AZON Akademiyasi

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year, 1 month ago

#Bismillah.

Har-bir ishni maqsad ila qilish oqil insonlarni ishidir.
Albatta bu @edu_elon loyihamizdan ham ko'zlangan maqsad bor.
Bu loyihamizdan ko'zlangan asosiy maqsad insonlarga ilm olish va ilm tarqatishda ko'maklashish hisoblanadi.
Yani bu kanalda siz o'zingizni ta'lim sohasidagi mutaxasisligingiz bo'yicha e'lon berishingiz mumkin bo'ldi.
Maslan: Siz arab tili, yoki ingiliz tili o'qituvchisisiz va o'zingizni ofline yoki online kurs taqdimotingizni bizni kanalda e'lon qilishizngiz mumkin bo'ladi. Yokida siz o'zingizga ta'lim sohasida malakali xodim qidiryapsiz, bu boradi e'lonlaringizni bizni kanalimizda berishimgiz mumkin bo'ladi. Yoki siz "CEFR", "Attanal", "Topik". "Ielts" kabi sertifikat sohibisiz va siz o'zingizni sohangizda ish qidiryapsiz va siz o'z eloningizni bizni kanalimizda taqdim qilishingiz mumkin bo'ladi. Xullas ta'lim sohasidagi barcha e'lonlarni siz @edu_elon kanalida topishingiz mumkin.

(Kanal Faolyatiga tez orada start beriladi)

@edu_elon ilm sohasidagi maqsadli va manfaatli e'lonlar majmuasi.

1 year, 1 month ago

#Tafakkur #Motivation

" Ertaga... Ha, ha ertadan boshlayman..."

Ertadan erta turaman...
Ertadan siport bilan shug'ullanaman...
Ertadan har kuni bir juz qur'on o'qiyman...
Ertadan oilamga yaxshi e'tibor beraman
Ertadan... Ertadan...

Bu ertalarni qachon tugatamiz birodarim. Umr o'tayapti... E'tibor ber yaqinda maktabda, instutta yoki uversitetta o'qiyotgan eding...
Yillar o'tmoqda... Doimo bir-xil ko'rinishda... Ertalab turasan telefoningni kovlashtirasan so'ngra ishga yoki o'qishga otlanasan... Kech bo'ladi yana uyga qaytasan yana telefon.... Ammo ko'ngling, iymoning, sof fitrating bu holatlarga rozi emas... Bularni xatoligini, o'zingni isloh qilishga harakat qilishing kerakligini bilasan... Ammo qila olmaysan... Balki dangasasan... Ammo o'zingga har kecha uyquga ketish oldidan, vadalar berasan,keyin esa o'zingga bergan vadangni ustidan chiqmaysan... Go'yo bu qilgan ishing senga zarar bermagandek tuyuladi... Ammo... Ammo o'zingga o'zing qanchalik kuchsiz va qanchalik nafsingga qul ekaningni isbotlaysan.... Ey Do'stim.. hisobga tortilishingdan oldin o'zingni hisob qil! Hayot tarzingni to'g'irla... Kitob o'qi, siport bilan shug'ullan, sunnatlarga amal qil... Oz bo'lsada qil... Lekn to'xtama aslo to'xtama...

Unutma! Har-bir lahza uchun so'ralasan! Har-bir lahza!

•|Abdulbasit Abdulhakiym

@fakkir_hakiymiy

1 year, 4 months ago
1 year, 4 months ago

insha'Allah online darsmimiz boshlandi..

1 year, 5 months ago
Har bir mukallaf banda Alloh taoloning …

Har bir mukallaf banda Alloh taoloning sifatlarini bilmoği darkordir.

Bular asosan uch qismda:

Birinchi qism — nafsiy sifat. Bu qismda «vujud» ya'ni, mavjudlik sifati o'rin olgan.

İkkinchi qism — salbiy sifatlar. Bu qismdan besh sifat o'rin olgan. Bular: Qidam(qadimlik); Baqo(boqoylik); Muxolafatul havadis(maxluqotlarga xiloflik, o'xshamaslik); Qiyam binnafs(o'z nafsida qoim maqomlik); Vahdoniyyat(yakkayu yagonalik, yolğizlik)

Uchinchi qism — Maoni sifatlar. Bu qismda jami sakkiz sifat mavjud. Bular:
Qudrat; İroda; İlm; Hayot; Sam'(eshitish); Basor(ko'rish); Kalom(so'zlash); Takvin(moturidiylar nazdida maxluqotlarni bo'l deyish ila bor qilish)

https://t.me/azan_academy

1 year, 5 months ago

İsm va sifatlarda Alloh taoloni yakkalash:

Alloh taoloning islmlariga dalolat qilgan oyatlar:

  1. ﴿وَلِلَّهِ ٱلۡأَسۡمَاۤءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ﴾ التِّسْعَة وَالتِّسْعُونَ الْوَارِد بِهَا الْحَدِيث ﴿فَٱدۡعُوهُ﴾ سَمُّوهُ ﴿بِهَاۖ﴾ [Aʼrof surasi: 180]

Alloh taoloning go'zal ismlari (badisda kelga 99 ism va biz bilganu bilmagan boshqa ismlar )bordir. Bas u(ism)larla Unga duo qiling (yod eting)

  1. { هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِی لَاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَۖ عَـٰلِمُ ٱلۡغَیۡبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِۖ هُوَ ٱلرَّحۡمَـٰنُ ٱلرَّحِیمُ (22) هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِی لَاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡمَلِكُ ٱلۡقُدُّوسُ ٱلسَّلَـٰمُ ٱلۡمُؤۡمِنُ ٱلۡمُهَیۡمِنُ ٱلۡعَزِیزُ ٱلۡجَبَّارُ ٱلۡمُتَكَبِّرُۚ سُبۡحَـٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا یُشۡرِكُونَ (23) هُوَ ٱللَّهُ ٱلۡخَـٰلِقُ ٱلۡبَارِئُ ٱلۡمُصَوِّرُۖ لَهُ ٱلۡأَسۡمَاۤءُ ٱلۡحُسۡنَىٰۚ یُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِی ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَٱلۡأَرۡضِۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِیزُ ٱلۡحَكِیمُ (24) }
    [Xashr surasi: 22-24]

U Alloh undan o'zga iloh yo'q bo'lgan zotdir. U ğoibni ham oshkorani ham bilguvchidir. U Mehribon va Rahmlidir.

U Alloh, Undan o'zga iloh yo'q. U — Malik(podshoh), Quddus(muqaddas), Salom(ayb-nuqsinlardan pok), Mo'min(dunyo va oxirat balo-ofatlaridan omon qiluvchi), Muhaymin(kuzatib, bilib turivchi), Aziz(ğolib), Jabbor(bo'ysundiruvchi), Mutakabbirdir.
Alloh (unga) shirk keltirgan narsalaringizdan pokdir.

U Alloh — Xoliq(yaratuvchi), Boriy(yo'qdan iyjod etubchi), Musavbirdir. Go'zal ismlar unikidir. Osmonlaru yerdagi narsalar U Zotga tasbeh aytur. U Aziz va Hakim zotdir.

  1. { ٱللَّهُ لَاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡحَیُّ ٱلۡقَیُّومُۚ لَا تَأۡخُذُهُۥ سِنَةࣱ وَلَا نَوۡمࣱۚ لَّهُۥ مَا فِی ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَمَا فِی ٱلۡأَرۡضِۗ مَن ذَا ٱلَّذِی یَشۡفَعُ عِندَهُۥۤ إِلَّا بِإِذۡنِهِۦۚ یَعۡلَمُ مَا بَیۡنَ أَیۡدِیهِمۡ وَمَا خَلۡفَهُمۡۖ وَلَا یُحِیطُونَ بِشَیۡءࣲ مِّنۡ عِلۡمِهِۦۤ إِلَّا بِمَا شَاۤءَۚ وَسِعَ كُرۡسِیُّهُ ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَٱلۡأَرۡضَۖ وَلَا یَـُٔودُهُۥ حِفۡظُهُمَاۚ وَهُوَ ٱلۡعَلِیُّ ٱلۡعَظِیمُ }
    [Baqara surasi: 255]

Alloh undan oʻzga iloh yoʻq zotdir. U tirik va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlar-u yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida Oʻzining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar , magar Oʻzi xohlaganini halos. Uning kursisi osmonlar-u yerni qamragan. Ularni muhofaza qilish Uni charchatmas. Va U Oliy va Azim zotdir.

  1. { قُلۡ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ (1) ٱللَّهُ ٱلصَّمَدُ (2) لَمۡ یَلِدۡ وَلَمۡ یُولَدۡ (3) وَلَمۡ یَكُن لَّهُۥ كُفُوًا أَحَدُۢ (4) }
    [Ixlos surasi: 1-4]

Ayt: «U Alloh yagonadir».

Alloh somaddir. (Hojatlarni va ragʻbatlarni qondiruvchidir).

U tugʻmagan va tugʻilmagan.

Va unga hech kim teng boʻlmagan.

Mana shu va boshqa oyatlar Alloh taoloning ism va sifatlariga dalolat qiluvchi oyatlardir.

Bu mavzudagi barcha oyatlarni jamlash qiynchilik tiğdirmasin deb, ba'zilari bilan kifoyalandik..

https://t.me/azan_academy

1 year, 5 months ago

#dalil va izohlar

  1. إنَّ اللهَ تعالى وَاحِدٌ لا شَريكَ لَه
    Albatta Alloh taolo birdir, uning sherigi yo'qdir

Tavhid so'zi luğatda birlik, yakkalash ma'nolarini anglatadi.

Shar'iy istelohda tavhid umuman uch asosiy shakldadir:
1) Alloh taoloni ism va sifatlarda yakkalash.
2) Alloh taoloni rububiyat(robblik, tarbiyakunandalik, maxluqotning tadbirini qiluvchi ekani)da yakkalash
3) Alloh taoloni uluhiyat(ilohlik, ma'budlik, unga siğinishlik, ungagina ibodat qilish)da yakkalash

Bu qismlarning har biriga insha'Allah alohida to'xtalib o'tamiz ?

https://t.me/azan_academy

1 year, 5 months ago

#dalil va izohlar

  1. نقول في توحيد الله معتقدين بتوفي الله( يشير إلى قوله تعالى: ﴿یَهۡدِی ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ﴾ أَيْ دِين الْإِسْلَام ﴿مَن یَشَاۤءُۚ﴾)

«Alloh taoloning tavfiqiga e'tiqod qilgan holimizda» degan jumla Alloh taoloning «Alloh taolo o'z nuriga(yani İslom diniga) istaganini hidoyat qilur», degan oyatiga ishora qiladi

_Nur_ 35-oyat

İzoh:
Bandaning İslomga hidoyati Robbisining irodasiga boğliqdir.
Allohning huzurida din faqatgina İslomdir.

https://t.me/azan_academy

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago