Kutubxona

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

6 months, 2 weeks ago

*?* Osiyo mamlakatlari nomi qayеrdan olingan?

  1. Ozarbayjon – "Olov yig'uvchi”
  2. Armaniston – armanlar urug'i asoschisi Armanik nomidan olingan.
  3. Afg'oniston – afg'onlarning afsonaviy bobokaloni Afg'on nomidan olingan.
  4. Bangladеsh – bеngalcha Bеngallar mamlakati
  5. Bahrayn – arabcha dеngiz
  6. Brunеy – arabcha Dunyo hukmdori
  7. Butan – tibеtcha Tibеt atroflari
  8. Vеtnam – sharqiy vеtlar mamlakati
  9. Gruziya – Sakartvеllo (kartvеllar - gruzinlar)
  10. Indonеziya – orolli Hindiston
  11. Iordaniya – Iordan daryosi nomidan olingan
  12. Iroq – arabcha qirg'oq yoki quyi yеr
  13. Isroil – isroil xalqi nomidan olingan
  14. Kambodja – Kambu urug'i asoschisi nomidan olingan
  15. Qatar – Qadimgi Qadaru qishlog'i nomidan olingan
  16. Kipr – yunoncha kiparis so'zidan olingan
  17. Qirg'iziston – qirg'iz xalqi nomidan olingan
  18. Qozog'iston – qozoq xalqi nomidan olingan
  19. Korеya – X-XIV asrlarda qo'llangan etnonim
  20. Quvayt – arabcha
    shahar, qal'a
  21. Laos – laos xalqi nomidan olingan
  22. Livan – Livan tog'i, ya'ni sеmit tilida oq dеgan ma'noni anglatadi
  23. Malayziya – malayya xalqi nomidan olingan
  24. Maldiv – sanskritcha "orol" so'zidan
  25. Mo'g'uliston – mo'g'ul xalqi nomidan olingan
  26. Myanma – birmacha Oltin ibodatxonalar mamlakati
  27. Nеpal – sanskritcha tog' etagidagi manzilgoh
  28. Pokiston – urducha pok mamlakat
  29. Saudiya Arabistoni – saudlar sulolasi nomidan olingan
  30. Singapur – sanskritcha Shеr shahar
  31. Suriya – Ossuriya mamlakati nomidan olingan.
  32. Tayland – tan xalqi nomidan olingan
  33. Tayvan – xitoycha ko'rfaz yo'li
  34. Tojikiston – tojik xalqi nomidan olingan
  35. Turkiya – turk xalqi nomidan olingan
  36. Turkmaniston – turkman xalqi nomidan olingan
  37. O'zbеkiston – o'zbеk xalqi nomidan olingan
  38. Ummon – shahar asoschisi Ummon bin Ibrohim nomidan olingan.
  39. Filippin – Ispaniya qiroli Filipp II nomiga qo'yilgan.
  40. Hindiston – Hind daryosi nomidan olingan
  41. Xitoy – mo'g'ullar qabilasi kidanlar nomidan olingan
  42. Shri-Lanka – sanskritcha shon-sharafli yеr
  43. Eron – oriylar qabilasi nomidan olingan
  44. Yaman – arabcha o'ngda, Makkadan o'ngda
  45. Yaponiya – qadimgi yapon tilidan tog' mamlakati odamlari, to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi esa Quyoshning ildizi ma'nosini bildiradi.**

MuarrixKutubxonasi

6 months, 2 weeks ago
6 months, 2 weeks ago
6 months, 3 weeks ago
6 months, 3 weeks ago
6 months, 3 weeks ago
1 year, 3 months ago

Bugun 22-avgust 2023-yil, seshanba.

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro din yoki e’tiqodiga ko‘ra zo’ravonlik qurboni bo‘lganlarni xotirlash kuni.
? Kamalakda sayr qilish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Niderlandiya - Tarixiy kemalar bayrami.
?? AQSh - Xirurg-onkologlar kuni.
?? Xitoy - “Tsi Si” sevishganlar bayrami.
?? Buyuk Britaniya - Peterboroda pivo festivali.
?? Rossiya - RF Davlat bayrog‘i kuni.
?? Ukraina - Xizmat burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan ichki ishlar xodimlarini xotirlash kuni.
?? Hindiston - Madras shahri kuni.

? VOQEALAR:

- 1156 - Jaloliddin Otsiz vafot etgach, o’g’li El-Arslon taxtga chiqdi (1156-1172).
- 1456 - Vampir afsonalari bilan tanilgan Vlad Drakula Vallaxiya shahzodasiga aylandi.
- 1485 - Bosvort jangi: Oq va qizil atirgullar urushi tugadi.
- 1642 - Britaniyada 9 yil davom etgan Qirollik va parlament boshqaruvi tarafdorlari o‘rtasida ichki urush boshlandi.
- 1791 - Gaiti inqilobining boshlanishi.
- 1795 - Fransiyada Milliy konvent III yil konstitutsiyasini qabul qildi, u birinchi marta umumiy saylov huquqini tasdiqladi.
- 1812 - Iordaniyadagi arxeologik topilmalarga boy qadimiy Petra shahri, shveytsariyalik arxeolog Iogann Burkxardt tomonidan kashf etildi.
- 1851 - Avstraliyada oltin koni topildi.
- 1864 - Birinchi Jeneva konvensiyasi imzolandi.
- 1865 - suyuq sovun patentlandi.
- 1906 - Kubalik tadbirkorlar AQShdan Kubani qo'shib olishni so'rashdi.
- 1909 - Reymsda dunyoda birinchi aviashou boshlandi.
- 1910 - Koreya Yaponiyaga qoʻshib olinishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
- 1932 - BBC eksperimental teleuzatishlarni boshladi.
- 1942 - Chelyabnskdagi Kirov zavodida T-34 tankini konveyr usulida ishlab chiqarish boshlandi.
- 1948 - Polshada kollektivlashtirish boshlangani e‘lon qilindi.
- 1972 - Rodeziya Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan chiqarildi.
- 1984 - so'nggi “Volkswagen- Rabbit” ishlab chiqarildi.
- 1989 - Neptunning xalqasi kashf qilindi.
- 1991 - Uch xil: oq - ko‘k - alvon ranglardagi bayroq Rossiya davlat bayrog'i deb e'lon qilindi.
- 1997 - Buxoro neftini qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun.
- 2002 - Avstraliya poytaxti Kanberra qit'ada abort qilishni qonuniylashtirgan birinchi joy bo'ldi.
- 2006 - Donetskda Tu-154 samolyoti halokati.
- 2012 - Rossiya rasman Butunjahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‘ldi.
- 2015 - Buyuk Britaniyadagi «Shorхеm» aviasalonida Hawker Hunter T7 qiruvchisi odamlar ustiga qulab tushdi, 11 kishi halok bo'ldi, 14 kishi yaralandi.

? TAVALLUDLAR:

- 1647 - Deni Papen (1712) - bug’ qozonini yasagan fransuz ixtirochisi.
- 1771 - Genri Modsli (1831) - vintli kesish dastgohini yaratgan ingliz ixtirochisi.
- 1834 - Samyuel Lengli (1906) - Amerikalik astronom, fizik, bolometr ixtirochisi, aviatsiya kashshoflaridan biri.
- 1886 - Raymonda de Larosh (1919) - fransuz aktrisasi, dunyodagi birinchi ayol uchuvchi.
- 1904 - Den Syaopin (1997) - Xitoylik siyosatchi, 1976 yildan 1989 yilgacha XXRning rahbari.
- 1920 - Denton Kuli (2016) - birinchi marta odamga sun'iy yurakni joylashtirgan amerikalik jarroh (1969).
- 1920 - Rey Duglas Bredberi (2012) - amerikalik yozuvchi-fantast.
- 1929 - Valeriy Alekseyev (1991) - antropolog va tarixchi, O‘rta Osiyo xalqlari, xususan o‘zbek xalqining tosh va jez davridagi paleoantropologiyasi, etnogeneziga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borgan.
- 1985 - Sumeyye Erdog‘an Bayraktar - turk nohukumat tashkiloti faoli, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning kenja qizi.
- 1988 - Artyom Dzyuba - rus futbolchisi.
- 1993 - Laura Dalmayer - nemis biatlonchisi, ikki karra jahon chempioni.
- 1995 - Dua Lipa - ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi va model.
- 2005 - Kang Ye-seo - Yeseo nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. 

1 year, 3 months ago

Tarixiy suratlarga qiziquvchilar uchun maxsus kanal, ?*?.
Siz ushbu kanalda tarixiy rasmlar bilan birga oʻtmishda sodir boʻlgan qiziqarli maʼlumotlarga ham ega boʻlishingiz mumkin...
*?? Marhamat aʼzo boʻling.

1. Rossiya imperiyasi Alyaska shtatini AQShga qanday sotgan ? 2. Stalin hasad qilgan boʻlishi mumkinmi? 3. Tan imperiyasidagi  "shirin shudring fitnasi".

4. Natsistlarni qanday sud qilishgan. 5. Xonlarning xobbisi qanday boʻlgan. 6.** Musulmon injenerlari dahosi... Oʻrta asrlardagi bir dona sham ?️ yordamida istiligan katta hammom haqida.https://t.me/Tarix_buyuk7

Telegram

BUYUK TARIX.

Бу қизиқ! Аляскани Россия империяси АҚШ хукуматига ялиниб сотгани хақида Бу савдо келишуви Россия империясини Қрим урушида Англия, Франция ва Туркиядан (шунингдек бошқа иттифоқчи давлатлар хам бўлган) қақшатқич мағлубиятидан сўнг нихоятда долзарб масала…

1 year, 3 months ago

Bugun 21-avgust 2023-yil, dushanba.

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro Terrorizm qurbonlarini Xotiralash va qadrlash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Latviya - Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan kun.
?? Rossiya - Ofitserlar kuni.
?? Filippin - Ninoy Aquino kuni.
?? Marokash - Yoshlar kuni.
?? AQSh - Keksa fuqarolar kuni.

? VOQEALAR:

- 1192 - Yaponiyada imperator hokimiyati syogun - bosh qo'mondon hokimiyati bilan almashtirildi.
- 1393 - Amir Temur Bag‘dod sultonligini zabt etish uchun harbiy yurish boshladi.
- 1745 - Pyotr III va Yekaterina II ning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.
- 1770 - Jeyms Kuk Avstraliyani Buyuk Britaniya mulki deb eʻlon qildi.
- 1825 - Odessada qadimgi davr muzeyi ochildi.
- 1831 - AQShda Nat Tyorner qo'zg'oloni boshlandi
- 1877 - Turk armiyasining Shipkaga hujumi boshlandi.
- 1911 - «Mona Liza» asari  oʻgʻirlandi.
- 1916 - Peru o‘z betarafligini e'lon qildi.
- 1917 - Toshkent shahar dumasi Toshkentda universitet tashkil etish haqida qaror qabul qildi.
- 1932 - Venetsiyada birinchi xalqaro kinofestival  bo'lib o'tdi.
- 1948 - Angliya Isroilning BMTga kirishiga veto qo'yishini e'lon qildi.
- 1957 - Tarixdagi birinchi “Р-7” qit’alararo ballistik raketasi yaratildi.
- 1959 - Gavayi AQSh ning 50-shtati maqomini oldi.
- 1968 - Varshava shartnomasi tashkilotining qo'shinlari Chexoslovakiyaga kiritildi.
- 1989 - “Voyager 2” tadqiqot zondi Neptun sayyorasining yo'ldoshi Triton tasvirini oldi.
- 1991 - SSSR da davlat toʻntarishga urinish barbod boʻldi.
- 1991 - Latviya o'z mustaqilligini tiklaganini e'lon qildi.
- 1993 - "Mars Observer" kosmik kemasi noma'lum sabablarga ko'ra yo'qolgan.
- 2004 - Aslan Masxadov boshchiligidagi chechen ayirmachilari Grozniyni egallab olishga harakat qilishdi.

? TAVALLUDLAR:

- 1165 - Filipp II (1223) - Fransiya qiroli (1180-1223).
- 1698 - Juzeppe Gvarneri (1744) - Italiyalik skripkachi.
- 1765 - Vilgelm IV (1837) - Angliya qiroli (1830-1837).
- 1826 - Karl Gegenbaur (1903) - nemis zoologi, qiyosiy anatomiya evolyutsion yo'nalishining asoschilaridan biri.
- 1926 - Mirahmedov Sodiq (1988) - genetik-seleksioner olim, Vasxnil akademigi (1976), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976).
- 1935 - Yuriy Entin - shoir, "Uchquduq" qo'shig'i mualliflaridan biri.
- 1948 - Afzal Rafiqov - aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2000).
- 1949 - Shahnoza Moʻminova - kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi. 
- 1954 - Igor Kistanov - balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti (1998). 
- 1963 - Muhammad VI - Marokashning hozirgi qiroli .
- 1973 - Nikolay Valuev - og'ir vazn toifasidagi rossiyalik professional bokschi.
- 1973 - Sergey Brin - kelib chiqishi isroillik Amerika tadbirkori, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder, Google qidiruv xizmatining asoschilaridan biri.
- 1984 - Alize Jakote - Alizée taxallusi ostida taniqli fransuz qoʻshiqchisi, raqqosa va ovoz aktrisasi.
- 1986 - Useyn Bolt - yamaykalik yengil atletikachi, 8 karra Olimpiya chempioni, 11 karra jahon chempioni
- 1988 - Shahnoza Otaboyeva - xonanda.
- 1988 - Robert Levandovski - polshalik futbolchi.

1 year, 4 months ago

Munavvar qori Abdurashidxonov. Yer yuzi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago