📖Shifoyim Qur'on📖

Description
بسم الله الرحمن الرحيم

وما توفيقي إلا بالله عليه توكلت وإليه أنيب

Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog‘liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman. (11:88)

Adminga murojat uchun: @Sh1foy1m_Quron_bot

Kanal ochilgan sana: 22.06.2023 soat: 21:00
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

4 Tage her

Dunyoga sinalish uchun kelgan ekanmiz.....
"Nega bunday ?" degan savollarga òrin yòqda ))

Yaqinlaringizga ham ulashing

🫀🫀🫀🌺🌺🌺🌹🌹🌹

@Sh1foy1m_Quron

4 Tage her

Ал Ходий - хидоят қилувчи...

Yaqinlaringizga ham ulashing

🫀🫀🫀🌺🌺🌺🌹🌹🌹

@Sh1foy1m_Quron

4 Tage, 3 Stunden her

**QUSH BO'LIB SAMOLARGA UCHIB KETSAYDIM

1-qism

🥀Sabriem
🌸Osiyo
🌹Maryam
🌼Sabrina
⚡️Zulayho

🌙Muhammad
☀️Ali
🌊Yusuf
❄️Mirshod

🥀Sabriem yo'lda ketardi qo'lidan kimdir qattiq tortdi
U qattiq qo'rqib ketdi ortiga qarab gapirmoqchi edi ko'zi Osiyoga tushdi Assalom alaykum va rahmatullohi va barokatuh yaxshimisiz Osiyo sizmidiz deya tabbasum qildi ☺️
🌸Ha menman kimni kutgandiz deya hazil qilib kuldi Osiyo
🥀Yo qo'rqib ketdim urishmoqchi edim siz ekansiz
🌸Xa urishamizmi deya tabassum qildi Osiyo☺️
Yo'l bo'lsin?
🥀O'qishga Inshaa Alloh 🥺☺️
🌸Men ham yuring birga boramiz
🥀 Alloh rozi boʻlsin bir o'zim yo'lda yurishga hijolat bo'layotgandim Alloh sizni menga yetkazdi Alhamdulillah 🫠

Ular birga o'qish tomon keta boshladilar Ular qalin ikki dugona. Ular bir yo'nalishdagi O'qishga kirgandilar bo'lajak Shifokorlar ikkisi ham hijobda edilar Ular o'qimoqchi ham emasdilar chunki Haqiqiy Muslima Mo'minalar O'z uylarida nomahramlar ko'zidan panada eng yuqori martabada ekanliklarini bilishardi lekin o'zlari kabi muslima Ona opa singillari bemor bo'lganda erkak shifokor qarashlarini istamaganlari uchun Shifokorlik kasbini tanlagandilar Alloh o"zi kechirsin

Bugun birinchi kun Ular kabinetga kirdilar .
Honada boshqa talabalar ham bor edi bir nechta qizlar va Bolalar

Sabriem va Osiyo salom berib o'z joylariga o'tirdilar
⚡️Salom mensimaygina salom berdi Zulayho
⚡️hm o'zlaricha sponi yasab koshki bilmasak nimaga hijob o'raganliklarini😏
🌼Hoynahoy yigitlarni o'zlariga qaratmoqchi dur ikkisi deya handon otib kuldi Sabrina Zulayhoni gapini maʼqullab
🌹 Ularning qalbini yorib ko'rdingizmi , bilib bilmay insonlar haqida bunday gapirmang dedi Maryam
Maryam dindan ozma - oz habardor edi namoz o'qirdi
Lekin hali hijobda emas edi.
⚡️Yana bitta aqilli 😏 deya Maryamga qarab imo qildi Zulayho Sabrinaga va ikkisi yana kuldilar😂

Nariroqda turgan Muhammad, Ali va Yusuf ularni kuzatib turishardi Ular ham bir-biri bilan endi tanishgandilar
❄️Honaga Mirshod kirib keldi
U ahloqi yomon ko'cha bolasi edi O'qishga ham tavakkal kirgandi
Salom deya yigitlar bilan ko'rishdi
So'ngra Sabrina va Zulayxo yoniga keldi va qo'l berib ko'rishdi Mirshod ko'cha bolasi edi axir Sabrina va Zulayho bilan do'stlashib olishdi ular ham darrov rozi boʻlishgandi
❄️Mirshod so'ng Maryamga qo'l uzatdi
🌹Maryam yoq deya ishora qildi
❄️Mirshodning jaxli chiqdi shu paytgacha unga hech bir qiz bunaqa muomala qilmagandi#Davomi bor**

Yaqinlaringizga ham ulashing

🫀🫀🫀🌺🌺🌺🌹🌹🌹

@Sh1foy1m_Quron

1 Woche, 2 Tage her

Oyog'imdan chaldi xatolar,
Tik qolmoqqa yetmadi kuchim.
Tag'in qaddim tutdim, dunyoga
Kelmaganman yutqizmoq uchun.

Tuyulgandi bu janglar qiyin,
Mardlik ta'min bilmagunimcha.
Tugamaydi hech qachon o'yin,
Men g'alaba qilmagunimcha!

Baʼzan bu gʻalaba bizga begona
Foniyda gʻalaba kerakmi asli?!
Eshitmoq istayman boqiy dunyoda
Jannatdan ismimning chaqiriq sasi..

1 Woche, 2 Tage her
1 Woche, 2 Tage her

#Ҳадис

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар: «Албатта амаллар ният биландир»

Бухорий ва Муслим ривояти
(Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳудан)

2 Monate, 3 Wochen her

Ал-Алийм — ҳар бир нарсани аввал ва кейинида жуда аниқ билгувчи

2 Monate, 3 Wochen her

Imom Tabaroniy Mo'jam Avsadda Saxil IBN Saddan rivoyat qiladilar :
Jabroil alayhissalom Nabiy alayhissalom huzurlariga kelib Ey Muhammad hoxlaganingizcha yashang baribir vafot topasiz
Hoxlagan amalingizni bajaring baribir bir unga yarasha jazo yoki mukofot olasiz
Istagan kishini yaxshi ko'ring baribir undan ajralasiz
Bilingki mo'minning sharafi tunda bedor bo'lishi va aziz bo'lishi odamlardan behojat ekanligidadir dedilar.
Azizlik mo'minning hos eng muhim sifatlaridan biridir
Alloh taolo munofiqun surasining 8- oyatida

Qasamki agar Madinaga qaytsak albatta kuchlilar kuchsizlarni undan quvib chiqarur derlar
Holbuki kuch qudrat va azizlik Allohniki Uning Paygʻambariniki
Va mo'minlarnikidir
Lekin munofiqlar buni bilmaslar
deb aytgan
Agar haqiqiy mo'min bo'lsang demak sen Azizsan
Chunki sen Al -Aziz ismli Zot bilan birgasan Aziz shariat ustidasan
Al-aziz ismli Zotga suyanasan
Al-aziz ismli Zot umidingni zoyi qilmaydi

Doktor Muhammad Rotib Nablusiyning Allohning Go'zal ismlari nomli asari asosida
Anvar Ahmad tarjimasi

2 Monate, 3 Wochen her

Besh daqiqalik mutolaa. (Tafakkur)

Uyquga to‘ymagan ko‘zlarini bazo‘r ochdi-yu, odatdagidek qo‘li bosh tarafida turgan telefoni tomoni uzandi. «Obbo, yana uxlab qolibman-ku!» deya xayolidan o‘tkazdi. Allamahalgacha telefonda vaqt o‘tkazib, yana bomdodni qazo qilibdi. Agar tezroq harakat qilmasa, o‘qishga ham kech qolishi aniq.
Apil-tapil kiyinib, nonushtani ham nasiya qilgan holda metro tomon yugurdi. O‘z xayollari bilan band bo‘lib ketib borarkan yonidan hassasini yerga bir maromda urgancha, katta sumkasini osib olib o‘tib ketayotgan ko‘zi ojiz kishi e’tiborini tortdi. «Bu bechoraga ham qiyin. Yorug‘ dunyodan bebahra, zulmatdagi hayoti bilan yashaydi. Atrofda ko‘rib ko‘z quvonadigan narsalar shunchalik ko‘pki; qiyg‘os ochilgan gullar, azim daraxtlar, charx urib uchayotgan qushlar, onasining qo‘lidan tutgancha bog‘chasiga ketayotgan hov anavi jajji qizaloq... Hatto taftini tanasi bilan his qilib turgani mana bu quyoshni ham uning so‘qir ko‘zlari ko‘rishdan mosuvo» deya o‘yladi u.
Ko‘zi ojiz kishi esa uning xayolidan o‘tayotgan o‘y-xayollardan bexabar yo‘lida davom etar edi. U metroga yaqinlashar ekan, ko‘zi ojiz kishining ham metro tomon ketayotganini ko‘rdi. «Borib yordam bersammikan?» deb turgan edi ko‘zi ojiz kishi go‘yo zinalar ravon bo‘lib qolgandek, hech qiyinchiliksiz pastga tushib ketdi.
Metro kelishini kutish asnosida o‘zi bilmagan holda notanish «hamrohi»ni izlay boshladi. «Ha, ana u ham turibti...» dedi o‘ziga-o‘zi. Bu orada metro yetib keldi. Ikkovlari oldinma-ketin bir vagonga chiqishdi. Ko‘zi ojiz kishi o‘rindiqqa o‘tirar-o‘tirmas osib olgan sumkasidan nimanidir qidirib, timirskilana boshladi. Uning holatiga yana bir bor achingan bo‘ldi. «Hamrohi» esa sumkasidan bir kitobni oldi-da, belgilangan betni ochib, barmoqlarini sahifalar ustida yurgazib, kitob o‘qiy boshladi.
«Voajab, u KITOB O‘QIYAPTI!
Shuncha ko‘zi ochiqlar ichida faqatgina u kitob o‘qib ketyapti. Vaholanki, undan ko‘ra bizning, ya’ni ko‘zi ochiqlarning imkoniyatlarimiz kengroq aslida. Hech bo‘lmasa ertalabdan kechgacha ijtimoiy tarmoqlardagi bo‘lar-bo‘lmas narsalarni tomosha qilib vaqt o‘tkazadigan mana bu telefonimda foydali nimadir o‘qib ketishim mumkin-ku. Biroq bu kishi cheklangan imkoniyatlarini tan olmay, kitob o‘qishga harakat qilyapti. Qiziq, nima kitob o‘qiyotgan ekan-a? Vaholanki, ko‘zi ojizlar uchun chop etilgan kitoblar juda kam, davriy nashrlarni-ku gapirmasa ham bo‘ladi».
Xayolida charx urayotgan savollarga javob topaman deb o‘zining holatidan uyalib ketdi. Ko‘z oldiga necha oydan beri stoli ustiga do‘sti bergan, lekin haligacha biror sahifa ham o‘qilmay yotgan kitob keldi. Oxirgi marta qachon kitob sotib olgani yoki kimgadir kitob sovg‘a qilganini eslay olmadi. Biroz oldin achingani bu kishi oldida o‘zining ahvoli ayanchliroq ekanini his etdi.
Uch-to‘rt bekatdan o‘tganidan keyin tushishi kerak bo‘lgan bekati yaqinlashdi. Bekatdan tushish uchun harakat qilarkan, «hamrohi»ning ham kitobini sumkasiga solib, taraddudlanib qolganini ko‘rdi. «Buni qara, manziligacha besh daqiqa ham vaqt ketgani yo‘q, lekin bu kishi ana vaqtdan ham unumli foydalanib, kitob o‘qidi. Qanday mavzuda ekanining ahamiyati yo‘q. Balki bu o‘qiganlari dunyoda yordam bermasa ham, ertaga har vaqtning hisobi beriladigan Kunda uning foydasiga ishlar...»
Metro to‘xtadi. Bir qancha yo‘lovchilar qatori ular ham tushishdi. Ko‘zi ojiz kishining hassasini yerga urib ketayotganidagi «taq-taq...» etgan tovush unga go‘yoki «O‘qi, o‘qi... va shukr qil!» deb eshtilar edi.

©Mahmud Mahkam

3 Monate her

Ал-Холиқ — мутлақ вужудга келтирувчи

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago