Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Description
Reklama: t.me/Click_Edu/6

❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!

🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!


Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 1 week ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 3 days ago

1 month, 1 week ago

⚡️30-MART KUNI ONLAYN TEST BO'LADI!

📆 Shanba, 30-mart kuni @imtihonmarkazi tomonidan onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

📆 Test vaqti: 30-mart (kun davomida)
💻 Test formati: Onlayn
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash

👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!

[​](https://telegra.ph/file/b6e759e4da0b71101833e.jpg)***⚡️*****30-MART KUNI ONLAYN TEST BO'LADI!**
1 month, 2 weeks ago

📊 **NATIJALAR

Kecha bo'lib o'tgan onlayn test sinovlarining natijasi yo'nalishlar kesimida e'lon qilindi. To'g'ri javob kalitlari @testoIog_bot orqali barcha ishtirokchilarga yuborildi. Natijalar bilan tanishing:*👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉* Geografiya + Matematika

🔥 ISHTIROK UCHUN TASHAKKUR!

@Abituriyent_Off

1 month, 2 weeks ago

Onlayn test bo'yicha muhim savollar

Bugun, 24-mart kuni barcha O'zbekiston abituriyentlari uchun DTM standartida, eng yangi savollardan iborat onlayn imtihon tashkil qilinadi. Test barcha yo'nalishlardan o'zbek  tilida bo'lib o'tadi.

Test botda bo'ladimi? Kanaldami?
Javob: Kanalda. Bot esa javoblarni tekshiradi

Testlar qaysi kanalga tashlanadi?
Javob: @Abituriyent_Off hamda @Abituriyent_Edu kanallariga

Test soat nechida boshlanandi?
Javob: Roppa rosa 21:00 da

Test qachon tugaydi?
Javob: Roppa rosa 00:00 da. Lekin undan oldinroq tugatishingiz mumkin bemalol

Vaqtdan kechikib yuborsak bot tekshiraveradimi?
Javob: Yo'q. Kechiksangiz bot qabul qilmaydi.

Qaysi savolda xato qilganimizni bila olamizmi?
Javob: Albatta. Test yakunida @testoIog_bot qaysi savolda xato qilganingizni ko'rsatadi.

Test bo'yicha yana qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring!

@Abituriyent_Off

1 month, 3 weeks ago

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@Abituriyent_Off

1 month, 3 weeks ago

​​#motivatsiya

​​Abituriyentlarga atalgan maxsus she'r!

Hech qachon ortga qaramasdan, yiqilsangiz ham tirishib tirmashib oldinga yana bir qadam tashlang! Hayotning mazmuni shundan iborat.

MENI KUT, OLTIN DAVRIM!

Manzil uzoq. Yo‘llar toshloq.
Lekin, nurli kelajak.
Abituriyentning orzusi...
Osmonlardan o‘tajak.

Keling, do‘stlar sizga bugun
Bir hikoya aytayin.
Hayolimdan ketmaydigan
Bir davrga qaytayin.

Yoshlik zavqin chetga surib
Maqsadlarni katta qo‘yib,
Kechalari kitob o‘qib,
Chiqar bedor abituriyent.

Ko‘zlar o‘qib tolib ketar,
Bazan och ham qolib ketar,
Ko‘chalarda qolib ketar,
Puli qolmay abituriyent.

Oldiga bir maqsad qo‘yib,
Testlarini kutar kuyib,
Goho, o‘z o‘zidan to‘yib.
Yashar sho‘rlik abituriyent.

Buyuk inson bo‘lmoq uchun,
Xalqqa xizmat qilmoq uchun,
Bir kelajak qurmoq uchun,
Izlanadi abituriyent.

Eng birinchi orzusi ham.
Oilasin ishonchidir.
Talabalik orzusi bu -
Abituriyent quvonchidir.

Ey Abituriyent do‘stim,
Bu she'rni senga yozdim.
Yuragingda qolsin deb,
Men anchagina ozdim.

Senga mening so‘nggi so‘zim
Sen avvalo angla o‘zni.
Oldingga bir shior qo‘ygin.
Qolganiga yumgin ko‘zni.

Maqsadingga erishasan.
Olloh berar o‘zi madad.
O‘z yo‘lingni va baxtingni
O‘z qo‘llaring bilan yarat.

Dangasalik qilma do‘stim.
Marrani sen katta olgin.
Hayolingni buzma sira.
Sen ezgulik sari borgin.

Bu hayotda o‘rningni top.
Garchi bekor ketmasin vaqt.
Umring, vaqting, bilimingni
Behudaga etmagin sarf.

Buyuk bo‘lmoq oson emas.
Buyuklarning soni yo‘qdir.
Buyuklikka yetay desang..
Do‘stim, tezroooooq kitob o'qi!

© Muhammadumar Abdullasharof

Abituriyent Off | Rasmiy👇
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy

[​​](https://telegra.ph/file/d81177747f37671ea25f5.jpg)[#motivatsiya](?q=%23motivatsiya)
1 month, 3 weeks ago
***⚡️*****Ro‘zadorlar uchun Telegramda ajoyib bot ishga …

⚡️Ro‘zadorlar uchun Telegramda ajoyib bot ishga tushdi!

@Ramazonchabot – Muqaddas Ramazon oyida barcha musulmonlarga manfaatli bo‘lgan telegram bot hisoblanadi. Unda:

🗓 Ramazon taqvimi (viloyatlar kesimi)
🤲 Saharlik va iftorlik duolari
🍖 To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
🔈 Qur’oni Karimdan suralar
📹 Shayximiz ma’ruzalari
Ro‘za oyidagi makruh amallar
Va boshqa ma’lumotlar mavjud.

Ro‘zador yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
@Ramazonchabot

1 month, 4 weeks ago

⚡️ CEFR natijalari e’lon qilindi 2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@Abituriyent_Off

2 months ago
2 months ago

O‘zbekiston universitetlarini 3 yillik qilish taklif etildi“Boursa National” kompaniyasi ijrochi direktori, professor Azamat Akbarov talabani to‘rt yil universitetda ushlab o‘tirish noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, universitetlarni 3 yillikka o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan edi.

“Bir narsani tushunish kerak, 2030-yilga borib universitetlar bajaradigan vazifa va maqsadlar butunlay o‘zgarib ketadi. Ular transformatsiya bo‘ladi va shaklini o‘zgartiradi. Masalan, o‘sha vaqtga borib oddiy o‘quv markazlari ham universitet bo‘lishi mumkin. Chunki o‘quv markazlari hozir bozor talab qilgan ko‘nikma va malakaga ega bitiruvchini yetkazib beryapti.Ya’ni bugun o‘quv markazlar deylik, IT’ni o‘rganishga ehtiyoji bor insonga bu sohani 6 oyda o‘rgatib, uni ming, bir yarim ming dollarli ishga tayyor kadr qilib yetkazib beryapti. Talaba bu holatni ko‘rarkan, nima uchun men 4 yil o‘qishim kerak, deya o‘ylay boshlaydi.

1980-90 yillardan boshlab amerikalik talabalar orasida universitetlarini tashlab ketish holatlari ko‘paygan. Masalan, biz bilgan IBM, Apple, Facebook yoki WhatsApp asoschilari ikkinchi, uchinchi kursdan universitetni tashlab ketgan. Bu qiziqishlarning susayishidan emas, ular o‘sha muddatda o‘zi istagan bilimga ega bo‘lishdi va o‘ylashdiki, biz yaxshisi o‘z startaplarimizni davom ettiramiz.

Ko‘rasiz, yaqin orada bu an’ana bizga ham yetib keladi. Talabalar ikkinchi va uchinchi kurslardan universitetlarni tashlab ketishni boshlashadi. Chunki biz bilimga asoslangan jamiyatda yashayapmiz. 20 yil avval bilimning markazi universitetlar edi. Hozir qutblar o‘zgara boryapti”, degan edi Azamat Akbarov.

Sizning bu borada fikringiz qanday?

Abituriyent Off | Rasmiy👇
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy

4 months, 3 weeks ago

⚡️Rasman: 2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy👇
t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 1 week ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 3 days ago