YouKey

Description
Mashhurlardan emas, soha
mutaxassislaridan soʻraymiz!

Aloqa uchun: [email protected]

More: youkey.uz
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

1 год, 2 месяца назад

​​Telefoningizga mos kelmaydigan yoki ma’lum davlatlar uchun mo‘ljallangan dasturlarni qanday o‘rnatish mumkin?

Smartfoningizga Playmarketdan biror dasturni yuklab olmoqchi bo‘lganingizda, "Qurilmangiz ushbu versiya bilan mos emas" yoki "Sizning mamlakatingizda qo‘llab-quvvatlanmaydi" kabi yozuvlarga duch kelsangiz, bilingki, muammoning yechimi mavjud. Quyida ushbu yechimlarning bir nechasini aytib o‘tamiz.

Ogohlantiramiz quyidagi yechimlar mos bo‘lmagan dasturlarni o‘rnatishda yordam berishi mumkin, ammo yuzaga kelgan muammoni hal qilishning kafolati emas. Ilova o‘rnatilgan taqdirda ham smartfoningizda ishlamasligi mumkin, sababi esa eskirgan Android tizimi yoki texnik parametrlarining yetarli bo‘lmasligi.
VPN dan foydalanish

VPN ilovalari foydalanuvchi haqiqiy joylashuv hududi o‘rniga boshqasini tanlashga imkon beradi. Shu usul bilan ma’lum davlatlar uchun mo‘ljallangan ilovalarni Playmarketdan yuklab olib, keyin VPN ilovasini o‘chirib qo‘yish mumkin.
Dasturni norasmiy manbalardan oʻrnatish
Apkpure dasturi orqali playmarketda yoʻq boʻlgan yoki maʼlum bir hududlar uchun uzib qoʻyilgan dasturlarni bepul yuklab olishingiz mumkin.

@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

[​​](https://telegra.ph/file/39cf4270ca77857e31405.jpg)**Telefoningizga mos kelmaydigan yoki ma’lum davlatlar uchun mo‘ljallangan dasturlarni qanday o‘rnatish mumkin?**
1 год, 2 месяца назад

Gboard - birinchi raqamli klaviatura

Smartfonda klaviatura eng asosiy vazifani bajaradi. Ko‘pchilik e’tibor bermasdan smartfonning o‘zida o‘rnatilgan klaviatura dasturining imkoniyatlarini yetarli deb o‘ylashi mumkin.

Lekin Men Sizga tavsiya qiladigan Gboard - Google Klaviatura imkoniyatlariga e’tibor berib ko‘ring:

- So‘zlarni tez yozish uchun, xarflardan barmog‘ni uzmasdan yozish
- Matn yozish imkoniyati bo‘lmaganda, ovoz bilan yozish
- Matnni qo‘lda yozish orqali kiritish
- Klaviaturani tark etmasdan Google da qidirish
- Smaylik va GIF animasiyalarni qidirib topish va suhbatdoshga yuborish
- Barcha tillarda so‘zni oldindan taklif qilish va tuzatish imkoniyati
- Google tarjimon funksiyasi klaviaturaning o‘ziga biriktirilgan
- har xil temalar o‘rnatish imkoiyati
va boshqa juda ko‘plab imkoniyatlar

Yuklab olish: PlaymarketApkpure

@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

[​](https://telegra.ph/file/bc890b2972559f7935e38.jpg)**Gboard - birinchi raqamli klaviatura**
1 год, 2 месяца назад

​​Smartfondagi o‘yin rejimi nima uchun kerak?

Mobil o‘yinlarning mashhurligi oshib bormoqda va tabiyki foydalanuvchilar o‘yin ilovalarini o‘z smartfonlarida iloji boricha qotmasdan va tezroq ishlashini xohlashadi. Aynan shu maqsadda smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar maxsus o‘yin rejimini ishlab chiqishgan.

O‘yin rejimi - bu smartfonning barcha kuchi eng yaxshi o‘yin ko‘rsatkichlariga yo‘naltirilgan maxsus rejim. Boshqacha aytganda, bu rejim mobil o‘yinlardan ko‘proq zavq olish uchun yordam beradi.

O‘yin rejimi maxsus sozlamalarni o‘z ichiga oladi va ularga quyidagilar kiradi:

- bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yish. O‘yin jarayonida hech kim chalg‘itmasligi uchun;
- fon rejimida ilovalar yangilanishini taqiqlash. Internet orqali ishlaydigan o‘yinlar uchun trafikni tejash imkonini beradi;
- kirish qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash. O‘yin jarayoniga e’tiborni jamlash uchun kirish qo‘ng‘iroqlarini ko‘rsatmaslikka yordam beradi;
- fon rejimidagi ilovalarini yopish. Smartfon operativ xotirasi (RAM) bo‘shatishga yordam beradi;
- quvvatni tejashni o‘chirish/yoqish. Prosessor ish tezligiga ta’sir qiladi;
- o‘yinlarda kerakli ekran yorqinligi va ovoz balandligini sozlash.

Bundan tashqari, o‘yin rejimi ilovalar yoki kontaktlarni qo‘shishingiz mumkin bo‘lgan istisnolar ro‘yxatini tuzishga imkon beradi - ulardan bildirishnomalar va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishingiz mumkin.

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘yin rejimini turlicha nomlashadi. Masalan, Samsung — Game Launcher, Xiaomi — Game Turbo, Vivo — Ultra Game Mode. Ushbu rejim barcha smartfonlarda ham mavjud bo‘lmasligi mumkin.

@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

[​​](https://telegra.ph/file/f2644f0f3a362db351ed0.jpg)[​](https://telegra.ph/file/61a278ddc676db5e59674.jpg)**Smartfondagi o‘yin rejimi nima uchun kerak?**
1 год, 2 месяца назад

​​Ilovalarni avtomatik yangilashni o‘chirib qo‘yish kerakmi?

Smartfoningizdagi ilovalarni avtomatik yangilash funksiyasi afzalliklarga qaraganda ko‘proq kamchiliklarga ega.

Google Play Market sozlamalarida ilovalarni avtomatik yangilash odatda Wi-Fi tarmog‘i uchun faollashtirilgan bo‘ladi. Bu funksiya qulaylik uchun yaratilgan bo‘lib, smartfonda o‘rnatilgan ilovalarni so‘nggi versiyalariga avtomatik yangilaydi. Biroq ilovalarni avtomatik yangilanishi ba’zida qo‘shimcha muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Avtomatik yangilashni o‘chirib qo‘yish quyidagi holatlarda tavsiya etiladi.

Smartfon xotirasini tejash uchun
Yangilanishlar hajmi ko‘plab omillarga, masalan, ilovaning hajmiga bog‘liq. Agar u "katta" bo‘lsa, uni yangilash umumiy xotiraga ko‘p ham ta’sir qilmaydi. Yana bir omil — bu o‘zgarishlar soni. Ishlab chiqaruvchi qancha ko‘p funksiyalar qo‘shgan bo‘lsa, shuncha ko‘p megabayt qo‘shimcha yuklanishi kerak bo‘ladi va bu o‘z navbatida xotirada qo‘shimcha joyni talab qiladi. Ilovalarning avtomatik yangilanishi smartfon xotirasi asta-sekin to‘lib borishining umumiy sabablaridan biri. Aksariyat foydalanuvchilar ushbu avtomatik funksiya yoqilganligidan xabarlari bo‘lmaganligi uchun, kamayib borayotgan bo‘sh joy ular uchun sir bo‘lib qolaveradi.

Internet trafikni tejash uchun
Yangilanish hajmi, sarflanishi kerak bo‘lgan Internet megabaytlari miqdoriga ham ta’sir qiladi. Har qanday avtomatik yangilanishlar oylik trafikingizning katta qismini olib qo‘yishi mumkin.

Batareya quvvatini tejash uchun
Avtomatik yangilanishlarning asosiy kamchiligi shundaki, ular to‘satdan ishga tushishi mumkin. Va agar shu damda foydalanuvchi, masalan, muhim qo‘ng‘iroq uchun batareya zaryadining oxirgi 5 % ni tejashga harakat qilsa, rejasiz yangilanishlar bu foizni tezda sarflab, odamni aloqasiz qoldiradi.

Muvaffaqiyatsiz yangilanishlarning oldini olish uchun

Har qanday ilovani yangilash mukammal bo‘lmasligi yoki hatto ishlamaydigan bo‘lib chiqishi ham mumkin, bu esa ushbu ilovadan vaqtincha foydalanish imkonsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, buni oldindan aniqlab bo‘lmaydi. Avtomatik yangilash ilovaning yangi versiyasi paydo bo‘lishi bilanoq faollashadi. Agar avtomatik yangilashni o‘chirib qo‘ysangiz, birinchi navbatda boshqa foydalanuvchilar sharhlarni o‘qib, yangilangan versiyaning afzallik va kamchiliklarini bilib olasiz. Masalan kerakli funksiyalar olib tashlangan yoki yangi dizayn sizga ma’qul kelmagan bo‘lsa, ilovaning eski versiyasiga ma’lumotlarinizni saqlagan holda qaytish imkonsiz bo‘lishi mumkin.

Internet tezligi sekinlashishini oldini olish uchun
Agar Internet tezligingiz shundoq ham sekin bo‘lsa, fonda avtomatik yuklanishlar tufayli hatto Telegram messenjerida yozishmalaringizni ko‘rishni ham biroz muddat imkoni bo‘lmay qoladi. Internet orqali videolarni tomosha qilish va boshqa og‘irroq vazifalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Tizim "qotib" ishlashning oldini olish uchun
Ilovalarni yangilash smartfon resurslaridan foydalanadi. "Kuchsiz" qurilmalar haqida gap ketganda, fondan yuklab olishlar smartfonning jiddiy sekinlashuviga olib keladi. Faqat yuklab olishni tugashini kutib, keyin boshqa vazifalarni bajarishga imkon bo‘ladi.

Ilovalarni avtomatik yangilashni oʻchirib qoʻyish uchun takrorlang:

  1. Google Play Market
  2. Yuqori o‘ng tomonda akkauntingiz belgisi
  3. Sozlamalar
  4. Tarmoqqa ulanish sozlamalari
  5. Ilovalarni avtomatik yangilash
  6. Avtomatik yangilanmasin

@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

[​​](https://telegra.ph/file/7f29213eaa50abc93fbb4.jpg)**Ilovalarni avtomatik yangilashni o‘chirib qo‘yish kerakmi?**
1 год, 2 месяца назад
**“ChatGPT” endi rasman Oʻzbekistonda** ***☺️***

“ChatGPT” endi rasman Oʻzbekistonda ☺️

Kompaniya neyron tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar va hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shgan.

Endilikda neyron tarmoqdan O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanish mumkin.

Link: https://chat.openai.com/auth/login

@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

1 год, 2 месяца назад

​​Google Files: telefoningizda joy bo‘shatish

Android tizimi yaratuvchisi Google kompaniyasi ekanligini hisobga olsak, tizimdagi keraksiz va vaqtinchalik fayllarni ulardan ko‘ra yaxshiroq biladigan bo‘lmasa kerak.

Google Files xizmatidan foydalanib siz:

Ilova tavsiyalariga amal qilgan holda, telefoningizda joy bo‘shatishingiz;

Foydalanuvchilarga qulay interfeys yordamida fayllarni tez izlashingiz;

Fayllarni Internetga ulanmasdan ulashishingiz;

Qurilmangizda joy bo‘shatish uchun fayllarni bulutga zaxiralashingiz mumkin.

TELEFONINGIZDA BO‘SH JOY YARATISH

Telefonda bo‘sh joyni yaratish yanada oson. Keshni tozalash va bir xil fayllarni o‘chirish, eski rasmlar va suhbatlardan (chat) rasmlar, foydalanilmagan ilovalar va boshqa keraksiz kontentlar.

XOTIRA MIQDORINI TEKSHIRISH

Google Files xizmati telefoningizda va SD kartangizda qancha bo‘sh joy qolganini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, fayllarni SD kartaga osongina o‘tkazishingiz va keraksiz fayllarni ilovaning o‘zida darhol o‘chirishingiz mumkin.

TO‘LIQ NAZORAT

Google Files ilovasi sizning ruxsatingizsiz ma’lumotlarni o‘chirmaydi: faqat qaysi fayllarni o‘chirish yoki qoldirishni o‘zingiz hal qilasiz.

QURILMA TEZ ISHLASHINI TA’MINLASH

Google Files muntazam ravishda sizga foydalanilmagan fayllar va keraksiz ma’lumotlar haqida bildirishnomalarni yuboradi. Ularni o‘chirish orqali siz qurilmaning tezroq ishlashini ta’minlaysiz.

TAVSIYALAR

Google Files telefoningiz xotirasini bo‘shatish uchun qaysi fayllarni o‘chirish mumkinligini aytadi. Ilovadan qanchalik ko‘p foydalansangiz, tavsiyalar shunchalik aniq bo‘ladi.

FAYLLARNI TEZ QIDIRISH

Google Files fayllarni tartibga solish uchun papkalar o‘rniga filtrlardan foydalanadi, shu sababli telefoningizdagi rasmlar, videolar va hujjatlarni qidirishni osonlashtiradi.

FAYLLARNI BOSHQARISH

Fayllarni nomlari yoki filtrlari va toifalari bo‘yicha qidirib toping. Har qanday fayllarni ko‘rish, saralash, o‘chirish, ko‘chirish va yuborish. O‘tgan hafta yuklagan barcha GIF rasmlarni yoki xuddi shu videoni topish uchun bir necha marta bosish kifoya qiladi.

FAYLLARNI OFFLINE YUBORISH

Do‘stingiz ham Google Files'dan foydalansa va sizning yoningizda bo‘lsa, siz qurilmalaringizni bir-biringizga ulashingiz va fayllarni yoki hatto ilovalarni oflayn holda ulashishingiz mumkin. Ma’lumot uzatish tezligi - 480 Mbit / s gacha.

MA’LUMOTLARNI SHIFRLASH

WPA2 shifrlash texnologiyasi tufayli Google Files orqali oflayn rejimda o‘tkazilgan fayllar xavfsiz himoyalangan. Bundan tashqari, Google Files ilovasi Bluetooth yordamida Wi-Fi tarmog‘ini yaratib, soniyalarda ham katta fayllarni qabul qilish va jo‘natish imkonini beradi.

FAYLLARNI BULUTGA VA SD KARTAGA NUSXALASH

Muhim fayllarni yo‘qotmaslik uchun ularni Google Drive yoki boshqa bulut xizmatlariga o‘tkazishingiz mumkin. Fayllarni yoki videolarni SD kartaga ham o‘tkazishingiz mumkin.

XOTIRADAN SAMARALI FOYDALANISH

Google Files ilovasi faqat 10MB hajmga ega va qurilmaning ishlashini pasaytiradigan keraksiz xususiyatlar yoki fon jarayonlari mavjud emas.

Yuklab olish: PlaymarketApkpure
@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

[​​](https://telegra.ph/file/6da3fc0414f35c2478828.jpg)**Google Files: telefoningizda joy bo‘shatish**
1 год, 9 месяцев назад

Gboard - birinchi raqamli klaviatura

Smartfonda klaviatura eng asosiy vazifani bajaradi. Ko‘pchilik e’tibor bermasdan smartfonning o‘zida o‘rnatilgan klaviatura dasturining imkoniyatlarini yetarli deb o‘ylashi mumkin.

Lekin Men Sizga tavsiya qiladigan Gboard - Google Klaviatura imkoniyatlariga e’tibor berib ko‘ring:

- So‘zlarni tez yozish uchun, xarflardan barmog‘ni uzmasdan yozish
- Matn yozish imkoniyati bo‘lmaganda, ovoz bilan yozish
- Matnni qo‘lda yozish orqali kiritish
- Klaviaturani tark etmasdan Google da qidirish
- Smaylik va GIF animasiyalarni qidirib topish va suhbatdoshga yuborish
- Barcha tillarda so‘zni oldindan taklif qilish va tuzatish imkoniyati
- Google tarjimon funksiyasi klaviaturaning o‘ziga biriktirilgan
- har xil temalar o‘rnatish imkoiyati
va boshqa juda ko‘plab imkoniyatlar

Yuklab olish: PlaymarketApkpure

@Youkeyuz - Sizning kalitingiz!

[​](https://telegra.ph/file/bc890b2972559f7935e38.jpg)**Gboard - birinchi raqamli klaviatura**
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago