?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Zaruriy ishlar
Oxirgi 1 oyda o'rgangan narsalarim:
Telefonda "qaytarib yuboraman" dedingizmi, qaytarib yuboring. Esdan chiqayotgan bo'lsa yozib qo'ying.
Telefon gaplashayotganda boshqa ishga chalg'imang yoki boshqasiga gapira ketmang. Men shunday bo'lsa qizil tugmani bosaman.
Vaqtingizni hurmat qilmaydigan odam o’zingizni ham hurmat qilmaydi.
Birov telefon qilgan bo'lsa ola olmadingmi, keyin albatta qaytarib qo'ying. Hurmat belgisi.
Bir marta telefon qiling. Ola olmasa yana qilavermang.
Telefon qilganingizda kutuvda(waiting, ожидание) bo'lsa tezda qizil tugmani bosing.
Kaminaga yoqmagani uchun bu funksiya o'chiq.
Ota-ona va ustoz, safar bulardan mustasno.
Muhammad Amin Naziraliyev
@mnshuz
Missiyasi tugadi yohud gugurt va sham
O'rmonzor, o'tinchilar qayrag'ochni yiqitdilar. Ishlov berdilar. Zavodlarga yuborildi.
Minglagan ishchilar daraxtlarni – gugurt, qog'oz, jihoz yasash va o'tin uchun saralashdi.
Gugurtlar yasalib, qadoqlarga solindi. Chekka-chekka qishloqlargacha tarqatildi. Qorong'u uylarga yetib bordi.
Gugurt yoqilib, sham yondi. Gugurt missiyasi tugadi.
Shuncha ishlar sham yonishi uchun edi.
Qaroqchi ma'shuqasini oldiga ketar ekan bir uydan tilovat eshitilib turardi. "Unga qaytish vaqti kelmadimi" degan nido bor edi. Qaroqchi eshitdida, "keldi" deya javob qaytardi.
O'sha tilovat qilayotgan inson odamlar uchun qilishi mumkin bo'lgan eng katta ishi shu bo'lgan ekan. Tilovat qilgan insonni missiyasi tugadi.
Qariyb 1200 yildan beri o'sha shamdan insoniyat uchun yorug'lik taralib turadi.
Shams Tabriziy aytganlaridek: "Hech bir uchrashuv tasodif emas. Hayotingga kirib kelgan har bir insonning o‘z vazifasi bor.
Kimdir seni o‘zgartirish uchun kelsa, yana kimdir sening yordamingda o‘zgarish uchun keladi."
Muhammad Amin Naziraliyev
Savollar
Oldin ham yozganimdek insonni savollar ochib beradi.
Bir insonning saviyasi ko‘pincha beradigan savollari va ularga qanday javob berishiga qarab seziladi.
Odatda aqqli insonlar savol berilmasa o'zlaridan biron narsa gapirishmaydi. Ularni savol bilan ochish kerak. Ro'parasidagi inson qiziqib turganda hamma ham gapirib berishni xohlaydi.
Bog'cha bolalariga qarang, soatiga 76ta savol beradi. Javob berasiz. Bir javobingizdan yana ikkita savol yasashadi. Bu bekorga emas, ko'p savol beradigan bolalar kam savol beradiganlariga qaraganda ko'proq o'rganadi.
Savol berayotganingizda ilmsizman demang, qiziquvchanlik aslida. Qiziquvchanlik biliimdonlikka olib boradi.
PS: Aytgancha, chatgpt dan topiladigan savollarni ustozlarni vaqtini olib berishimiz shart emas.
90% berish kerak bo'lgan savolni hozir tekinga topsa bo'ladi. Faqat 10% o'zingizni qiynayotgan savolni bersangiz kifoya.
Muhammad Amin Naziraliyev
@mnshuz
O'zim haqimda
26 yoshman, bir nafar o'g'lim bor.
Marg'ilon shahridagi tug'ilib o'sganman va yashayman.
Yoshligimda stol-tennis, yugurish bilan shug'ullanganman. Hozir yugurish bilan shug'ullanaman.
Ta'limga qiziqish 6-sinfdan boshlangan. Maktabda va litseyda ozgina matematikadan dars berganman.
Soham Ayti va boshqaruv, Toshkentdagi Inha universitetini tugatganman. Ingliz tilini bilaman.
Hozirda Codial akademiyasida asoschisi va maslahatchi, SayyidSafo akademiyasi va Safo bog'chalarida boshqaruvchiman.
O'zimga to'qman, uyim va mashinam bor.
Challange qilishni yaxshi ko'raman. Hozirgacha maktablarga borib seminar qilish, yugurish, ot minish va ertalab turib dars qilishdan marafonlar qilib kelyapman.
Ustozlarim bor. Shogirdlarimiz ham.
Suv bo'yida yurish va yozish, kitob o'qishni yaxshi ko'raman.
Muhammad Amin Naziraliyev
Faqat ular...
Shoshib uydan chiqib ketyapsan, birinchi yupun kiyinganingizga onangiz ahamiyat beradilar.
"Yuzingni issiq ko'rsatsin" deb doim bobong duo qiladilar.
"Hali yaxshi bo'lib ketadi, juda bo'lsa mashinamni sotaman" deydigan otang bo'ladi.
"Och qolmadingizmi, nima ovqat tayyorlab turay" deb ayoling aytadi.
"O'zingni oldirib qo'yibsanku jiyan" deydigan qarindoshlaring bo'ladi.
Vaqtingni kim bilan sarflayotganing va munosabatlarni kimni atrofiga qurayotganingni o'ylab ko'rish vaqti keldi, nazarimda.
Muhammad Amin Naziraliyev
@mnshuz
Teskari dunyo
Do'stim Abdulloh o'zlarini talabalik vaqtidagi qiyinchiliklari, puldgi muammo va sabr bardoshlarini yozibdilar. Guvohmiz.
Kaminada shuni teskarisi bo'lgan. Qiyini ham aslida shu. Yo'qchilik bo'lsa chidashga majbursan, bu holatdan olib chiqishga ham.
Lekin to'qchilikdachi? O'qishga borgansan, cho'ntagingda puling bor. Hali aniq maqsading yo'q. Ish ana shunda qiyin.
Unda o'zingni maqsadlaringni anglab yetishing, tashqi dunyo go'zalliklariga ko'z yumish, komfort zonadan chiqish juda qiyin bo'ladi.
Ayniqsa, cheklovlar qo'yish mashaqqatli ish. Bu holatda ichki motiv ni izlab, o'z ustingda ishlash yanada qiyin bo'ladi.
Intizom masalasi ham shunday, xoh u tarafda yo'l ochiq xoh bu tarafga.
Xulosa shuki, ikki tarafga ham oson emas.
*"O'qib nima qilasan, yashab bersang ham hamma narsa yetarliku" deganlar ham bo'lgan.
Muhammad Amin Naziraliyev
Sodda
Sodda til bilan aytadigan bo'lsam ish beruvchi yoki rahbaringiz sizga topshiriq berib maza qiladigan kadr bo'ling.
Orinib ish beradigan bo'lsa, berayotgan pulida ham shubha bo'lishi aniq.
Ozgina tavsiya do'stim:
Ish bersa tezda yozib oling. Ko'ngli xotirjam bo'ladi.
Vaqtida bajaring. Bajara olmasangiz oldindan ogohlantiring.
Bajarib bo'linganidan keyin o'sha topshiriqni nomini yozib (✅✅) belgisini qo'yib yuboring. Ingliz tilida buni tick deydi.
Bajarishga harakat qiling, mobodo yo'l topa olmasangiz albatta ish beruvchidan yordam so'rang.
5 daqiqaga bormaydigan ishlarni o'rnida qiling keyingga surmang.
Ha aytmoqchi, ot minishni boshladim. Gashti o'zgacha ekan.
Muhammad Amin Naziraliyev@mnshuz
Qoidalar
Chunki ularni gaplari bo'lsa qolib ketadi.
Birinchidan sizga tegishli bo'lsa sizga aytadi. Ikkinchidan aytilmaydigan odam yoki gap bo'lishi ham mumkin.
Oldingizdagi odamni bezovta qilasiz yoki gaplashayotgan odamingizni sir gap aytsa ochilib qoladi.
Lekin bir xil ustozlarni shunday gaplashayotganini ko'rdim va ovozli yoki ovozsiz gaplashishga yuqoridagilarni quvvatlashga dalil topa olmadim.
Ha aytmoqchi, Safo bog'chamizni 2-filialini ochdik.
Muhammad Amin Naziraliyev
Ey singlim!
Ijtimoiy tarmoqqa chiqarayotganlarimiz o'zimiz shaxsiy yozganlarimizni 1/10 bo'lsa kerak. Ba'zi postlarga hali bor yoki o'zimizga tegishli gaplar bo'ladi. Negadir shu yozuvlarni chiqargim keldi. Shaxsiy arxivdan:
Ey singlim, bu yozuvlar senga qachon yetib boradi bilmayman-ku, ammo yetib borishiga ishonchim komil. Endi sen yosh qiz emassanki senga nasihat qilmasam. Agar senga bu so'zlarim kerak bo'lmaganda hech-hech yozmagan bo'lar edim. Zero, nasihat yomonga eslatma, yaxshiga ko'makdir.
Ey singlim, U zot bergilab bergan hayot qonuniga ko'ra, ayollar erkaklar uchun va aksincha, erkaklar ayollar uchun yaratilgan. U zot o'zini rozi qilish yo'llarini bir nechta sabablarga bog'lab qo'ygandir. Shulardan biri, xususan ayollar uchun, erini rozi qilishdir. Jannatning kalitini qo'lingdan boy bermagin.
Ey singlim, xojang uyga narsa olib kelsa, garchi uy to'la o'sha narsa bo'lsa ham "Aynan shunisidan xohlagan edim" degin. Hech ham "Uyda bu narsadan ko'p edi, nega olib keldingiz" demagin.
Ey singlim, xojang ishga ketayotganda doim "Bizning rizqimizni haloldan topib keling" deyish esingdan chiqmasin. Chunki bu jumlalar solihalarni solihlarga har kunlik eslatmasidir.
Ey singlim, sen tug'ilib o'sgan makoningni tashlab notanish joyga isteqomat qilgani va baxtli hayot kechirgani ketmoqdasan. Sen endi o'zing bilmagan sherikka uchraysan. U endi sening jannat kaliting, hamrohing, xojang, do'sting va mahbubingdir. Uning izzatini joyiga qo'ygin. Hakimlar aytganlaridek, sen unga cho'ri bo'lsang, u senga qul bo'ladi.
Ey singlim, qanoat sohibasi bo'l. Undan hayiqib tur. Xojang uyga nima ko'tarib kelsa xushfe'llik va odob-nazokat bilan ila qabul qilgin. Tashakkur izhor qilish esingdan chiqmasin. Aytganlarini yaxshilab tingla va buyurganidan ham ziyodaroq bajarishga harakat qil.
Ey singlim, mahbubingni tanovul qiladigan taomini vaqtida tayyorla, uyga qadam ranjida qilishi bilan dasturxon yoz, choy qo'y. Uning uyqu va uyg'onish vaqtini bilib olginki, ochlik va uyquning buzilishi erkakning g'azabini qo'zg'aydi.
Ey singlim, Eringni kayfiyati yo'qligida senda xursandchilik alomatlari ko'rinishidan, u quvongan paytida senga g'amginlik bo'lishidan saqlan.
Ey singlim, xojang uyqudan o'rnidan turishidan oldin o'rningdan turgin, u sendan oldin turmasin. Erkak uchun uxlab yotgan ayoldan xunuk ayol yo'q. Pokiza bo'lgin.
Yuqoridagilarga amal qilishga harakat qilgin.
15.04.2019 | soat 00:25
Muhammad Amin Naziraliyev
Gap yo'q
Ertalab erta turganing yo'q, 08:00 dan buyog'ida turmaysan, gap yo'q.
Bironta ustoz ushlamagansan, maqsadsizlik orqasidan quvib yuribsan, gap yo'q.
Sport hayolingni bir chekkasidan ham o'tmaydi, holatim yaxshi deb o'ylaysan, gap yo'q.
Qachon qarama YouTube da short ko'rib o'tirasan, ozgina charchoqni chiqarish uchun deysan, gap yo'q.
Foydasiz do'stlaring bilan uchrashib yurasan, oqibat degan to'qima fatvo ketiga yashirasan, gap yo'q.
Ota-onangga xizmatni unutgansan, ularga baqirishdan bo'shamaysan, gap yo'q.
Kitob o'qishniku gapirmadim, shuning uchun oxiriga yozdim, gap yo'q.
Bir narsa aniqki, umring o'tmoqda...
Muhammad Amin Naziraliyev
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago