Kopirayter bitiklari

Description
Kreativ marketing kommunikatsiyalari, yozish va o'zbek tili haqida blog

Muallif: Sherzod Temirov — 605 Agency

Aloqa: @copyfather
Portfolio: https://matnustasi.uz/
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago
1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago

Yozishga undov -Meni ishga olmaysizmi? -Nima yutug’ingiz bor? -IELTS writingdan 8.0 olganman. -Ertadan ishga chiqavering. Bir yil avvalgi suhbat. Serial ko’rib, podkast eshitib listeningdan baland olish mumkindir. So’z yodlab, maqola o’qib, readingdan…

4 months, 1 week ago

Qisqa vaqt ichida, serdaromad va kelajagi bor kasb — kopiraytingni o'rganish uchun maslahatlarim

  1. Ingliz tilini bilsangiz — William Zinisserning "On Writing Well", rus tilini bilsangiz — Максим Ильяхов'ning "Пиши, сокращай"ini o'qing. Til bilmasangiz o'zbekchasi ham chiqdi "Yoz, qisqartir"

O'qib boshlashingiz bilan yozishingiz yaxshilana boshlaganini his qilasiz.

  1. Top kopirayterlardan biri Said Nazrillayevning blogini o'qib chiqing. Birinchi postidan oxirgisigacha. Yaxshi matn qanday bo'lishi kerakligini his qilasiz. Kopirayting faqat matn yozishdan iborat emasligini tushunib yetasiz.

Keyin, ushbu blogni boshidan o'qib chiqsangiz bo'ladi. Barcha fundamental bilimlar bor.

  1. So'z boyligi va uni ishlata olish muhim. O'zbek adabiyotidan o'qing. Ayniqsa kam so'z bilan ko'p ma'no ifodalay oladiganlarini. Masalan, O'tkir Hoshimov.

  2. Kopiraytingda yana bir muhim narsalardan biri — bu sizdagi ma'lumotlar bazasi. Baza qanchalik katta bo'lsa yaxshi g‘oyalarning kelishi shunchalik oson va tez bo‘ladi. Shu paytgacha qilingan ishlarni ko'rib chiqing. Har kuni 15-20 daqiqa ajratsangiz yetadi. Muhimi davomiylik.

O'zim foydalanadigan resurslar:

— G'oya yaratish uchun 52 ta instrument — Deck of Brilliance
— Xalqaro shedevr reklamalar yig‘ilgan sayt — Ads of the World
— Kann festivalida sovrin olgan keyslar — Love the Work More

  1. Kopiraytingda tasavvur qila olish muhim. Tasavvurni rivojlantiring. Masalan, fantastik kitoblar o'qish mumkin.

  2. O'zimizning bozorda zo'r ish qilmoqchi bo'lsangiz — madaniyatni yaxshi tushunishingiz kerak. Insonlarni kuzating, turli kasb egalari bilan suhbatda bo'ling, yaqin tariximizni o'rganing, o'zbek retro filmlarini ko'ring.

  3. O'zbek tilini o'rganing. Bu aslida eng birinchi kelishi kerak edi. Negadir oxiriga qolib ketdi.

@matn_ustasi

4 months, 1 week ago

Hayotimni o'zgartirib yuborgan ko'nikma

Samarqand. 2011-yil, kuz. Litseyning birinchi kuni, birinchi para. Kichikroq xona, partalar bir-biriga yaqin, kamiga stullar ham yetarli emas.

Guruh rahbarimiz vazifa berdi — avtobiografiya yozish. Bir birimizga yaqin o'tiribmiz-ku, ko'pchilikning husnixati ko'rinib turibdi. Eng xunugi meniki ekan. Uyalib ketdim. Yozishdan to'xtab qoldim.

Oldinda yana 3 yil bor. Yo men chiroyli yozishni o'rganaman, yo...

Kechalari bilan chiroyli yozishni mashq qila boshladim. Kitobdan konspekt qilish kerak bo'lmagan joylarini ham konspekt qildim. Husnixatim yaxshilangani sari yozishni yaxshi ko'rib qoldim.

Hamma narsani yozib o'rgana boshladim. Bu o'qib o'rgangandan ko'ra tezroq va samaraliroq ekan. Ingliz tili. Ona tili. Tarix. Yozmagan qoidam qolmadi. Shu taxlit birinchi topshirishda universitetga kirdim. Keyin magistraturaga.

Magistraturada o'qib yurgan paytlarim shaxsiy rivojlanish haqida eshitib qoldim. Kundalik yozish, kunni yozib rejalashtirish, telegramda blog yuritish kabi odatlar shakllana boshladi. Yozish xobbiga aylandi.

Magistraturada Rendi ismli Kanadalik marketing o'qituvchimiz bo'lardi. Ishini sevadigan, mas'uliyatli va juda qattiqqo'l ustoz. Xullas, hammamiz marketingni o'qishga majbur bo'ldik, ko'p narsa yozishga to'g'ri keldi.

Keyin marketing orqali kopirayting haqida bilib qoldim. Yozishni yaxshi ko'raman-ku. Nahot yaxshi ko'rgan kasbimni topgan bo'lsam! Kopiraytingni qiziqish bilan o'rgana boshladim.

O'zbekistonga qaytgach (magistratura Koreyada edi) taqdir taqazosi bilan 2 yil boshqa sohada ishlab yurdim. O'sishdan to'xtab qolganimni, marketing va kopiraytingdan o'rganganlarim esdan chiqib borayotganini his qildim.

Shu yili, fevral oyida ustoz Said Nazrillayev mehmon bo'lgan bir podkastni eshitib qoldim, keyin telegram blogini topdim, keyin o'zi bilan tanishib qoldik. Kopirayting faqat matn yozishdan iborat emasligini tushunib yetdim. Kopiraytingga bo'lgan qiziqishim qayta uyg'ondi.

Tavakkul qilib mart oyida shartta ishdan bo'shadim va Toshkentga keldim. Shu-shu tirikchilik ham — yozishdan.

Litseydagi 1-kunga roppa rosa 10 yil bo'pti. Yozish bunchalar hayotimni o'zgartirib yuborishini kim o'ylabdi deysiz...

@matn_ustasi

4 months, 1 week ago

Qadrli blogim kuzatuvchisi, assalomu alaykum

"Kopirayter bitiklari" atrofida yig'ilib boshlaganimizga ham 5 oy bo'p qopti. 100 dan ortiq postlar chiqdi. Asosan kopirayting haqida. Lirik chekinishlar ham bor.

Har bir inson kasbida mukammallikka intilib yashashi kerak.

Aytmoqchi bo'lganim — buyog'iga blogda faqat kopirayting va marketingga taaluqli sifatli va uzunroq postlar yozmoqchiman. Maqsad — sohani chuqurroq o'rganish orqali o'zbek tili va o'zbek kreativi rivojiga hissa qo'shish.

Bu yerda faqat soha haqida gaplashsak, boshqa fikrlar miyada qolib ketadimi? — Yo'q albatta. Hayot yo'lim, o'rganganlarim, fikrlarim bilan boshqa blogda bo'lishib boryapman. Qiziq bo'lsa marhamat: @tafakkur_blogi

Musulmon inson nafaqat kasbida, balki har tomonlama: aqlan, ruhan va jismonan ham komillikka intilib yashashi kerak.

Hayotning mazmuni bo'lgan — o'rganishdan, o'sishdan to'xtamaymiz. O‘qing, savollar yozing, fikr bildiring — muhimi befarq bo‘lmang.

Ishonchingiz, kuzatayotganingiz uchun rahmat)

@matn_ustasi

7 months, 1 week ago
7 months, 1 week ago

Hayotingiz yaxshilanadi.

O’qishni boshlang, yozgingiz keladi.

Yozishni boshlang, o’ylashingiz tartiblashadi.

O’ylashingiz tartiblashsa, g’oyalar keladi.

G’oyalar kelsa, qilgingiz keladi.

Qila boshlasangiz, vaqt o’tib natijalar keladi.

Natijalarni ko’rib, boshqalar talpinadi.

Ko’pchilik bo’lib, kattaroq ishlar qilinadi.

O’qing do’stlar. Hayotingiz yaxshilanadi.

@azizrakhimov_blog

7 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago