? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
?
Ҳали отмаган тонг. Осуда кеча,
Ҳали сўнггигача кўринмасди йўл.
Нотаниш йигитнинг қабри устида,
Турар, эндигина узилган бир гул.
Кимнинг изҳори бу, уйқусиз бу кеч,
Тонгни ҳам оттирмай келган ким, ё Раб.
Ким у, одамларга билдирмасдан ҳеч,
Бир йигит ёдини юрган хотирлаб.
Эҳтимол бир рўзғор бекасидир у,
Болалари бордир, эмасдир ғариб.
Пинҳон — кўзларига келмасдан уйқу,
Қабристонга келган таскин ахтариб.
Балки кексадир у, ёшдир, лек мудом
Ўзини бахтиёр этолмаган у.
Балки кўнгил бериб юрган бир замон,
Ҳамон кўнгил узиб кетолмаган у.
Лабларим пичирлар, билмам шу онда
Яратган эгамдан неларни сўрдим.
Юраклар урмаган бу қабристонда,
Юрак уриб турган бир ҳисни кўрдим.
Мана, кун ёришиб, оқармоқда тонг,
Мана, сўнггигача кўринмоқда йўл.
Келар — кўп нарсани билмай оломон,
Келар — қабрларга қўйиш учун гул.
*© Бобур Элмурод*
21-mart – ham NAVROʻZ, ham ulkan shoir Abdulla Oripov tugʻilgan kun!
Taqdir taqozosi bilan 2012-yilda Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar boʻlimida ishlay boshladim. Oʻshanda rais oʻrinbosari – Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo boshchiligida “Birinchi kitobim” loyihasida oʻnlab buloqlar koʻz ochdi, “Doʻrmon ilhomlari”, Zomin seminari yoshlar orasida yanada ommalashib ketdi. Ayniqsa, ahyon-ahyonda Abdulla Oripovning uyushmadagi kabenitiga kelib turishi shoirni koʻraman deb yoʻl bosib kelgan shinavanda muxlislar bilan toʻlgʻin boʻlardi.
Odatdagi kunlarining birida xonadagi ish telefoni jiringladi. Koʻtarsam: “Alo, Abdulla akaning xonalariga tushib keting”, deyishdi. Tezda quyiladim. Qiya ochilgan eshik ichkarisida koʻzoynak taqqan xalq shoiri bosh koʻtarmasdan nimalarnidir yozib oʻtirardi.
Eshikni ohista chertdim. Qahramon shoir menga birrov koʻz tashladi-yu, barmoqlari bilan “kiraver” qabilida imladi. Oʻshanda xalq shoirini juda yaqindan, tagʻin ommadan xoli koʻrib turar edim. Ustoz hali siyohi qurimagan yangi sheʼrini menga uzatarkan, “shuni mashinkangda terib, ikki nusxada oq qogʻozga chiqarib kel. Faqat xatosiz boʻlsin!”, deya uqtirdilar. Oyogʻimni qoʻlga olib, xonaga yugurdim. Ancha boʻyalib, tahrir qilingan sheʼrning nomi “Sayyoh” edi. Printerdan chiqarib, tezda pastga tushdim. Shoir sheʼrni hijjalab oʻqidi, keyin “xayriyat, toʻgʻri koʻchiribsan”, deya jilmayib qoʻydilar. Hayajonli suhbat boshlandi.
— Sheʼr yozasanmi?
— Ha... hozir jurnalistikaning magistraturasida oʻqiyman.
— Qani, birorta sheʼringni ber-chi? (Negadir “aytib ber” demadilar).
— Hozir, tezda olib kelaman...
Xonaga gʻizillab yugurdim. 5-6 ta sheʼrimni olgan xalq shoiri ularni portfeliga joylab qoʻydi. Keyin hozirgina yozib tugatgan “Sayyoh” sheʼrining qoralama nusxasiga dastxat qoʻyarkan, qoʻshib qoʻydilar:
— Xatosiz koʻchirganing uchun senga sovgʻa!
(Ushbu sheʼr nusxasini hanuz saqlab kelaman). Katta mukofot olganday ichimga sigʻmasdim.
Ertasiga qandaydir tadbirlar bilan yurgan chogʻim, kotiba qiz: “Tezda Abdulla akaning xonalariga tushing, tezroq” deya shoshiltirib qoʻydi. Borsam, ustozning qoʻlida mening 3-4 sheʼrim va bir qoralama qogʻoz.
– Durust ekansan-ku, yoshing nechchida?
Suhbat boshlandi.
Keyin ikki buklangan qogʻozni ochib, menga atalgan “Oq yoʻl”ni oʻqiy boshladilar.
Oʻshanda oyoq-qoʻlim qaltirab, yutinib-yutinib, katta shoirning eʼtirofini bor vujudim bilan tinglaganim hech esimdan chiqmaydi. Ustoz qoʻllarimni siqib, bir-ikki nasihatomuz tanbeh berdilar (ular oʻta jiddiy va men buni keltirmaslikni lozim topdim). Keyin bloknotlariga telefon raqamimni yozib qoʻyishimni soʻradilar. Biroz tahrirlangan sheʼrlarim va “Oq yoʻl”ni qoʻlimga tutqazarkan, “Buni “Yoshlik”ka eltib ber, telefon qilib qoʻydim” dedilar va biz xayrlashdik.
Nihoyat, “Yoshlik”ning 2012-yil 9-sonida “Ijod masʼuliyati” sarlavhasi ostida qahramon shoirning “Oq yoʻl”i bilan turkum sheʼrlarim chop etildi.
Ustoz telefon raqamimni yozishni bejiz soʻramagan ekanlar. Oʻshandan beri Abdulla Oripov bilan madhiyamiz sadolari ostida katta-katta davralarning toʻrigacha kirib borish nasib etdi. Ustozning saxovati va turtkisi sabab oʻquv yurtlari, kollej va maktablardagi ijodiy uchrashuvlarda birga qatnashish, bir davrada sheʼr oʻqish nasib qildi.
Bugun, bahor havosi kezib yurgan yomgʻirli pallalarda oʻsha voqealar xayolimdan oʻtdi...
https://www.youtube.com/watch?v=Y7yNOO9MlqI
YouTube
“Tajohilul orif” – Barcha jonkuyar ustozlarga bagʻishlanadi
▸Obuna bo‘ling: https://www.youtube.com/channel/UC-ldIOmQ6zSalis9azXTOWA #maktab #ustoz #Tajohilul\_orif #midjourney #chatgpt Video Oyina.uz sayti tomonidan sunʼiy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlandi. Sheʼr muallifi: Bobur Elmurod ***▪️*** Obuna…
? “Anorbooks”da yangi ruh!? Bu kitob vaqt dovonlaridan “oshib oʻtdi”.
? Bu kitob ustida ancha mehnat qilindi.
? Bu kitobni hatto biz ham uzoooq intiq bo'lib kutdik.
? Nihoyat kitob o'z o'quvchilari qo'liga borishga shay turibdi.
SHAVKAT RAHMONni sogʻingan va
“ZULFIQOR RUH”ni kutganlar kitobga oldindan buyurtma berishi hamda toʻlov qilishi mumkin. Bu bilan siz oʻz kitobingizga 10 % lik chegirma bilan boshqalardan oldin ega boʻlasiz.
Buyurtma uchun:
@anorbooks_bot yoki @anorbooks_admin
manzillariga yozing.
Buyurtma muddati 3 kun!❗️Eslatma!Tez kunda kitobning katta taqdimoti boʻladi. Chinakam Shavkatona ruhni his qilish uchun siz, albatta, u yerda boʻlishingiz kerak.
Xurshid Davron: Najmiddin Ermatov she'ri bahona aytmoqchi gaplarim
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid