Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Farzandingiz bilan munosabatingiz aslida qanday ekanligini bilishning bitta siri bor. Yechimi har bir ota-onani o‘ylantirishi aniq.
Bolangizga quyidagi savolni berib ko‘ring: “Agar biz ota-onang emas, sening farzanding bo‘lib qolsak, bizga nimalarni o‘rgatgan bo‘lar eding?”
Berilgan javob ularning yaqindan bilishga, o‘zingizga esa bir nazar solishga imkon beradi.
Sizga qanday javob berishdi?
📩 Kommentariyaga yozishni unutmang.
Bir kuni farzandlarim bilan tushlikka somsa sotib oldik. Sotuvchida mayda pul yo’q bizga ortiqcha 1000 so‘m qaytdi. Keyingi safar qizlarim bilan borib, qarzimizni qaytardim. Arzimagan summa, lekin farzandlar shu kabi birovning haqqi, qarz bo‘lmaslik holatlariga ko‘proq guvoh bo‘lishsa, ulg‘aygach halollik, o‘zganing haqqi borasida mas’uliyatli bo’lishadi. Kichik xatti-harakatlar ham ularga katta dars bo‘lishi mumkin.
Bugun dushanba! Yaxshi dam oldingizmi emas, yaxshi uy ishlarini qilib oldingizmi desak to‘g‘riroq! 😄
Bugun kuzatgan jonli kadrlarim
Marshrutkada “Kecha va Kunduz”ni o‘qib ketayotgan qiz — Kitobga muhabbat.
Maktabga farzandini gul bilan kuzatayotgan ayol — Ustozga muhabbat.
O‘g‘li chiqindini yerga tashlaganda norozi bo‘lgan ona — Tabiatga muhabbat.
Hamma o‘qituvchi o‘z ustida ishlayapti:
Kasbiy sertifikat
Til bilish sertifikati
Milliy sertifikat
Malaka sertifikati
Toifa sertifikati...
O‘quvchining ustida kim ishlaydi endi?!
Ochig‘i, og‘riqli...
©Facebookdan olindi.
— Oyi, bugun kechqurun restoranga ovqatlangani boraylik...
— Hozircha ko‘chada ovqatlangani pul yo‘q.
— Ana, o‘zingiz ham yoshligingizda o‘ynab yurgan ekansiz-a o‘qimay. Pulim yo‘q deyapsiz.
— ?
Yaxshi pul topasan deb motivatsiya berish oqibati shunaqa! ???
Osonlashtiring, qiyinlashtirmang!
2017-yil yangi hovliga ko‘chib chiqqanmiz. Hovli katta 10 sotix. Ancha yillar odam yashamagani uchun tomorqa changalzor. Zo‘r berib tozalayman, o‘t yulaman, ombor yig‘aman, o‘tin taxlayman. “Super” bo‘lishga harakat qilaman. O‘t o‘lgurni buyoqdan yulsang, ertasiga boshqa joydan bosh ko‘tarib chiqadi. Biror dashnom eshitmaslikka harakat qilaman.
1 yoshli qizim bor. U bilan tayinli ish qilib bo‘lmaydi. Ba’zan onamga berib yuborib, tugamaydigan ishlar bilan ovora edim. Orada 50-100 ta banka yopaman. Ikki kishi shuncha murabbo, ikrani yeb tugatarmidik, tarqatvoraman qishda. (nima zarur ekan bilmayman)
Maqsad “super” bo‘lish, qoyil qoldirish edi.
? Bir kuni yana banka yopyapman, qizim hovlida o‘ynab yuribdi. Men ishim bilan ovoraman. Qarasam, pol avtomat kir mashinani mag‘zava chiqaradigan shlankasini og‘ziga solib so‘rib o‘tiribdi... Shu kuni qattiq isitmaladi. Qiynaldi...
Keyin o‘zimga savol berdim:
— Kimni rozi qilishga harakat qilyapman?
— Shuncha banka yopsam, hayotimda nima o‘zgarish bo‘ldi?
O‘sha paytdan boshlab, o‘zimga so‘z berdim. 8 yildan buyon ovqat g‘amlamayman. Bu hayotimda katta burilish yasamadi. Men o‘zimni qoniqtirgan bu tanlovimga boshqalar ham ko‘nikdi. O‘zgardim!
➖ Hozir servantimda yaltillab, ko‘z-ko‘z uchun turadigan sanoqsiz idishim yo‘q!
➖ Har oy oftobga yoyib, yana yig‘ib qo‘yish kerak bo‘lgan 50 ta duxoba ko‘rpacham yo‘q!
➖ Sandig‘imda 80 ta tog‘ora ko‘rgan latta-putta yo‘q!
Maqsadim — hayotimni osonlashtirish!
Maqsadim — hayotimni qiyinlashtirayotgan odatlardan voz kechish!
Qaytib kelmas qadrli bir kunimni qachondir kerak bo‘lsagina ishlatiladigan 50 ta idish-tovoqni yuvib, yana joylashga emas, o‘zim, farzandlarim uchun foydali ishga sarflashni istayman!
Yashashni qiyinlashtirmang! Osonlashtiring!
Endi o‘yinchoq yig‘ishtirish zavqqa aylanadi!
Har yerga sochilgan o‘yinchoqlar onalarning dolzarb muammosi. Ularni yig‘ish charchaganda biram yoqadi-kiii, asti qo‘yavering. ?
Nima uchun bolalar yig‘ishtirishni istashmaydi? Shu savolga avval javob bermoqchi edim, lekin ko‘pchilik asosiy maqsadga o‘ting deyishidan xavotirlandim)))
Bolalar o‘yinchoqlarini oson yig‘ishlari uchun qiziqarli metod bilan yoningizga keldim.
? “Yuk tashuvchilar”
Farzandingiz haydovchi rolida bo‘lsin. Vazifasi yuk tashish. U o‘yinchoqlarni “yuk” sifatida yig‘ishtirib, “ombor”ga (saqlash qutisiga) tashiydi. Har bir yukni to‘g‘ri joyiga yetkazib borish shart. Bu o‘yin-metod kichkintoylarga zavq bag‘ishlaydi. Va ular tartibni saqlashni o‘rganadi.
? “Ranglar kvesti”
O‘yinchoqlarni rangiga qarab saralab yig‘ishtirish. Masalan, avval barcha qizil o‘yinchoqlar, keyin sariq, keyin yashil va hk. Ranglar ketma-ketligini aniqlab, jarayon o‘yinga aylantiriladi. Bolalar ranglar bilan tanishadi. Rang-tasvir bo‘yicha ko‘nikmalari shakllanadi.
? “Xazinalar qidiruvi” O‘yinchoq yig‘ishtirishni xazina qidiruviga aylantiring. O‘yinchoqlar orasiga bolaga yoqqan shirinlik yoki nimadir yashirib qo‘ying. Xazina topishga qiziqib, bir pasda yig‘ib qo‘yishadi. Bu nafaqat qiziqarli, balki bolalarni harakatga, faollikka undaydi.
? Post yoqqan bo‘lsa, layk va komment yozish tekin!
? O‘yinchoq yig‘ishtirish barcha onalar uchun “global” muammo!
Bolalarni osongina o‘yinchoq yig‘ishlari uchun zo‘r metod tayyorladim!
Sizga qiziqmi?
? — yangilik!
? — yangilikka o‘xshaydi!
? — ana yangilik!
Laykda aktiv bo‘lamiz
Qizim kechqurun soatlab o‘tirib, daftardan bloknot yasadi.
Ertaga maktabga olib borib sotaman dedi.?
Mayli sotib ko‘rsin, bu ham tajriba dedim, mahsulotlarini kamsitmadim, hech kim olmaydi demadim. Yana qimmat narx ham qo‘yibdi.??
O‘qituvchi dars jarayonidan video tashladi, qizimni kuzatsam, qator qilib partasini ustiga bloknotlarini terib qo‘yibdi. Tovarlari sotildimi hozircha bexabarman)))
Yaxshiyam ustozimiz bola ruhiyatini tushunadigan pedagog.
Bolalarni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashamizmi?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago