Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Абдулла Қодирий қаерда ишлаган?Эски шаҳар озиқа қўмитасининг саркотиби (1918), «Озиқ ишлари» газетасининг муҳаррири (1919), Касабалар шўросининг саркотиби (1920), «Муштум» журнали ташкилотчиларидан ва таҳрир ҳайъати аъзоси (1923—26) каби вазифаларда ишлаган.
1969-yil "O‘zbekfilm" kinostudiyasida ,,O‘tgan kunlar" nomli film Abdulla Qodiriyning shu nomli romani asosida rejissor Yoʻldosh Aʼzamov tomonidan suratga olingan. Filmda bosh rollarni Oʻlmas Alixoʻjayev (Otabek) va Gulchehra Jamilova (Kumush) ijro etishgan. "Oʻtgan kunlar" romani ".....tariximizning "xon zamonlari" haqida hikoya qiladi".
Adibning badiiy soʻzida betakror joziba mujassam boʻlgani bois “Oʻtkan kunlar”ni necha bor oʻqisa ham, odam toʻymaydi, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. Roman oʻquvchini zeriktirmaydi. Qayta oʻqish jarayonida asarning yangidan-yangi qirralari ochiladi. Bir oʻqilganda eʼtiborsiz oʻtilgan epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldordir. Zero, koʻrkam adabiyotdek sanʼat dunyosida badiiy soʻz — poetik nutq muhim sanaladi: soʻz vositasida manzara, ruhiyat va obraz chiziladi.
O‘tkan kunlar , baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi romani hisoblanadi. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan. Roman 1920-yillar boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan va 1926-yilda alohida kitob holida chiqarilgan.
AHVOLIMIZ KO‘R BIZNING AHVOLIMIZ, G‘AFLATDA QANDAY YOTAMIZ, JOYI KELGAN CHOG‘IDA VIJDONNI PULG‘A SOTAMIZ. O‘G‘LIMIZG‘A NA ADAB, NA FAN, NA YAXSHI SO‘YLAMAK, NA XUDONI BUYRUG‘I BULGAN ULUM O‘RGOTAMIZ. KORIMIZ SHUNDAN IBORAT BO‘LDI USHBU VAQTDA, O‘NTADIN…
AHVOLIMIZ
KO‘R BIZNING AHVOLIMIZ, G‘AFLATDA QANDAY YOTAMIZ,
JOYI KELGAN CHOG‘IDA VIJDONNI PULG‘A SOTAMIZ.
O‘G‘LIMIZG‘A NA ADAB, NA FAN, NA YAXSHI SO‘YLAMAK,
NA XUDONI BUYRUG‘I BULGAN ULUM O‘RGOTAMIZ.
KORIMIZ SHUNDAN IBORAT BO‘LDI USHBU VAQTDA,
O‘NTADIN BEDONA BOQIB YOZU QISH SAYROTAMIZ,
HAMDA HAR KUN TAKYALARDA NASHA, KO‘KNORI CHEKIB
BACHCHAG‘A KOKIL SOLIB, OH-VOH ILA O‘YNOTAMIZ.
QARIMIZ, BOYONIMIZ, BALKI BU VAQT OQVONDAMIZ, NOGAHON KO‘RSAK AGAR BIR BESOQOLNI QOTAMIZ.
O‘RTADAN CHIQSA AGAR MILLATNI YAXSHI SUYGUCHI,
BIZ ANI DAHRIY SANAB, TO‘FONGCHA BIRLA OTAMIZ.
KELINGIZ YOSHLAR, ZIYOLILAR BU KUN G‘AYRAT QILING,
UXLAGANLARNI AGAR QODIR ESAK UYG‘OTAMIZ.
Abdulla Qodiriy adib va shoir sifatida 1912 yillarda faoliyatini boshlagan. “Toʻy” “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi sheʼrlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlaridir. Qodiriy shunday xotirlaydi: “1913 yilda chiqqan "Padarkush" taʼsirida "Baxtsiz kuyov" degan teatr kitobini yozib yuborgʻanimni oʻzim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turgʻon hikoya va roʻmonlarga taqlidan "Juvonboz" otliq hikoyachani yozib noshir topilmagʻonidan, oʻzim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilgʻondan keyin oddiy xalq militsiyasiga koʻngilli boʻlib yozildim...”.
⚡️10-aprel kuni oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.
✅1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrining Eskijoʻva mahallasida tavallud topgan. Adibning otasi Qodirbobo (1820-1924y) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida Toshkent mudofaasida qatnashgan.
✅1904-1906 yillarda boʻlajak adib musulmon maktabida taʼlim oladi.
✅1908-1912 yillarda rus tuzem maktabida, 1916-1917 yilda Abulqosim shayx madrarasida arab va fors tillaridan saboq oladi,
✅1924-1925 yillarda V.YA Bryusov nomidagi Moskva adabiy kurslarida oʻqiydi.
✅1918 yil- eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi, 1919 yil - “Oziq ishlari” gazetasi bosh muharriri, 1920 yil- Kasabalar shoʻrosining sarkotibi, 1923-1926 yillarda “Mushtum” jurnali tashkilotchilaridan biri va tahrir hayʼati aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago