📘 GRANT CHANNEL 📗

Description
Bizning kanalga ulandingizmi, nimadir o'rganing, biz yordam ayamaymiz. Ammo ilm izlashdan to'xtasangiz, biz rozi emasmiz !!!
HAMKOR KANALLAR👇👇
SHOHRUH ARABJONOV SHE'RLARI : @FIGORIY_IJODI
👨🏻‍💻Bosh admin: @Figoriy01
Advertising
We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 days, 20 hours ago

4 months ago

*Qorlar yog'may qolganda
Yomgir yog'ib tolganda
Quyosh ham dam olganda
Meni eslarmikansiz

Bulut unut bo'lganda
Oy yog'dusi so'nganda
Suratimni ko'rganda
Meni eslarmikansiz

Tushingizda ko'rinsam
Sizga uzoq termulsam
Takror sevishim aytsam
Meni eslarmikansiz

Ko'z yoshingiz tinmasa
Xotiralar qiynasa
Qalbingizni tirnasa
Meni eslarmikansiz

O'ylayman sizni har tun
Har vaqt har on va har kun
Kun kelib siz ham bir zum
Meni eslarmikansiz

Xayolimda siz har dam
Unutolmam sira ham
Vaqt o'tib bir bor siz ham
Meni eslarmikansiz

Men sizni baxtli ko'rsam
Kifoya menga shu ham
Armonim yo'q so'ng o'lsam
Meni eslarmikansiz
Eslab yig'larmikansiz*

SHOHRUX FIGORIY

4 months ago

*Tunlarimni bedor o'tkazib
Shuncha vaqtim bekor ketkazib
Yuragimga ozor yetkazib
Nahot seni sevdim sevgilim
Hayhot seni sevdim sevgilim

Qalbim yig'lab, lek yuzim kulib
O'tlar qo'yib, bag'rimni yulib
Bir kun ketmog'ing bilib turib
Nahot seni sevdim sevgilim
Hayhot seni sevdim sevgilim

Yurak dardu azobga to'lib
Ming tirilib, ming marta o'lib
Ishqu vaslingda telba bo'lib
Faqat seni sevdim sevgilim
Abad seni sevdim sevgilim

Beparvosan nahot shunchalik
Sevmas seni hech kim menchalik
Afsus qilarsan keyinchalik
Faqat seni sevdim sevgilim
Abad seni sevdim sevgilim

Chorasizman, endi sevmaysan
Kutaman, sen - sira kelmaysan
Hatto tushimga ham kirmaysan
Nahot seni sevdim sevgilim
Hayhot seni sevdim sevgilim

Yuragimda yashaysan har dam
Na iloj dunyo o'zi bir kam
Seni sevib yashab, o'lsam ham
Nahot sevolmaysan sevgilim
Sevdim deyolmaysan sevgilim???

Sog'inmaysan, chunki sezmadim
Sevdim, hatto sevgim sizladim
Onamdek vafodor izladim
Nahot seni sevdim sevgilim
Hayhot seni sevdim sevgilim

Dahr bog'in sayr etmadim
Qo'lim cho'zdim senga yetmadim
Samoga bosh olib ketmadim
Nahot seni sevdim sevgilim
Hayhot seni sevdim sevgilim

Ishqning dengiziga bo'ldim g'arq
Anglolmadim qay tomon g'arb-sharq
O'rtamizda katta ekan farq
Nahot seni sevdim sevgilim??
Hayhot seni sevdim sevgilim??

Tunlarimning hamrohidir dard
Yurak yig'lar qilgan edik ahd
Senga tilayman eng ulkan baxt
Faqat seni sevdim sevgilim
Abad seni sevdim sevgilim

Ozdir umrim men baxtli yashay
Bir amallab seni unutay
Alvido, jonginam, proshay
Sevgisiz yashagum sevgilim
Axir sevib qiynaldi dilim

Taqdir ekan endi na chora
Bir bor boqsang yetardi zora
Figoriyning yuragi pora:
Nahot seni sevdim sevgilim!!!
Hayhot seni sevdim sevgilim!!!*

SHOHRUX FIGORIY

4 months ago

*Yomg'ir yog'sa ko'lmak bo'lsam men
Muhabbatga ermak bo'lsam men
Kuyganlarga o'rnak bo'lsam men
Shunda qadrim bilarmikansiz
Afsus qilib yig'larmikansiz

Osmondagi bulut bo'lsam men
Muhtojlarga umid bo'lsam men
Bir umrga unut bo'lsam men
Shunda qadrim bilarmikansiz
Afsus qilib yig'larmikansiz

Men butun jahonni zabt etsam
Ro'yoda ham quyoshga yetsam
Bir kun kelib samoga ketsam
Shunda qadrim bilarmikansiz
Afsus qilib yig'larmikansiz

Gar yulduzlar chorlasa borsam
Abad qorlar ostida qolsam
Va yo sizdan o'zgani topsam
Shunda qadrim bilarmikansiz
Afsus qilib yig'larmikansiz

Tumanlar ortida yo'qolsam
Hazon bolsam gul kabi so'lsam
Boqiy bolib manguga o'lsam
Shunda qadrim bilarmikansiz
Afsus qilib yig'larmikansiz

Ketsam men bu yerdan bosh olib
O'lsam dunyo g'amidan tolib
Bir bor eslab kozga yosh olib
Shunda qadrim bilarmikansiz
Afsus qilib yig'larmikansiz*

SHOHRUX FIGORIY

4 months ago

Jism tin olar-u, yuraklar bedor.
Biz majruh emasmiz, hissizlar bemor.

Xayrli tun yaxshilar💙*💜***

4 months ago

KUTAMAN🗣*🗣*🗣**

NOVDA SOUNDTRACK

4 months ago

JANNAT ONALAR OYOG'I OSTIDA

4 months ago
**TUSHUNMAS HECH KIM...**

TUSHUNMAS HECH KIM...

4 months ago

**Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Ko'zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.

Oy mening yelkamga
O'tirib olgan,
Oftob g'avg'o solar
Yurgan yo'limga.
Hayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo'ydim ko'nglimga.

Endi toshni tepsam,
O'par izimni,
Yerga ag'anasam –
Yer ham devona.
Barmog'in o'pgandim
Suygan qizimni,
Qo'li yonib ketdi
Gurillab, mana.

Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so'ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo'lgan
Ko'ylagi bir yeng
Ishqning bayrog'iga
Aylandi alvon!..

Va o'pdim bayroqni
Men o'sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Qizil cho'g 'toshalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o'zimni
Misli otparast.

Uyg'onsam – ko'rpam kul,
Yig'lar sevgilim.
Men seni yig'la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko'nglim,
Yovvoyi o'rdakka
Berdim sevgimni!..

O'rdak uchdi-ketdi,
Mungayib qoldim.
Hayratim opketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa –
Xudoga soldim,
Mayli aldanmasin,
Hayotida u.

Qoldim kulko'rpamda
To'shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko'proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg'on!..

Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men – alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.

(c) Muhammad Yusuf**

4 months, 1 week ago

Nimasi kulgili?

4 months, 1 week ago
We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 days, 20 hours ago