Shuhrat Sirojiddin | ToshDO‘TAU rektori

Description
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining rasmiy kanali

Rasmiy veb-saytimiz: www.tsuull.uz
Facebook:https://www.facebook.com/groups/195454837724911/
Instagram: https://instagram.com/navoi.uni?utm_medium
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

3 months, 1 week ago
Aziz yoshlar!

Aziz yoshlar!

Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz.
2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman.
Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang!

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik
Shuhrat Sirojiddinov

3 months, 3 weeks ago

​​Qadrli hamkasblar va aziz talabalar! Sizlarni va yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ bayramda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam imon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz. Shu ma'noda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yo‘lga qo‘yilgan ta'lim va tarbiya mexanizmi millat taraqqiyotiga daxldor ekanini chuqur his qilamiz.  Bizning kichik,  ammo oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoamiz,  ilg‘or va tashabbuskor talabalarimiz bugun nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham o‘zining nimaga
qodir ekanini namoyish eta oldi.  Yaqindagina e'lon qilingan Times Higher Education xalqaro reyting kompaniyasi natijalariga ko‘ra universitetimiz dunyoning TOP-300+ , gender tengligini ta’minlash boʻyicha kuchli oʻnta universitetlar qatoridan o‘rin egallagani bizga faxr bilan birga katta mas'uliyat ham bag'ishlaydi.  Negaki,  endi biz xalqaro jamoatchilik nazariga tushdik,  natijani yana-da yaxshilash majburiyatini oldik.  Bu yo‘lda biz, shubhasiz, universitetimizning pedagogik jamoasiga va rektorat vakillariga hamda tashabbuskor talabalarimizga tayanamiz. 

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan  tabriklayman. Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratgan Egamning O‘zi madadkor bo‘lsin!

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori,  akademik

[​​Qadrli](https://telegra.ph/file/fc43af7e9e35bd68c5da4.jpg) hamkasblar va aziz talabalar! Sizlarni va yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan …
3 months, 3 weeks ago
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити [табриги](https://president.uz/uz/lists/view/7325)

Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

5 months, 2 weeks ago
[#rektor\_va\_yoshlar\_uchrashuvi](?q=%23rektor_va_yoshlar_uchrashuvi)

#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi

?Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Toshkent shahar Sergeli tumani “Nilufar” va “Ittifoq” mahallalarida yashovchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi.

? Batafsil **? Bizni tarmoqlarda kuzating?Telegram/ Facebook /** Instagram/Twitter

5 months, 3 weeks ago
[#RektorForum2024](?q=%23RektorForum2024) [#xalqarohamkorlik](?q=%23xalqarohamkorlik)

#RektorForum2024 #xalqarohamkorlik

????? Joriy yilning 15-aprel kuni bo'lib o'tgan Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi doirasida ToshDO'TAU va Tojikistonning ikki OTMi o'rtasida hamkorlik o'rnatildi.

? Batafsil

**? Bizni tarmoqlarda kuzating?Telegram/ Facebook /** Instagram/Twitter

6 months ago

#kun_hikmati

Oʻz vujudinggʻa tafakkur aylagil,
Har ne istarsen oʻzingdin istagil.

7 months ago
*Muhtarama ayollar, aziz opa- singillar, talaba …

Muhtarama ayollar, aziz opa- singillar, talaba qizlar!
Bugun yurtimizning har goʻshasida bahor shukuhi. Bu faslning eng qadrli bayramlaridan biri 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunidir. Fursatdan foydalanib, sizlarni ushbu bayram bilan qutlayman.
Yurtimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish borasida qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda bilimli, tashabbuskor va faol ayollarimizning buyuk murabbiylik fazilatlariga tayanishlarini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Keyingi yillarda O‘zbekiston xotin-qizlarining ovozi xalqaro minbarlardan ham dadil yangrayotgani, ilmda ham, tadbirkorlikda ham, texnologiya va sportda ham ular katta natijalarni qayd etayotgani davlatrimizda ayollarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir.
Oʻz oʻrnida aytish kerakki, universitetimiz erishgan va erishayotgan har bir yutug‘ida, xoh u xalqaro va milliy reytinglardagi natijalarimiz bo‘lsin, xoh turli tanlov va musobaqalardagi zafar bo‘lsin, hamkasb opa-singillarimizning, talaba qizlarimizning hissasi katta! Albatta, xotin-qizlarimizning bu xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilmoqdaki, bu bizni g‘oyat quvontiradi. Jumladan, bayram arafasida universitetimiz dotsenti, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonovaning “Shuhrat” medali va tayanch doktorantimiz Sadoqat Ergashevaning “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangani so‘zimiz dalilidir. Bizning jamoamizdagi har ayol shunday mukofot va e’tiroflarga loyiq, biz sizlar bilan faxrlanamiz.
Barchangizni yana bir bor 8- mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman. Har biringizga baxt-u iqbol, sihat-salomatlik, mehr-u muhabbat, goʻzallik va nafosat yor boʻlishini tilab qolaman.
Universitet rektori, akademik Sh.Sirojiddinov

7 months ago
[#tabriklaymiz](?q=%23tabriklaymiz)

#tabriklaymiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti Ergasheva Sadoqat Eshmamat qizi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi boʻldi.

7 months, 1 week ago
[#ilmiy\_faoliyat](?q=%23ilmiy_faoliyat)

#ilmiy_faoliyat

✍️ 2024-yil 29-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

? Batafsil

**?* Bizni tarmoqlarda kuzating*?Telegram/ Facebook /** Instagram/Twitter

7 months, 1 week ago
[#kengash](?q=%23kengash)

#kengash

?2024-yil 28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Batafsil

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago