? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Soʻz mulkining sultoni
Jannat eshiklari koʻp,
Bir-bir oʻqiyman nomin:
“Bu yerda olim yashar”,
“Bu yerda yashar moʻmin”.
Titrab ketdim nogahon,
Koʻzlarim tushgan oni.
Bir eshikda yozilmish:
“Soʻz mulkining sultoni”.
Sezdim – ushbu dargohdan
Kelar jannat nafasi.
Salom berib yuzlandi
Menga eshik ogʻasi.
Dedi: men bilgum sizni –
Yomon ashʼor bitmassiz.
Faqat bir aybingiz bor,
Navoiyni bilmassiz.
Garchi rostgoʻy erursiz,
Garchi turkiy erursiz.
Bu eshikdan Hazratni
Anglaganda kirursiz.
Avvalo, doʻst tutining
Qalam birla xat bilan.
Yana qancha oʻqiysiz
“Xamsa”ni lugʻat bilan.
Oʻrganmaysiz ming hunar,
Qamishdan bogʻlab belni.
Koʻrmagansiz oʻzga yurt,
Bilmaysiz oʻzga tilni.
Yetti vodiy kezmaysiz,
Dilga qilmaysiz safar.
Yuribsiz oʻttiz yoshda
“Qush tili”dan bexabar.
Farhod boʻlib kelmassiz,
Majnun boʻlib sevmassiz.
Kaʼbaning chin manzilin,
Nechun hamon bilmassiz.
Bu oʻgitlarimni – sheʼr,
Yoki qoʻshiq deb biling.
Hazratning har baytini
Oʻsha eshik deb biling.
Oʻng boʻldimi yoki tush,
Shundan beri boshqaman.
Navoiyga koʻz emas,
Koʻnglim bilan boqaman.
Nasib boʻlsa, anglarman,
Ochilur qalbim koʻzi.
Bir kun eshik qoqarman,
Ochar Hazratning Oʻzi...
© Bobur ELMUROD
Kaminaga bundan 15 yillar oldin yozilgan bir sheʼrimni yuborishibdi. Yigirma yoshdagi dunyoqarash va hissiyotlar yodga tushdi...
"Sevimli". "Zamon". Poytaxtimizdagi 226-maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashdik.
Ochning koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Qushning koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Non boʻlib koʻrindi, don boʻlib koʻrindi – dunyosi...
Yoʻlchi koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Tomchi koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Yoʻl boʻlib koʻrindi, hoʻl boʻlib koʻrindi – dunyosi...
Naqqosh koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Bebosh koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Naqsh boʻlib koʻrindi, fahsh boʻlib koʻrindi – dunyosi...
Qamchi koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Jangchi koʻzi bilan boqdim dunyoga,
Tang boʻlib koʻrindi, jang boʻlib koʻrindi – dunyosi...
©Bobur Elmurod
#tavallud 25-noyabr – shoir Bobur Elmurod tavallud topgan kun!
★ ★ ★
Hali otmagan tong. Osuda kecha,
Hali soʻnggigacha koʻrinmasdi yol.
Notanish yigitning qabri ustida
Turar, endigina uzilgan bir gul.
Kimning izhori bu, uyqusiz bu kech,
Tongni ham ottirmay kelgan kim, yo Rab.
Kim u, odamlarga bildirmasdan hech,
Bir yigit yodini yurgan xotirlab.
Ehtimol bir roʻzgʻor bekasidir u,
Bolalari bordir, emasdir gʻarib.
Pinhon – koʻzlariga kelmasdan uyqu,
Qabristonga kelgan taskin axtarib.
Balki keksadir u, yoshdir, lek mudom
Oʻzini baxtiyor etolmagan u.
Balki koʻngil berib yurgan bir zamon,
Hamon koʻngil uzib ketolmagan u.
Lablarim pichirlar, bilmam shu onda
Yaratgan egamdan nelarni soʻrdim.
Yuraklar urmagan bu qabristonda,
Yurak urib turgan bir hisni koʻrdim.
Mana, kun yorishib, oqarmoqda tong,
Mana, songgigacha koʻrinmoqda yoʻl.
Kelar – kop narsani bilmay olomon,
Kelar – qabrlarga qoʻyish uchun gul.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid