"Asakabank" AJ Matbuot kotibi | Azizxon Anvarxonov

Description
"Asakabank" AJ Matbuot kotibining rasmiy kanali

☎️ (78)-147-63-16
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months ago

"Tadbirkor — elga madadkor" loyihasining navbatdagi soni Namangan viloyatida!
"Asakabank" AJ PQ-306 qaror ijrosini ta'minlab, kichik biznes egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida faol kreditlar ajratib kelmoqda.

Mazkur loyihaning navbatdagi qahramoni "Asakabank" AJ ko‘magida faoliyatini kengaytirib, bolalarga ta'lim ulashib kelmoqda.

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months ago
*****❗️***Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!**

*❗️Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!
? Telegramda firibgarlar soxta kreditlarni rasmiylashtiradigan guruhlar ochmoqda. Bu guruhlardagi ma'lumotlar yolgʻon va haqiqatga mos kelmaydi.*

❗️  Bu va shunga o'xshash guruhlar sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz va parollaringizni qo'lga kiritib, kartadagi mablag'laringizni o'g'irlash maqsadida ochilgan.

Yana bir bor fuqarolardan bu kabi soxta guruhlarga ishonmaslikka va virtual firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz.

? Bank mahsulotlari haqida faqatgina 1152 qisqa raqami yoki Asakabank.uz rasmiy veb-saytidan ma'lumot oling!

Tasdiqlash kodi va karta ma'lumotlaringizni hech kimga oshkor qilmang!

Maʼlumot uchun, Kiberxavfsizlik markazining “feyk” xabarlarni aniqlovchi platformasi fake.cyber102.uz/ orqali sizga yuborilayotgan maʼlumotlar toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini tekshirib olishingiz mumkin.

Yodda tuting! Bank xodimi sizdan karta ma'lumotlaringizni hech qachon so'ramaydi! Sizdan karta ma'lumotlarini so'radimi, demak u firibgar!
?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months ago
**Faktoring shartnomasini imzolash quyidagi bosqichlarni oʻz …

Faktoring shartnomasini imzolash quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
1. Sotuvchi xaridorga, tovar mahsulotini sotadi yoki xizmat koʻrsatadi;
2. Sotuvchi xaridorga toʻlash uchun toʻlov talabnomasini bir nusxasini, ikkinchi nusxasini esa faktorga joʻnatadi, faktor talabnomani olgandan soʻng toʻliq debitorlik toʻlovi bilan bogʻliq boshqarishni oʻz zimmasiga oladi;
3. Shundan soʻng, faktor kreditni boshqarish metodini qoʻllaydi, yaʼni: shartnoma shartlarini toʻliq bajarilishiga amin boʻlgandan soʻng diskontlash orqali sotuvchiga umumiy summani 90% gacha boʻlgan miqdorini uning hisob raqamiga oʻtkazib beradi;
4. Faktor shartnoma shartiga koʻra toʻlov muddati kelgandan soʻng toʻliq summani xaridordan oladi;
5. Pul mablagʻlari xaridordan kelib tushishi bilan faktor avans sifatida bergan summa va komission foiz xizmatlarini ayirgan holda, qolgan summani sotuvchi hisob raqamiga oʻtkazib beradi.

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 1 week ago
***?*** **Faktoring nima?**

? Faktoring nima?
? Faktoring – bu boshqa iqtisodiy subʼektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.

? Faktoring (inglizcha: „factor“ – agent, vositachi) – kichik va oʻrta firma (mijoz)larga tijorat banklari va ularning shoʻba faktor firmalari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi.

? Faktoringda faktor firma mijoz (tovar yetkazib beruvchi)lardan qarzdorlarning qisqa muddatli qarzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga toʻlaydi, yaʼni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70-90%ni mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar faktorfirma oldidagi oʻz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda mijoz oʻzining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktor firmaga oʻtkazadi.

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 3 weeks ago

??"ASAKABANK RAISI KUBOGI 2024" ning g‘oliblari taqdirlandi!

Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "ASAKABANK RAISI KUBOGI 2024" mini futbol musobaqasining yakuniy o‘yin bahslari bo‘lib o‘tdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Navoiy BXM jamoasi, 2-o‘rinni Guliston BXM jamosi va musobaqaning mutloq chempionligini Andijon BXM jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

O‘yin dinamikasi juda baland hamda esda qoladigan seyflar bilan o‘tdi.

O‘yinda ishtirok etgan barcha jamoalarni tabriklaymiz. Balli, azamatlar!

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 3 weeks ago

Live

?⚽️ Ayni damda Mustaqillik kuni bayramiga bag‘ishlangan“Biz Korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan "ASAKABANK RAISI KUBOGI 2024" Mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O'yinni jonli ravishda Bank Matbuot markazining Instagram kanalida tomosha qilish mumkin.

?Jonli efirni tomosha qilish?

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 3 weeks ago
***??******?******??***Sizni va yaqinlaringizni eng aziz bayramimiz …

?????Sizni va yaqinlaringizni eng aziz bayramimiz Yurtimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizga mustaqil Oʻzbekistonimizning gullab yashnashi, xalqimizning osoyishtaligi, Ona-vatanimizning nurli istiqboli yoʻlidagi ezgu ishlaringizga barkamollik tilaymiz.

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 3 weeks ago

*?*?* Sahifamizda ma'lum qilganimizdek, Mustaqillik kuni bayramiga bag‘ishlangan “Biz Korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan "*ASAKABANK RAISI KUBOGI 2024" Mini futbol musobaqasining 2-bosqichining dastlabki saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Jamoalar shiddatli bahs olib borishdi. Yuqori haroratda o‘tgan musobaqaning natijalariga ko‘ra,  Farg'ona, Navoiy, Guliston, Andijon va Buxoro BXM jamoalari ertangi final bosqichiga yo‘l oldi.

O‘yinning qaynoq atmosferasini mujassam etgan kadrlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Barcha finalchi jamoalarga omad tilaymiz!

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 3 weeks ago

Live

?⚽️ Ayni damda Mustaqillik kuni bayramiga bag‘ishlangan“Biz Korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan "ASAKABANK RAISI KUBOGI 2024" Mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O'yinni jonli ravishda Bank Matbuot markazining Instagram kanalida tomosha qilish mumkin.

?Jonli efirni tomosha qilish?

?Facebook ?Instagram ?You tube

2 months, 3 weeks ago

? Asakabankda Istiqlolimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Botirjon Ergashev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Niyatullo Elbek o‘g‘li ishtirok etdi.

Tadbir mehmonlari Vatanni tarannum etadigan she'rlari bilan bank xodimlari qalbidan chuqur joy egalladi. Shoir Botirjon Ergashevning she'rlariga bastalangan musiqalardan ba'zilari yodga olindi.

? Yurtimiz mustaqilligi abadiy bo‘lsin!

?Facebook ?Instagram ?You tube

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago