Nurullo Bobomuradov | TAXPERT

Description
💰Soliq va 🧮 Buxgalteriya haqida gaplashamiz

Savol-javob @Finpro_chat

Aloqa uchun @TAXPERT_MCHJ

https://www.instagram.com/Nurullo_Bobomuradov 👈 Instagram sahifam, foydali ma'lumotlar hammasi shu yerda.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 weeks, 6 days ago

My.gov.uz​ portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/oz/service/308 — Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/service/913 — Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish;

💻 my.gov.uz/oz/service/853 — Avtotransportni onlayn sugʻurtalash;

💻 my.gov.uz/oz/service/412 — Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/service/491 — Oʻz oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish;

💻 my.gov.uz/uz/service/263 — Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/486 — Nafaqa tayinlash uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/service/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/service/498 — UzAuto Motors AJ orqali avtomobil sotib olish uchun navbatni tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/service/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/service/745 — "Ayollar daftar"da fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/748 — "Yoshlar daftar"da fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/743 — Temir daftarida fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/service/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/service/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 online-mahalla.uz — ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan yoʻnalishlar uchun subsidiya olish mumkin;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun oʻz mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

©️Akbarbek Mustaqimov

P.S roʻyxatdan kredit bilan bogʻliq xizmatlarni olib tashladim, shu paytgacha kimning kredit savollariga javob bermagan boʻlsam toʻgʻri tushunasiz

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

3 weeks, 1 day ago

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Hech qanday firma ochmasdan ishlaydiganlarga ➡️ qo`yib

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlikni ancha miqdor*dagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi** nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi. MJTK 176-modda

ancha miqdor- 100-300 BHM
*ko`p miqdor - 300-500 BHM

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

3 weeks, 1 day ago

Javob 15 mln foyda solig`i va 20 mln jarima

Sababi korxona tekshirilyotgan davrda tekinga olingan 100 mln daromadni yashirgan va oz navbatida zararda bolmaganligi sababli 100 mln foydani yashirib 15% foyda soligi va soliq bazasi 100 mln 20% jarima tolashga majbur. Bunda realizatsiya yo`qligi sababli QQS chiqmaydi

❗️ Zararda emas degan joyiga e`tibor bering bazida tekshiruvlarda shunday vazyat aniqlansa zarardagi korxonaga ham olgan daromadi (100 mln)dan soliq va jarima hisoblagan xato vazyatlar ham mavjud.

Agar shu korxona tekshiruvdan oldin 150 mln zararda bolganida qoshimcha soliq va jarima yuzaga kelmaydi

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

3 weeks, 4 days ago

Savolning javobi yoq majburiy NDS ga otmaydi

Nega🤔

Soliq kodeksining 298-moddasida asosan Asosiy vosita (amortizatsiya qilinadigan aktiv)larni sotishdan daromad miqdori qoldiq qiymati va sotish bahosi o`rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi.

Bizning misolimizda daromad summasi 100-75=25 mln
Yil boshidan jami daromad esa 930 + 25 = 955 mln

Demak 1 mlrddan oshmadi

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

4 weeks ago
***⚡️*** Elektr energiyasi bilan shartnoma qilgan …

⚡️ Elektr energiyasi bilan shartnoma qilgan bolsangiz etibor bering.

Bitta fakturani bir necha martalab jo`natvorishyapti.

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

4 weeks ago

Roʻlda siz mashina odam urdi, odamni men urmadim mashina urdi deyish axmoqlik emasmi...

- Bu talabnoma xato
- Sistema notoʻgʻri yuborgan

- Nega hisob raqamimdan ortiqcha yechib olgansiz?
- Sistema xato hisoblagan

- Hisob raqamimni xato yopib qoʻydingiz
- Sistemada xatolik ketgan

Foyda soligʻi boʻyicha xat yozdim, NDS boʻlimidan chiqishdi:
- Savolingizni bizga joʻnatishibdi tushinmadim
- Savolim sizga borsin demaganmanku
- Sistema notoʻgʻri joʻnatishibdi

-Biz qarorda bergan hisob raqamlaringga pul chiqarganmizku
- Sistema qarorni notoʻgʻri shakllantirgan

Soliqchilar bilan boʻlgan koʻp boʻlgan suhbatlarimdan hammasida bir xil bahona. Hisob raqamdan xato pul yechib olib xohlasang sudga ber deganini ham koʻrdim.

Bazani, sistemani, saytni bahona qilib oʻzini oqlayotganlar roʻlda SIZ boʻlib mashina odam ursa men urmadim mashinda urdi deyish axmoqlik emasmi???

P.S ichingdagi gʻubor(nafrat, alam)larni oqqa koʻchir yengil tortasan degani bejiz emas ekan.

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

4 weeks ago

💛💛💛
Endi ishlamagan* korxona hisobot topshirmagani uchun jarimaga tortilmaydi

Xususan, quyidagi mezonlar bo‘yicha korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash belgilanmoqda:

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilmaganligi (amalda ushbu mezon mavjud emas);

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilgan, lekin 6 oy mobaynida(amalda 9 oy):
▫️pul aylanmasi amalga oshirilmaganligi;
▫️EHF rasmiylashtirmaganligi, onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa hamda marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
▫️tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirilmaganligi.

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab faoliyat yuritmagan va egaligida mulki bo‘lmagan tadbirkor*

👉PF-214-son, 10.12.2024-y.

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

4 weeks, 1 day ago
4 weeks, 1 day ago

💜💜💜
Ertaga shanba - hamma uchun ish kuni, bank orqali pul oʻtkazmalar amalga oshirish mumkin.

28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

1 month ago

💛💛💛

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-214-son, 10.12.2024-y.) qabul qilindi.

💠 Yangidan tashkil qilingan tadbirkorlarning rivojlanishini baholash koʻrsatkichlari maqbullashtiriladi.

💠 “BBB” toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
💠 Moliyaviy faoliyat olib bormayotgan korxonalar avval harakatsiz rejimga oʻtkaziladi va faqat bir yildan soʻng reyestrdan chiqariladi.

🔛Obuna bo`ling🔛
🚀Telegram 📷 Instagram

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago