Umid Ikromboev

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 Wochen, 5 Tage her

Life-changing doors don’t open themselves.

2 Wochen, 6 Tage her

Qanday qilib xodimlarga 100% ishonish mumkin?

— Hech qanday.

— Siz raqamlar, metrikalar bilan ishlashingiz kerak.

— Jarayonlarni tizimga aylantirishingiz kerak.

— Har bir ishni hujjatlashtirish va standartlarga aylantirish kerak.

Yaxshi, yomon, tez, sekin, zo’r, chiroyli degan narsalar yo’q. Bular o’lchab bo’lmaydigan sifatlar. Shularni o’rniga aniq raqamlar va ko’rsatkichkarni ishlatganimizda biz kutgan natijani olishni boshlaymiz.

Siz nima deb o’ylaysiz?

3 Wochen her

Agentlik qurish uchun birinchi qadam ...

2023 yilda Artem Oblinov ismli odamdan mentorlik olgan edim, agentlik qurish va zapusk bo'yicha. Shunda u bir voqeani aytib bergan edi. Agentlik qurishni endi boshlaganda juda qattiq odamlarni boshqarishda qiynalgan ekan, o'zi oldin mutaxassis bo'lgani uchun doim ishlarni o'zi qo'li bilan qilib qo'yaveradigan odati bo'lgan ekan. Juda ko'p yechimlarni qilib ko'rgan, lekin qo'lidan hech narsa kelmagan.

Shunda bir kuni uni Armiyga olib ketib qolishgan, 1 oylik armiyaga. Qo'lida 1 ta knopkali telefon. Kompyuter yo'q, internet yo'q, smartfon yo'q, kuniga 1 soatdan kamroq ishlash uchun vaqti bor.

Agentlikdagi ishni to'xtatib qo'ya olmaydi, xodimlarga oylik berish kerak, premium mijozlarga xizmatni o'z vaqtida ko'rsatish kerak.

O'sha paytda har kuni 1 ta knopkali telefon orqali butun jamoasini 1 oy davomida boshqargan ekan. Odamlarni qilgan ishlariga ko'zi bilan ko'rmasdan turib ishonishni o'rgangan ekan.

O'sha imkonsiz va qiyin vaziyat uni odamlarni boshqarishga o'rgatgan ekan.

Agentlik qurishdagi eng birinchi qadamlardan biri — oldin bilgan va o'rgangan narsalaringizni barchasini unutish. Umuman boshqa insonga aylanish.

Mutaxassisdan → Tadbirkorga aylanish. Miyangizdagi mutaxassis operatsion tizimini tadbirkor tizimiga update qilish.

Shu bosqichdan o'tganimizdan keyin qo'limizdagi instrumentlar ishlashni boshlaydi.

Hammasi birinchi *🧠 *dan boshlanadi.

2 Monate, 2 Wochen her
Bugun va Ertaga yig’ilishdan so’ng zo’r …

Bugun va Ertaga yig’ilishdan so’ng zo’r insaytlar bo’ladi ?

2 Monate, 3 Wochen her
Olgan kurslarim ichida natija ola olmaganlarim …

Olgan kurslarim ichida natija ola olmaganlarim ham bo’lgan.

Bu bir kursning qo’lgan 50% to’lovi.

Ko’pchilik manga aytishdi. Natija olmagan bo’lsang nima qilasan qolganini to’lab deb.

Bitta narsani hamma tushunishi kerak:

  1. Kursda berilgan vazifalarni 100% bajardimmi? Yo’q.

  2. Kurs manga 100% li kafolat berdimi? Yo’q.

  3. Kursga o’zimning xoxishim bilan narxini bilib yozildimmi? Ha.

  4. Hamma darslar o’tildimi? Ha

  5. Natijaga man javobgar edimmi? Ha.

  6. Vaqt ajratdimmi darslarni ko’rishga? Yo’q.

**Unda kursni pulini nima bo’lishidan qat’iy nazar to’lash kerak. U birovning xaqqi rus bo’lsayam, chet ellik bo’lsayam.

Bu kursni $3.300 ga olgan edim**. Qolgan to’lovini amalga oshirganimdan so’ng man bilan yana bir bor ishlab natijagacha olib chiqishni taklif qildi.

2 Monate, 3 Wochen her
ReDizayn konsept.

ReDizayn konsept.

2 Monate, 3 Wochen her

Oldin kerakli paytda do'stlarimdan yordam ola olmasam biroz hafa bo'lar edim...

Lekin keyinchalik bir zo'r narsani tushunib yetdim.

Do'stlar 7 ta turga bo'linar ekan. (Margulan intervyusidan)

1. Eski do'stlar
Maktab, kollej va universitetda tanishgan eski do'stlarimiz. Ular bilan faqatgina bizning o'tmishimiz bog'liq. Ular bilan biznes qilmagan yaxshi. Ular bilan uchrashganda faqat o'tgan narsalar haqida gaplashamiz. Juda kam ko'rishamiz.

2. Oilaviy do'stlar.
Bu do'stlar bilan faqat oilaviy ko'rishamiz, boshqa payt alohida ko'rishmaymiz. (Ko'p qarindoshlar ham shunday)

3. Qutqaruvchi do'stlar
Juda sodiq va ishonchli do'stlar. Ular doim bizga yordam qo'lini cho'zishga tayyor va har qanday xolatga bizga yordamga yetib kelishadi. Lekin ular juda jiddiy insonlar, mazza qilib ular bilan vaqt o'tkazish qiyin.

4. Xobbi do'stlar
Bu sizni xobbilaringiz bilan bog'liq do'stlar. Sportda, kurslarda yoki boshqa qiziqishlar sizni bog'lab turadi. Bu qiziqish tugasa bu do'stlik ham yo'q bo'lib ketadi. Vaqtinchalik odamlar.

5. Ko'ngilochar do'stlar.
Bu eng ishonchsiz va xavfli do'stlar. Chunki ularni faqat yaxshi kunlardan, bayramlar va o'tirishlarda ko'rasiz. Boshqa payt umuman ko'rishmaysiz. Faqat ko'ngil xushlik payti paydo bo'lishadi.

  1. Душевные do'stlar (tarjima qila olmadim ?)
    Bu do'stlar bilan bemalol qalbingizni ochib suxbatlashsangiz bo'ladi. Ular hech qachon sizga xasab qilishmaydi, doim yutuqlaringizdan xursand bo'lishadi. Birga juda chuqur suxbat qilishingiz mumkin. Lekin biznes qilish tavsiya etilmaydi.

7. Hamfikr do'stlar
Bu do'stlar bilan siz rejalaringiz, ishlaringiz, biznes va rivojlanish haqida gaplashasiz. Bir biringizga o'sishga yordam berasiz. Lekin bir muammosi bor. Agar siz o'sishdan to'xtab qolsangiz ular bilan aloqalar ham uzilib qoladi. Yoki kimdir tezroq rivojlansa ham ular bilan aloqalar uzilishi mumkin.

8. Alloh uchun do'stlashgan do'stlar.
Bu do'stlarni o'rtasida hech qanday manfaat ko'zlanmaydi. Faqat Alloh uchun do'stlashishgan, bir birini xatolarini doim aytib tuzatib turishadi, har ko'rishganda to'g'ri va yaxshi ishlarga davat qilishadi. Ularning maqsadlari ancha buyukroq. Do'stligi esa 2 dunyoda davom etadi. (Buni Margulan aytmagan)

Ideal do'stni topa olmaysiz, do'stlikni ideallashtirish ham xato. Bir inson hamma xislatlarni o'zida jamlay olmaydi.

Agarda siz shu do'stlaringizga to'g'ri kutuvlarni qo'ya olsangiz, hech qanchon do'stlaringizni yoqotmaysiz.

2 Monate, 3 Wochen her
2 Monate, 3 Wochen her

8. Yo‘q deya olish ?‍♂️
O‘zingiz uchun muhim bo‘lmagan narsalarga “yo‘q” deb aytish qobiliyati, resurslaringizni samarali boshqarish.

Qanday rivojlantirish:
- Shaxsiy chegaralarni belgilashni o‘rganish.
- Asosli rad javoblari uslublarini o‘rganish.
Kitob:
"The Power of No" — James Altucher.
Эссенциализм (O'zim o'qiganim)
Amaliyot:
- Har kuni kamida bir marta o‘zingiz uchun ahamiyatsiz narsaga “yo‘q” deyish.
- Vaqtni boshqarish rejasiga qat’iy rioya qilish.

9. Deep Working ?
Diqqatni chalg‘itmasdan yuqori darajada mahsuldorlik bilan ishlash qobiliyati.

Qanday rivojlantirish:
- Fokusni oshirish texnikalarini o‘rganish (Pomodoro, monotasking).
- E’tiborni chalg‘itadigan narsalarni minimallashtirish.
Kitob:
"Deep Work" — Kal Nyuport.
Dan Koe YouTube (O'zim o'qiganim)
Amaliyot:
- Har kuni 1-2 soat chuqur ishlash vaqtini ajratish.
- Chalg‘ituvchi vositalarni o‘chirib qo‘yish.

10. Deep Learning ?
Biror sohani chuqur o‘rganish orqali bilim va tajriba orttirish qobiliyati.

Qanday rivojlantirish:
- O‘rganish uchun vaqt ajratish va muntazamlik.
- Yangi materiallarni o‘zlashtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
Kitob:
"Make It Stick" — Piter Braun.
Amaliyot:
- Har kuni yangi bir mavzuni chuqur o‘rganish uchun vaqt ajratish.
- O‘rgangan narsani boshqalarga tushuntirish.

? bosing va saqlab qo'ying!

2 Monate, 3 Wochen her

Savol:

Soft skils ni rivojlantirish yani buni qanday rivojlantirish mumkin?

Quiyidagi "yumshoq" ko'nikmalar (soft skills) har bir mutaxassis yoki tadbirkorda bo'lishi kerak deb o'ylayman:

Soft skills (yumshoq ko‘nikmalar) — bu odamning professional va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlaydigan ko‘nikmalar va xususiyatlardir. Bu ko‘nikmalar texnik bilimlardan tashqari, odamlar bilan ishlashda yordam beradi. Soft skillsni rivojlantirish uchun bir nechta yo‘llar mavjud:

1. Sotuv ko‘nikmasi ?
Boshqalarga mahsulot, xizmat yoki fikrni tushunarli, qiziqarli va ishonchli tarzda taqdim etish qobiliyati. Bu ishning o‘zagi xaridor ehtiyojlarini tushunish va unga mos yechimni taklif qilishdir.

Qanday rivojlantirish:
- Mashhur sotuvchilarni tinglash yoki ularning darslarini o‘rganish.
- Sotuv uslublari bo‘yicha treninglarda ishtirok etish.
- Doimiy amaliyot qilish.
Kitob:
- Unlock IT (O'zim o'qiganim)
- Sell like Crazy (O'zim o'qiganim)

Amaliyot:
- Har kuni biror mahsulot yoki xizmatni sotishga harakat qilib ko‘rish.
- Odamlar bilan ochiq va samimiy suhbat qilish.

2. Netvorking ?
Yangi aloqalar o‘rnatish va ular bilan samarali muloqot olib borish orqali hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish.

Qanday rivojlantirish:
- Tadbirlarda faol qatnashish va o‘zini tanishtirish.
- Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish (LinkedIn, Telegram, Instagram).
Kitob:
"Never Eat Alone" — Keyt Ferrazzi. (O'zim o'qiganim)
Amaliyot:
- Har kuni kamida bitta yangi odam bilan tanishish.
- Haftada bir bor tanishlar bilan uchrashuv tashkil qilish.

3. Tanqidiy fikrlash ?
Voqealar, dalillar va fikrlarni chuqur tahlil qilish orqali to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyati.

Qanday rivojlantirish:
- Muammolarni turli nuqtai nazardan tahlil qilish.
- Savollar berib, ma’lumotlarni chuqur o‘rganish.
Kitob:
"Thinking, Fast and Slow" — Daniel Kahneman.
Amaliyot:
- Har kuni biror murakkab mavzuni o‘rganish va uni qisqacha yozib chiqish.
- Muammoga qarshi turli yechimlar taklif qilish.

4. Tahliliy fikrlash ?
Ma’lumotlarni yig‘ish, ulardan mantiqiy xulosa chiqarish va yechim yaratish qobiliyati.

Qanday rivojlantirish:
- Statistika va ma’lumot tahlili bo‘yicha treninglarda ishtirok etish.

Kitob:
"How to Think Like Sherlock Holmes" — Maria Konnikova.
Amaliyot:
- Ma’lumotlarni yig‘ib, ular asosida qaror qabul qilish.
- Turli tahlil texnikalarini qo‘llash.

5. Strategik fikrlash ?
Uzoq muddatli maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo‘llarini rejalashtirish qobiliyati.

Qanday rivojlantirish:
- Maqsadlar va ustuvorliklarni aniqlash bo‘yicha kurslarda qatnashish.
- Bozordagi tendensiyalarni o‘rganish.
Kitob:
"Good Strategy Bad Strategy" — Richard Rumelt.
Генератор клиентов (O'zim o'qiganim)
Amaliyot:
- Har hafta o‘z biznesingiz yoki faoliyatingiz uchun strategik reja tuzish.
- Kelajakni tasavvur qilib, yechimlarni yozish.

6. Rejalashtirish ?
Vaqt va resurslarni samarali taqsimlash orqali maqsadlarga erishishni tashkil qilish.

Qanday rivojlantirish:
- Vaqt boshqaruvi texnikalarini o‘rganish (Pomodoro, Eisenhower Matrix).
- Kaizen texnologiyasini o'rganish (Margulanning videosi bor youtubeda)
- Maqsadlarni qismlarga bo‘lib, bosqichma-bosqich reja tuzish.
Kitob:
"The 7 Habits of Highly Effective People" — Stiven Kovi.
"Миссия выполнима" (O'zim o'qiganim)
Amaliyot:
- Haftalik va kundalik rejalarni tuzish.
- Har kuni belgilangan maqsadlarni tekshirish.

7. Boshqaruv ?
Jamoani birlashtirish, resurslarni boshqarish va maqsadlarga erishishda boshqalarni yo‘naltirish qobiliyati.

Qanday rivojlantirish:
- Liderlik ko‘nikmalari bo‘yicha treninglarda ishtirok etish.
- Muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish.
Kitob:
"Leaders Eat Last" — Simon Sinek.
Жесткий менеджмент (O'zim o'qiganim)
Amaliyot:
- Kichik loyihalarni boshqarish.
- Jamoa bilan ishlashni muntazam amaliyot qilish.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago