Solih Sulton | She'riyat va Nasr

Description
Bir necha yuz betlik asarlardagi mazmunni to'rt satrga sig'dira olgan telbaga shoir deyiladi!

© Solih Sulton

Kanaldan olingan materiallarga o'zgartirish kiritmang yoki muallif ruxsatisiz foydalanmang!
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

5 months, 2 weeks ago

Kuzgacha tanaffus!

7 months, 2 weeks ago
[#turtliklar](?q=%23turtliklar)

#turtliklar

Men shoir emasman, g'o'raman, toshman,
Shoirlik gashtini surishga yoshman.
Ikki og'iz gap, to'rt misra she'r bilan,
O'zini shoirdek tutgan beboshman.

© Solih Sulton

Obuna bo'ling:
@SolihSultonijodi

7 months, 2 weeks ago
Yolg'izlik

Yolg'izlik

Suratingni quchib o'tmoqda umrim,
Oqshom vujudimni sog'inch erkalar.
Azizam, men sendan ayrilgan kunim
Hijron hanuzgacha qalbim tirnalar.

Har kecha yolg'izman, har kecha sensiz,
O'ylarim sababchi, dardim sababchi.
Sen-ku yashayapsan bemalol mensiz,
Balki mensizlikka bo'lding "Qo'riqchi"!

Bildim, o'rganibsan mensiz yashashga,
Rost bo'lsa so'zim, bir xo'rsinib qo'ygin.
Mening kuchim yetmas sensiz yashashga,
Kelib o'zing menga o'rgatib qo'ygin!

© Solih Sulton | 2021

Obuna bo'ling:
@SolihSultonijodi

7 months, 2 weeks ago

Xato

Oshiq bo'lib men seni sevdim!
Dilginamga ishq sarob bo'ldi.
Oqibatin o'ylamay sevdim,
Mukofoti ming azob bo'ldi.

Bag'ishladim senga umrimni,
Sen-chi, menga ayt, nima berding?
Bir umrlik muhabbatimni
Qabrgamas, qalbimga ko'mding!

Ne yomonlik qilgandim axir,
Xatoyimni tushuntir menga?!
Yo'ldan urib qaysi toshbag'ir,
Oh, negayam ishondim senga!

Hammasiga o'zim aybdor!
Ayblarimni yuvib bo'lmaydi.
Ko'ksimda bir injiq yurak bor,
Seni undan quvib bo'lmaydi.

Toki hayot ekanman, afsus,
Bu yurakdan sira chiqmaysan.
O'n sakkiz ming olamda yolg'iz,
Undan boshqa joyga sig'maysan.

Chunki seni jonidan ziyod
Asraguvchi, ko'rguvchi bitta!
Ne sinovga solmasin hayot,
Doim seni sevguvchi bitta!

Buni o'zing bilarsan, ammo
Negadur tan olging kelmaydi.
Balki sevib qilganman xato,
Endi uni yuvib bo'lmaydi.

Kech bo'lsa-da, tushunib yetdim,
Hech kimsaga yurak bermayman.
Sevgi degan so'zni unutdim,
Endi o'zim uchun yashayman!

✍️ Solih Sulton / 2021

Obuna bo'ling:
@SolihSultonijodi

7 months, 3 weeks ago

Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Ishq silarkan g'animlarning boshini,
To'kar ekan g'ariblarning yoshini.
Tan olaman, yedim ishqning oshini,
Ammo taom boshqa, sharob boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Sevilganning sevgan bilan ishi yo'q,
Nima qilsin, muhabbatga xushi yo'q.
Ishq mevasin chaynay desa tishi yo'q,
Chaynash boshqa, hazm qilish boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Unutmoqni unutgandan o'rganar,
Sevib qolsa, yana ko'ngil o'rtanar.
Bilmaganlar doim aql o'rgatar,
Aql boshqa, yurak degan boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Yo'q, ko'ngilga buyruq berib bo'lmaydi,
Uni zo'rlik bilan olib bo'lmaydi.
Axir... axir... majbur sevib bo'lmaydi,
Zo'rlik boshqa, mudom zorlik boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Sevgan odam sevilganni sud qilar,
Sevgisini rad aylasa dod qilar.
Tag'in zorib, Xudoga faryod qilar,
Gunoh boshqa, savob yo'li boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Sevilgandan hadeb gunoh izlamang,
Unga sevgi hikmatini so'zlamang.
Bechorani sevolmasa qiynamang,
Siz boshqasiz, uning ko'ngli boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Biron kimni sevib ko'ngli to'lmagan,
Yo dunyoga sevgi uchun kelmagan.
Hatto Navoiyning yori bo'lmagan,
Shoir boshqa, oshiq g'arib boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Siz bilmaysiz - yo kimnidir kutar u,
Ko'p kutilgan yorni tushda ko'rar u.
Nasib etsa halolini sevar u!
Halol boshqa, biling, harom boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Kim biladi, haloliga mehrli,
Unga bo'lgan ishqi sabab qahrli.
Xudo atab qo'yganiga sabrli,
Dilxoh boshqa, umr yo'ldosh boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Har kimga ham munosibin beradir,
Sevgan odam jannatda baxt ko'radir.
Biling, sizni Xudoginam sevadir!...
Rob boshqadir, iblis-shayton boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

✍️ Solih Sulton / 2022

Obuna bo'ling:
@SolihSultonijodi

7 months, 3 weeks ago

O'zga ko'ngil yo'qdir ko'nglingdan o'zga!

O'zga ko'ngil yo'qdir ko'nglingdan o'zga,
Meni huzurotga hadya etguvchi.
O'zga botir yo'qdir o'zingdan o'zga,
Jim kelib, jimgina qaytib ketguvchi.

Ko'nglim koinotga sochilib ketgan,
Ko'nglim koinotning quchog'idan keng.
Bu ko'ngilning choki ochilib ketgan,
Bu chok yer yuzining o'lchamidan keng.

Cho'qqiga bosh qo'ygan ko'ngil seniki,
Dimog'ing falakka yetgaydir borib.
Ko'yiga tosh otgan ko'ngil meniki,
Million yilda baxtga yetgaydir zorib.

Kun yetib jonimni tutsa Azroil,
Ketaman mavhumot qa'riga tobon.
Bir buyuk sevgini unutsam hamki,
Unutma, unutmam noming hech qachon!

✍️ Solih Sulton / 2022

Obuna bo'ling:
@SolihSultonijodi

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago