 2 marta uylangan va hozirgi xotini Tamara

Avvalni avvalgi xotini eri bn tashrif buyuradi bularni uyiga

Solijon -yosh mualim Nazarni imtixondan yiqitmoqchi bo'lgan.

Nazar kasalxonadaligida Anbaroy degan badantarbiyachi ayol shug'ullantiradi,eri bokschi boladi.

2yil oldin kolxoz rais,gaplarni notogri qolaydigan -Choriboy Mamatqulov

27yildan beri Robiya uy xizmatchisi

Sobit degan nazar haqida maqtov yozgan

Jonizoq karvon ularni shaharga eltib qoyadi

Levicha -Lutfullo uni bog'i va farzandi Simxo-Sadulla degan o'g'li bor .O'g'li etik tikardi

Oshno Faloniyadaligi u.n Nazarni ko'rgan kelolmaydi.

Avvalbek-rassom edi va nasha chekardi

Olloyorni qo'lida bollar yiglashdan toxtardi va xotini Sora edi uyda faqatgina xotini hurmat qilardi

Yo'ltosarlar
Keskir laqabli kuzur-Rafiq
Shomat - boshliq kuzur Nazar uni yutgandan keyin Nazar boshliq boladi
Shoqul-Saidqulni doppaslagan 10 so'm so'ragan va u 3 so'm olib borgan, Nazar sababli chaqalarini qaytarib beradi chunki Nazar bir paytlar yoltosar bolgan

Nazar vokzalda yuk tashuvchi bb ham ishlaydi,ammo bu ishga oshnoni chiqarmasdi huddi otasidek edi . Nazarni otasi bosmachning o'qlari va Sariq degan dard sababli o'ladi

Vosit karvonning og'li Eshbek kotib bb Ochil sariq rais bb saylanadi

Qurbonoy ming tonna paxta teradi,homiladorligida nazar yotgan kasalxonada vafot etadi

Saidqulning sevimli nabirasi Barno edi pochchasini Anqara deb masqara qilishadi ,u ruhiy kasaliklar shifonasida bosh vrach edi

Saidqulni Nazar qishlog'iga daraxt ekizadi,To'pori degan rais bilan tanishtiradi, tutingan ukasi Abdujabbor b.n akasi Xolmo'mini qabriga Mardonov deb yozadi va ismini "Normoʻmin" deydi

Elomonov ishdan olinadi muharirlikka xotini Gunafsha -Rayxon Nazarni oldiga keladi,Muhsinani konglini oladi

Zohid- Viloyat boshlig'i, sanatdan iqtidori bor, Muyassar va Nazarni haykalchasini pora o'rnida beradi
Yoshullin- xuddi zohiddek kemaning bir uchuni kovlab g'arb qilayotgan mafkura kishisi

Asar yakunda Saidqul Nazarni Bulduriqqa ko'madi va 10mingni maktab ta'limga hujjatlashtiradi,Muhsina yelib yugursa ham bu pulni ololmaydi . Saidqul Olloyorni boqqa olib boradi Olloyor va Sokina farzandlari b.n kelib ketib turadi.

Muallifi:Muhayyo Mamurova

Bizning kanal manzili ?****https://t.me/+9SXSMuz58rpkMGEyhttps://t.me/+9SXSMuz58rpkMGEy

MILLIY SERTIFIKAT — MAXSUS KANAL©️

11 months, 3 weeks ago

? Murod Muhammad Do‘st
? "Lolazor"

Bugungi kun kitobxoni kutgan asar – “Lolazor” nihoyat, qo‘lingizda!  Garchi romanning ilk nashri o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligiga to‘g‘ri kelsa-da, u o‘quvchilar “to‘ymagan” asarlardan biri hisob­­lanadi. Nega? Sabab oddiy – asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan  so‘zlaydi.
Mutolaa davomida qahramonning umr yo‘li, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yo‘lning dastlabki qadamidan to so‘ngiga qadar o‘quvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh bo‘ladi. Yana biri – Oshno bilan do‘st tutinadi. Lekin birda hamfikr bo‘lsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa, tabiiyki, o‘quvchi vaziyatni o‘zgartirmaydi, aksincha, Oshnoning oshnosiga, Yaxshiboyevning shogirdiga, hatto Qurbonoyning fojiasiga aylanadi. Boshqa yo‘l yo‘q – istamagan holda o‘quvchi o‘zining sobit qarashidan voz kechadi!
Asar so‘nggida kitobxon mulohazaga cho‘madi, bir so‘z bilan ayt­ganda, mutolaadan kim nimani izlasa, shuni topadi.

? @kitoblar_pdf

11 months, 3 weeks ago

#Audiosuhbat
? Nima o‘qiymiz? Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiya qiladi

? Turkum: Kitob; Mutolaa
? Dastur: Nima o‘qiymiz?

“Nima o‘qiymiz?” loyihasining bu galgi mehmoni —taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov.

00:00:00 - Tizer
00:01:02 - Mutolaa haqida
00:07:50 - So‘nggi o‘qilgan kitoblardan tavsiyalar: “Amerika fojiasi” va “Baxtiqaro Kerri” asarlari haqida
00:12:32 - “O‘tkan kunlar” romani haqida
00:12:59 - Ayrim kitoblarni kino qilib bo‘lmasligi va kino qilmaslik kerakligi haqida
00:20:53 - Yoshlarga tavsiyalar
00:25:58 - Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostoni haqida
00:32:14 - Asad Dilmurodning “Sherdor” qissasi va “Mahmud Torobiy” romani haqida
00:38:39 - Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” asari haqida
00:42:06 - Karel Chapekning “Salamandralar bilan jang” asari haqida
00:46:08 - Gabriel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asari haqida
00:52:56 - Jorj Oruellning “1984” asari haqida
00:59:59 - Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romani haqida

? @audiokitoblar_uz

11 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago