Nafisa Kurbonova || Personal Blog

Description
Haqiqat va xayollarimga chirmashgan dunyomning chorrahasiga xush kelibsiz✨️💫

For contact : @Kurbonovas_bot
We recommend to visit

Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.

Last updated 1 week, 5 days ago

Roxman
Roxman
12,074,382 @developer

Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.

Contact: @borz

Last updated 1 week, 2 days ago

Official Graph Messenger (Telegraph) Channel

Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph

Donation:
https://graphmessenger.com/donate

Last updated 7 months, 2 weeks ago

1 month, 3 weeks ago

Bekorchilik- barcha illatlar ildizi

G’iybat, noshukrlik, norozilik, muhokama insonning bo’sh qolishidan kelib chiqadi.

Miya faoliyatini to’xtovsiz davom ettiradi.

Siz uni foydali narsa bilan mashg’ul qilmadingizmi, u sizni avtomatik tarzda keraksiz ishlar bilan mashg’ul qilishni boshlaydi.

Inson yoshmi, qarimi, oilalimi, farzandlimi o’zining bandligini maksimal darajada ta’minlashi o’zini yomon illatlardan soqit qilishiga yordam beradi.

@Nafisa_Kurbonova

2 months, 1 week ago

2025-yil…
Vanihoyat men kutgan yil…

Seni kelishingni sababini o’zim bilmagan holda intiqib kutdim…

Kitobning yangi sahifasini boshlash ancha-muncha mas’uliyat talab etadi…

Ushbu yil bekati menga nelarni huzurlab turibdi, hech qaysidan xabarim yo’q…

Ammo behisob hamdlar bo’lsinki, shu paytgacha dunyo, to’g’rirog’i, Robbim, hech bir ne’matidan qismadi, qizg’onmadi.
Shunday ekan, bu yil ham Alloh o’zining eng oliy ne’matlari bilan rizqlantirishiga umidvorman va buni yuragim sezib turibdi.

2025-yil xush kelding, men sen bilan yangi sarguzashtlarni boshlashga ruhan, ma’nan, jismonan tayyorman.

@Nafisa_Kurbonova

2 months, 1 week ago

Xayr 2024

“ Xayr” so’zini aytish har doim ham oson emas, negaki u hamma narsani faqatgina xotiraga aylantiradi.

Ammo, nailoj…

Doimgidek, ikki kitobimning , ya’ni real hayotim va xayolimdagi hayotning sahifalarini yozdim.
Real hayotim sarguzashtlarining guvohlari ko’p, mutolaachilar zerikmasligi tabiiy.
Ikkinchi kitobimning sahifalari guvohi ham , mutolaachisi doimgidek yagona Alloh.

-Umuman olganda 2024-yil kitoblarimni unutilmas, sarguzashtga boy, qiziqarli xotiralar bilan bezadi, sayqalladi.

2024-yil barcha xotiralar uchun cheksiz tashakkurlarimni aytaman.

@Nafisa_Kurbonova

4 months ago

Tavakkal ?

Muammo faqat o’zimiz bilan bo’lganda tavakkal qilish aqlli qaror bo’lishi mumkin. Negaki , bizda vaziyatni o’nglashga harakat qilish uchun imkoniyat bor.

Muammo boshqalar bilan bo’lganda , tavakkal qilish birinchi xatolardan bo’lishi mumkin. Sababi , boshqalarni muammoga bo’lgan munosabatini bilmaysiz , hatto vaziyat ular uchun muammo bo’lmasligi ham mumkin.

@Nafisa_Kurbonova

4 months, 1 week ago

21 yosh qanaqa yosh ?

  1. O’tgan yigirma yilimni analiz-tahlil qilganimni eslasam , bu “ulg’ayish “ yoshi.

  2. Hayotimdagi har bir vaziyatni qabul qilayotganimni hisobga olsam , bu— hammasidan “rozilik” yoshi.

  3. Qarorlarimga ota-onamdan ruxsat emas , taklif so’rayotganimni inobatga olsak , bu “mustaqillik”yoshi.

  4. Qilishim shart bo’lgan ishlar talaygina ekanligiga qarasak , bu “mas’uliyat “yoshi.

  5. Bilib-bilmay , o’ylab-o’ylamay gapirib qo’yishimni tan olsam, bu yaxshigina “ahmoqlik “yoshi.

  6. Shu yoshimga qaramasdan dadamni oldida hech ish qilmasdano’tiraverishimni yashirmasam , bu hali “erkalik “ yoshi.

  7. Ota-onam ba’zida majburlab ovqat yedirayotganida , ko’zlarimdan tomchi ko’z yoshlar chiqishini eslasam , bu hali “ 7 yoshli bolalik” yoshi.

  8. Ko’p narsadan ta’sirlanib shoirtabiat bo’layotganimni ham unutmasam , bu “poyonsiz hislar “ yoshi.

9.20 yilni o’rtacha umr yoshining 1/3 deb olsak , bu omonatning yashalmagan yana qancha umri bor deya “cho’chiydigan” yosh.

  1. Egasidan olinmagan o’sha qizil guldastalarni ham e’tibordan chetda qoldirmasam , demak , bu hali kutish yoshi.

  2. Shuncha yozganimni ommaga taqdim qilsammikin-yo’qmikin deb 12 soat o’ylanganimni aytib o’tsam , bu “chuqur ikkilanish” yoshi.

12.Yozganlarimning hammasini umumlashtirsam , 21 yosh — na ulg’ayganingni na hali yoshliginingni bilolmaydigan o’ta “jiddiy arosat”yoshi .

13.Shu yergacha erinmasdan o’qigan bo’lsangiz, sizga rahmat aytadigan yosh.

16 soatlik xulosalar shu.

@Nafisa_Kurbonova

4 months, 2 weeks ago

#kichikeslatma

Assalomu alaykum hammaga ,

Xabar keldi : kanaldagilar “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ kitobidan emasmi?

Javobim: Yo’q . Kanaldagi postlarning deyarli 95% i kanal egasi Nafisa Qurbonova tomonidan yoziladi. Qolgan 5% i esa manbaasi noma’lum bo’lgan postlar turkumidan.

Yozilgan fikrlarning ba’zilariga boshqa joyda ko’zingiz tushishi tabiiy hol. Negaki , men ham bu fikrlarni qaysidur kitobdan , podkastdan olganman. Ammo bu fikrlar jamlanib, xulosa tartibida men tomondan yozilgan.

Shunday ekan , mehnatimni hurmat qilgan holda , postlarimdan foydalanganda muallif nomini yoki kanal linkidan foydalaning.

@Nafisa_Kurbonova

4 months, 2 weeks ago

Xohish

O’quvchida o’zgarish yo’qmi , u natijani xohlamayapti.

Bemor tuzalmayaptimi , aslida u tuzalishni xohlamayapti . Kasalligida manfaat bor.

Vali hali ham ishsizmi , uning o’zi ishli bo’lishni hecham xohlamaydi.

Inson biron narsani xohladimi , u xohlagan narsasiga erishish uchun muqobil yo’llarining barchasini qilib ko’radi .

Agar xohlagan narsasini amalga oshirolmayaptimi , demak u narsani yurakdan xohlamayapti.

Xohish shunday kuchli turtki ekanki , u yaxshilikka ham tubanlikka ham birday xizmat qilar ekan.

Ichkilik ichgisi kelgan odam , o’g’irlik qilib bo’lsa ham ichadi.

Maqsadiga erishmoqchi bo’lgan inson , hammasidan tarki dunyo qilib bo’lsa ham erishadi.

Avvallari, oddiy eshitilgan xohish” so’zining endi bilsam , “ cho’g’” degan ma’nosi bor ekan. U paydo bo’ldimi , o’sha joyning yonishi muqarrar.

@Nafisa_Kurbonova

4 months, 2 weeks ago

Kayfiyat yuquvchidir.

Darsda ustoz xursand , hamma o’quvchilar xursand.

Oilada ota-ona xursand , farzandlarning hammasi xursand.

To’yda kelin-kuyov xursand , ishtirokchilarning bari hayotdan baxtli .

Yig’ilishda boshliq xursand ,xodimlarning har biri xursand.

Bog’chada bog’chaopalar xursand , bolalarning boshi osmonda .

Kasalxonada shifokor xursand , g’amgin bemorning o’zi yo’q.

Bugungi xulosam : biz shunday pozitsiyaga yetamizki , unda biz energiya tarqatuvchi bo’lib , bizning ifodalarimiz boshqalarga bilvosita , xohlamasak ham ta’sir o’tkazishni boshlaydi. Bunday vaziyatlarda imkon qadar pozitiv kayfiyatni saqlash juda ham muhim , chunki biz boshqalarning samaradorligini ham hal qiluvchi omillardan birimiz.

@Nafisa_Kurbonova

4 months, 3 weeks ago

#mindfulness

xxi asr - internet yoxud imkoniyatlar asri

Biz istaganimizcha baxtli ,aqlli, xafa , taqvodor- jamiki inson fitratiga xos bo’lgan sifatlarni o’zimizda mujassamlashtirib ijtimoiy tarmoqlarda osonlikcha yangi bir qiyofani yaratolamiz. Insonlar profillarida yozilgan statuslariga amal qilganlarida , bizni qurshab turgan olam butunlay boshqa tusda bo’lgan bo’lar edi .

Yodda tuting : Hech narsa ko’ringanidek yoki yozilganidek emas.

@Nafisa_Kurbonova

We recommend to visit

Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.

Last updated 1 week, 5 days ago

Roxman
Roxman
12,074,382 @developer

Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.

Contact: @borz

Last updated 1 week, 2 days ago

Official Graph Messenger (Telegraph) Channel

Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph

Donation:
https://graphmessenger.com/donate

Last updated 7 months, 2 weeks ago