Texnika Universiteti (TDTU)

Description
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti (TDTU)

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Beruniy metro

(NORASMIY KANAL)

Reklama uchun: @zashero
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 2 weeks ago

📌 OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Yangi tahrirga ko’ra, 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda o’zgartirilishi belgilandi:

Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

– birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida o‘ttiz kalendar kun;

– uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yetti kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida qirq kalendar kun muddatga haq to‘lanadi.

Eslatma! Mehnat kodeksining 385-moddasi eski tahririda ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorida, Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanishi belgilangan edi.

Toshkent davlat Texnika Universiteti

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago

❗️O‘zbekistonda 3,5 ming kambag‘al oilalarning farzandlari OTMga grant asosida qabul qilinadi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari tayyorlanib, OTMlarga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilinadi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida tahsil olish uchun 20 tagacha kvota ajratiladi.

Toshkent davlat Texnika Universiteti

3 months, 4 weeks ago

Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 23-dekabrdan 7-yanvarga qadar barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari uchun 50% gacha chegirma taqdim etadi.  

Chegirmali chiptalarni davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.

Toshkent davlat Texnika Universiteti

4 months ago

*⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi*

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Toshkent davlat Texnika Universiteti

4 months, 1 week ago
6 months, 2 weeks ago
6 months, 3 weeks ago

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: ??‍?yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
?‍?qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).*✔️Kimlarga beriladi:*✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

*✔️Quyidagilarga berilmaydi:*

super-kontrakt uchun;
sirtqi;
kechki;
masofaviy;
maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.
HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

*✔️Arizani qachon va qanday berish kerak:* ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.

Toshkent davlat Texnika Universiteti

6 months, 3 weeks ago

⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

? Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

? Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

? viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

??‍? Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

? Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

Toshkent davlat Texnika Universiteti

6 months, 3 weeks ago

#foydali

TTJda zerikib ketgan talabalar uchun zo'r o'yin topib qo'ydik eng qizig'i siz pul ishlaysiz..

Hamster emas?

O'yinga kirish ?

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 7 months ago