MAHLIYO KARIMOVA

Description
📃O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi a’zosi Mahliyo Karimova ijodidan she'riy namunalar
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
* * *

Umid qilamanki yaxshisan, yaxshi
Umid qilamanki nurli kunlaring,
Bir oqshom sog’inching quchadi meni
Bir kuni quchadi xavotirlaring…

Umid qilamanki baxtlisan, baxtli
Hayoting ranglidir, emasdir kulrang,
Yaxshi bo’l! Omon bo’l! Baxtli bo’l, chunki
Chunki, sening endi yo’q boshqa chorang…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month ago
Umr bir yo’l! Yo’ldoshlikka

Umr bir yo’l! Yo’ldoshlikka
Yaray olsang oshiqsandir…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month ago

✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month ago
* * *

O’rtada gina bor, araz bor ulkan
O’rtada g’urur bor bo’ylari baland
O’zing ayt! O’zing ayt, yoki shulardan
Kichkina edimi bizning muhabbat?

O’rtada sog’inch bor qudrati tengsiz
Va bostirib kelar xavotir buncha,
Aqlim bovar qilmas ular kuchli-yu
Bizning jur’atimiz ojizmi shuncha?

O’rtada qo’rquv bor vahima solgan
Biz qora hislarga asirmiz nechun?
Oppoq hislarmiz ulg’aysin endi
Bizni kishanlardan qutqarmoq uchun…

Katta jur’at kerak katta ishq uchun!

✍? Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month ago

…………………………………………..

@mahliyo_karimova_official

1 month ago
O’rtamizda yo’l bor uzoq

O’rtamizda yo’l bor uzoq
Va g’urur bor yaqin-yaqin…

✍? Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month, 1 week ago
* * *

Bugun biroz toliqqanman
Ulgurganman, kechikkanman…
Nimalarga ichikkanman
Alla aytib bergin Ona!

Sezma deb kulib yashadim
Sezganing bilib yashadim,
Yaxshiyam senga o’xshadim
Alla aytib bergin Ona!

Hayot sinov oxir azal
Bu sinovlar mohir azal,
She’rlarimdan ming bor go’zal
Alla aytib bergin Ona!

Horg’in qalbim uyg’otaman
Tonglarimga gul otaman,
Tizzangni quchib yotaman
Alla aytib bergin Ona!

Oradan vaqt o’tmaganday
Bo’yim senga yetmaganday…
Qaynoq mehringdan o’rgilay
Alla aytib bergin Ona…!!!

✍? Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month, 1 week ago
Uch fasl bahona qildi erta deb

Uch fasl bahona qildi erta deb
Vaqti yetgan bo’lsa, qishlarimga kel!
O’nglarim sen uchun tormi azizim
Cheki-poyoni yo’q tushlarimga kel…

✍? Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month, 1 week ago
- Seni sevaman

- Seni sevaman

- Sen bilan birga qarishni istayman

-Seni sevaman deyapman, sen aytmaysanmi?

- Aytyapman-ku!
Sen bilan birga qarishni istayman...

✍? Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

1 month, 1 week ago
Yana yangi she’r tug’ilajak

Yana yangi she’r tug’ilajak
Sen eskisan she’rimda faqat…

✍? Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago